Iii. Bob. Sho’r tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish


Bob. Surxondaryo viloyati tuproq iqlim sharoitida tuproqlar sho’rlanishi va sho’rlanishiga olib keladigan omillar, ularni sho’rsizlantirish chora tadbirlari


Download 179.21 Kb.
bet3/20
Sana26.02.2023
Hajmi179.21 Kb.
#1233476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
shor tuproqlar

Bob. Surxondaryo viloyati tuproq iqlim sharoitida tuproqlar sho’rlanishi va sho’rlanishiga olib keladigan omillar, ularni sho’rsizlantirish chora tadbirlari.


    1. Surxondaryo viloyati tuproqlari iqlim sharoitlari

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janub qismida joylashgan bo‘lib, uch tomonidan tog‘lar bilan o‘ralgan. Shimoldan Zarafshon tog‘ tizmasi, g‘arbdan Ko‘hitong tog‘, sharqdan Bobotog‘ bilan o‘ralgan. Uning janub tomonidan esa Amudaryo oqib o‘tadi. Vohaning iqlimi keskin kontinental. Termiz tumanidagi ITI maydonlari dengiz sathidan 310 metrda joylashgan bo‘lib, jazirama issiq garemsel mintaqalardan hisoblanadi. Havoning yillik o‘rtacha harorati +16,2 0C dan +18,0 0C gacha o‘zgaradi, ayrim yillari esa 19,2 0C gacha yetadi. O‘rtacha harorat amal-o‘suv davrida +25,5 0C +26,70C atrofida bo‘ladi, yoz oylarida +29,0 +33,0 0C gacha yetadi, o‘rtacha kunlik harorat +36,0 +38,0 0C, mutloq eng yuqori harorat +46,9 +48 0C, eng past +20,0 0C ga teng. Qurg‘oqchil kunlar 90 kungacha yetadi. Samarali harorat yig‘indisi +30520C ga teng. Yil davomida musbat harorat yig‘indisi 6100 0C [Babushkin 1957,1968 y].

Iliq kunlar 266-272 kun. Yiliga 127-160 mm, amal-o‘suv davrida 30-40 mm yog‘ingarchilik tushadi. Havo nihoyatta quruq bo‘lib, o‘rtacha yillik nisbiy namligi 30-40 % ga teng. Shunday kunlar bo‘ladiki, bunda havoning nisbiy namligi 8-12 % ga tushib, qishda esa 62-66 % gacha ko‘tariladi. Yil davomida havoning nisbiy namligi 30 % dan kam bo‘lgan kunlar 200 kundan oshib ketadi. Bu hududda dalada ekinlarni parvarishlash uchun qulay bo‘lgan kunlar soni 290-305 ga teng bo‘lib, hovoning quruqligi haroratning nihoyatda issiqligi sababli intinsiv bug‘lanish jarayoni ko‘p kunlarni tashkil etadi.

Bu mintaqaga xos janubiy g‘arbdan esadigan quruq issiq “Avg‘on shamoli” deb ataladi, garmsel 2-3 kun davomida katta kuch bilan uzluksiz esadi. Bu holat yiliga 35-37 kunga yetadi. Undan tashqari ko‘p vaqt davomida quruq shamollar esib turadi.


Download 179.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling