Iii. Bob. Sho’r tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish


Beda (Medicago sativa) navlarining yer ustki qismi tarkibidagi mineral tuz elementlarining umumiy miqdori (100g mutlaq quruq massaga nisbatan


Download 179.21 Kb.
bet19/20
Sana26.02.2023
Hajmi179.21 Kb.
#1233476
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
shor tuproqlar

Beda (Medicago sativa) navlarining yer ustki qismi tarkibidagi mineral tuz elementlarining umumiy miqdori (100g mutlaq quruq massaga nisbatan


%/mg.ekv hisobida


Beda navlari



miqdori
%

HCO-3

Cl-

SO-24

Ca+2

Mg+2



Na++K
+



SO-2
Cl-



Na++ Ca+2

Mahalliy

9,118

2,162

0,587

3,789

1,984

0,155

0,441

4,8

5,2

35,44

16,54

78,94

99,00

12,75

19,17

Qizilkesak

7,242

1,976

0,402

2,885

1,628

0,189

0,162

5,3

11,5

32,39

11,32

60,10

81,24

15,54

7,04

Skeptra

6,998

1,465

0,411

3,147

1,809

0,095

0,071

5,7

29,4

24,02

11,58

65,56

90,27

7,81

3,07

Agarda bedaning uchta navini tuz to'plash xususiyatiga ko'ra o'zaro solishtirsak, bu o'rinda uning "Qizilkesik" navi "Skeptra" navidan oldingi o'rinda turadi.
O'simliklarni sho'rga chidamliligini baholashda nafaqat ular tarkibidagi tuzlarning umumiy miqdori, balki yana ular tarkibidagi ayrim zararli ionlarni miqdoriy tarqalganligi bilan ham baholash mumkin. Bunday ionlar qatoriga sho'rlantiruvchi ionlarning eng zararlisi hisoblangan xlor ioni kirib, uning o'simlik tarqibidagi miqdori o'simlikning sho'rga chidamliligini baholashga xizmat qiladi ( Matjanova X.K., 1999).Olingan kimyoviy tahlil natijalari o'rganilgan o'simliklar tarkibidagi xlor ioni noteks taqsimlanganligini izohladi. Bundan tashqari, tahlillar o'simliklar tarkibidagi xlor ionining miqdori ularning galoakkumlyativlik imkoniyatlari bilan korrelyativ birlikka ega ekanligini ko'rsatdi.
O'rganilgan o'simliklardagi xlor ionini taqsimlanishi va ularning sho'rga chidamlilik ko'rsatkichi kamayib borishi bo'yicha ularni quyidagi qatorda joylashtirish mumkin:
>Mahalliy>Qizilkesek>Skeptra.
Qatordan ko'rinib turibdiki, galoakkulyativlik imkoniyati yuqori bo'lgan o'simliklar, xlor ionini akkumlyatsiyasi bo'yicha ham oldingi o'rinda joylashgan. SO-24/Cl- ionlari o'rtasidagi nisbat bedaning Skeptra navida yuqori bo'lib, bu ko'rsatkich unda qariyb 5,7 ga teng. Zararli ionlar o'rtasidagi eng pastk ko'rsatkich esa, "Mahalliy" bedada (4,8) kuzatildi.
Olingan kimyoviy tahlil natijalari, o'simliklarning galoakkumyativlik imkoniyatlari va ulardagi xlor ionining miqdoriga qarab bedaning barcha navlarini fitomelioratsiya ishlari uchun tavsiya qilish mumkin.

Xulosa va takliflar


Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida o’rganilgan ma’lumotlar, kuzatilgan natijalardan quyidagicha xulosalar chiqarish mumkin:

      1. Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoiti, yog’ingarchilik miqdorining kamligi, sizot suvlarining yer sathiga yaqinligi, havo haroratining yuqoriligi bu hudud tuproqlarining sho’rlanishiga moyilligini keltirib chiqaradi.

      2. Tuproqning sho’rlanishiga sabab bo’luvchi omillardan biri ona jins hisoblanadi, tuproqning ona jinslar ta’sirida sho’rlanishi ona jislar tarkibidagi tuproqning sho’rlanishini keltirib chiqaruvchi munerallarning mavjudligiga ham bog’liq.

      3. Tuproq sho’rlanishiga relyef ham ta’sir ko’rsatadi. Relyefi tekis bo’lgan hududlarda sizot suvlari chiqib ketishining imkoni bo’lmaganligi sababli sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqinlashib tuproqning sho’rlanishiga olib keladi,

      4. Tuproqlarning ikkilamchi sho’rlanishiga tuproqlarni noto’g’ri sug’orilishi natijasida tuproqning pastki qatlamlaridagi suvda oson eruvchi tuzlarning sizot suvlari orqali yuqoriga ko’tarilishi yoki oqova suvlari bilan oqib kelishi natijasida paydo bo’ladi.

      5. Tuproq sho’rlanishini oldini olishda agrotexnik talablarga javob beradigan tizim asosida suvdan to'g'ri foydalanish, sug'orish shoxobchalaridan suvning ko'p miqdorda singib ketishiga уо'l qo'ymaslik, suvni tejash, o't-dalali almashlab ekish sistemasini joriy etish singari ishlar tuproq sho'гlanishining oldini olishdagi eng muhim agгotexnik tadbirlaridan hisоblаnаdi.

      6. Sizot sho'r suvlarining tuproq pгofili bo'ylab kapilyar уо'llаr orqali uzluksiz гavishda pastdan yuqoriga ko'tarilishini to'xtatish vа tuproqda уig'ilgаn zararli tuzlarni yuvish уо'li bilan shо'гlаngаn tuрrоqlаrning sho'гini ketkazish vа ularni yaxshilash mumkin.

7 .Sho’rlangan tuproqlarda sho’r yuvish ishlarini yanvar va fevral oylarida, yer osti sizot suvlari eng chuqur joylashgan davrda, olib borish lozim. Sho’r yuvish ishlarini ilmiy asoslangan usulda olib borish kutilgan natijaga erishish uchun zamin yaratadi.

  1. Sho’r yuvish ishlarini olib borishdan oldin, zax qochirish tarmoqlarini ish faoliyatini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi.

  2. U yoki bu darajada sho’rlangan tuproqlarda dehqonchilikda o’simliklarning tuproq sho’rlanishiga chidamli bo’lgan tur va navlarini ekish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ishlab chiqarishga tavsiyalar:

  1. Tuproqlari sho’rlangan maydonlarda zovur va zaxkashlar faoliyatini doimiy nazorat qilish va ularning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish.

  2. Sho’rlangan maydonlarda o’simliklarning sho’rga chidamli tur va navlarini ekish.

  3. Ekinlarni parvarishlash jarayonida sug’orish suvlarini tejovchi zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish.

  4. Ekinlarni oziqlantirishda organic o’g’itlardan ko’proq foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 179.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling