Iii. Bob. Sho’r tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish


Sho'rxoklar klassifikasiyasi


Download 179.21 Kb.
bet7/20
Sana26.02.2023
Hajmi179.21 Kb.
#1233476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
shor tuproqlar

Sho'rxoklar klassifikasiyasi. Tuproqlar sho'rlanish darajasiga ko'ra:
Sho'rlanmagan, kuchsiz sho'rlangan, о'rtacha sho'rlangan, kuchli sho'rlangan va sho'rxokga bo'linadi (61-jadval). Tuproqlarni sho'rlanish darajasiga qarab gruppalarga ajratishda, uning tarkibidagi suvda oson eriydigan tuzlarning umumiy miqdoriga va xlor ionining miqdoriga e'tibor beriladi.

Tuproqlarning sho'rlanganlik darajasi bo'yicha bo'linishi




Sho 'rlanganlik darajasi

0-100 sm li qatlamdagi tuzlar foiz miqdori

Quruq qoldiq

Shu jumladan xlor

1. Sho 'rlanmagan

<0,3

3 <0,01

2. Kuchsiz sho'rlangan

0,3-1,0

0 0,01-0,05

3. O'rtacha sho'rlangan

1,0-2,0

0,05-0,10

4. Kuchli sho'rlangan

2,0-3,0

0,10-0,15

5. Sho'rhoklar

>3,0

>0,15

Tuzlar miqdori va uning tarkibiga ko'ra sho'rlanish ma'lum chegaradan ortib ketganda tuproq paydo bo'lish sharoiti o'zgaradi, birinchi navbatda dastlabki tipga xos bo'lgan morfologik belgilar o'zgaradi, o'simliklar halok bo'ladi vа mik- rofloralar tarkibi o'zgaradi, natijada alohida sho'rxok tuproq tipi paydo bo'ladi. Ustki gorizontlarida tuz eng ko'p 2-3 foizdan oгtiq, ko 'pincha 10-30 foiz vа undan ko'p bo'lsa, bunday tuproqlar tipik sho'rxoklar deyiladi. Tuz miqdori odatda tuproqning 1т qatlami uchun hisoblab chiqariladi. Keyingi ma'lumotlarga asosan sho'rlangan tuproqlar jumlasiga tarkibida odatdagi agrotexnika sharoitida ekinlar hosildorligini 25 %i vа bundan oгtiq kamaytirib yuboradigan miqdorda suvda oson eriydigan tuzlar(xloridlar, sulfatlar va boshqa), o'гtacha eriydigan tuzlar(gips) hamda qiyin eriydigan tuzlar (kalsiy va magniy karbonatlari) bo'lgan tuproqlar kiradi (V.V.Yegorov, N.G.Minashina). Shuningdek sho'rxoksimon уа sho'rxoklar gipsli, sho'rli (<
Sho'rxoklangan tuproqlar 2 tipchaga: gidromorf уа avtomorf sho'rxoklarga bo'linadi. Gidromorf sho'rхоklаг esa o'z navbatida quyidagi avlodlarga: tipik gidromorf, o'tloq, botqoq sho'rxoklar, sor (sho'r) lar, dengiz bo'yi sho'rxoklari, ikkilamchi saz уа cho'l taqir tuproqlariga bo'linadi. Ular minerallashgan sizot suvlar уеr betiga yaqin joylashgan sharoitda sho'roklanish jarayoni natijasida paydo bo'ladi.
Avtomorf sho'rxoklar litogen, qoldiq vа eol (shamol) do'ngliklardagi sho'rxoklarga bо'linadi: ular sizot suvlari chuqur joylashgan maydonlarda hamda sho'rlangan tuproq hosil qiluvchijinslarda paydo bo'ladi. Sho'rlangan tuproqlar tuzlаrning tarkibiga ko'ra ham turlarga ajratiladi
Anionlar bo'yicha sho'rxoklar quyidagi gruppalarga bo'linadi: xlorli, ya'ni tuzlaгning tarkibida xlorli tuzlar(asosan NaCI, MgCI2), ko'pchilikni tashkil etadi; sulfatli- bularda sulfatlar (asosan Na2S04, MgS04) ko'proq bo'ladi; karbonatli, bularda karbonatlar (СаСО3, МgСО3) ko'p уа soda (Nа2СО3) bilan sho'rlangan tuproqlar. Tabiatda sho'rlangan tuproqlar tarkibidagi tuzlar ko'pincha aralashgan holda uchraydi. Bunday hollarda ular xlor-sulfatli, sulfat-xlorli yoki sulfatsodali deb ataladi. Bunda ko'pchilikni, ikkinchi o'rinda aytilgan tuzlar tashkil etadi. Masalan, xlor-sulfatli sho'rxoklarda sulfatlar, sulfat-xloridlida esa xlorli tuzlar ko'p saqlanadi. Shunga ko'ra sho'rxoklar quyidagi gruppalarga bo'linadi: xlorli quruq qoldiqda xlor 40 foizdan ortiq. Sulfatlida xlor 10 foizdan kam, xlorsulfatlida xlor 10-25 foiz, Sulfit-хlогlidа xlor 25-40 foiz. Bundan tashqari tabiatda-nitratli, nitrat-xlorli va boratli (ВCОз) sho'гxoklar ham uchraydi.
Jadval. 2.2.3

Download 179.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling