Iii-chorak 6 sinf 6 sinf mavzu Said ahmad (1920-2008)


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 429.5 Kb.
bet109/132
Sana15.11.2021
Hajmi429.5 Kb.
#174715
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132
Bog'liq
6- sinf Adabiyot tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

«Yulduzlar mangu yonadi» qissasini o‘qir ekanmiz, bu asar biz mutolaa qilgan boshqa asarlardan juda ko‘p jihati bilan farq qilishini anglaymiz. Bu farq, avvalo, muallifning hikoya tarzida ko‘rinadi. Guvohi bo‘lganingizdek, asar tili va yozuvchi uslubi muallif unib-o‘sgan Surxon vohasida yashaydigan xalq tili va muomala usuli bilan chambarchas bog‘liqdir. Tog‘ay Murod go‘yo qishloqdoshlariga qiziqarli bir rivoyat so‘zlab berayotganday tutadi o‘zini. U shu tinglovchilariga tushunarli, sodda tilda so‘zlaydi, qisqa-qisqa gaplar tuzadi. Shunisi qiziqki, bu hikoya usuli yurtimizning istagan hududidagi o‘quvchini ham darrov o‘ziga tortadi, uni jon qulog‘ini berib eshitishga rag‘batlantiradi. Nega?

Nega o‘rtada biror yotlik, anglashilmaslik paydo bo‘lmaydi, tushuniksiz holatlar yuzaga kelmaydi? Axir, Siz bilan biz o‘rganib qolgan nasriy asarlarning voqea-hodisalarni bayon qilish usuliga Tog‘ay Murod hikoya tarzi hecham o‘xshamaydi-ku! Yozuvchi bilan bizni yaqinlashtirayotgan narsa nima o‘zi? Nimaga biz ham muallif bilan birga suyunib, birga yuragimiz achishib boradi?

Tog‘ay Murod hayoti va ijodi haqida gapirganimizda, uning asarlarida favqulodda qahramonlar, o‘ta aqlli odamlar uchramasligini eslatgandik. U tanlagan qahramonlar oddiy - Siz bilan biz deyarli har kuni ko‘cha-ko‘yda uchratadigan, ko‘pincha ahamiyat ham bermay o‘tib ketadigan odmi kishilardir.

Demak, Tog‘ay Murod qahramonlari bilan bizni qalban yaqinlashtirayotgan narsa - xalqimizga xos bo‘lgan soddalik, samimiylik, to‘g‘rilik, ochiq ko‘ngillik xislatlaridir. Millatning bu bebaho fazilatlari «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida ortiqcha jim-jimaga o‘ralmay, alohida bo‘rttirilmay, kuchanib ta’kidlanmay aks ettiriladi. Uzoq Surxondaryoning uzoq qishloqlarida yashaydigan oddiy insonlar uchun OR, NOMUS, G‘URUR, UYAT, ANDISHA, KAMTARLIK, HALOLLIK, MARDLIK singari hislar alohida qahramonlik belgisi emas. Bu hislar har bir kishining tabiiy yo‘ldoshi bo‘lishi lozimligini qissaning ko‘plab ta’sirchan epizodlarini o‘qib, qayta-qayta yodga olamiz.

Eslang, bu asar 1976-yilda yozilgandi. U yillari o‘zbek xalqi miyasiga «Sizlar o‘tmishda savodsiz, madaniyatsiz, aqliy va jismoniy imkoniyatlari haminqadar xalq bo‘lgansizlar. Faqat yurtingizda sho‘ro hukumati o‘rnatilgandan keyingina madaniyatli millatlar qatoriga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz» qabilidagi tushunchalar g‘oyat ayyorlik bilan singdirilardi. Ikki-uch yillik harbiy xizmatga olib ketilgan yigitlarimiz aksariyat qurilish batalyonlariga tashlanar, ularning kuchidan suvtekin foydalanilardi. Respublikada sportni rivojlantirish, bolalarni sog‘lomlashtirish masalalariga kam e’tibor berilar, bolalar umri paxta dalalarida, xavfli kimyoviy dorilar ostida zaharlanib borardi. O‘z intilishi bilan ko‘pchilikni qoyil qoldirgan iste’dodli sportchilar ham xorijiy davlatlarda bo‘ladigan xalqaro musobaqalarga jo‘natilmas, natijada, dunyo ahli o‘zbeklar kim, O‘zbekiston qanday yurt ekanidan bexabar qolaverardi.

Boshqa yoqdan esa turli bahonalar bilan bizning milliy an’analarimiz, urf-odatlarimizga davlat miqyosida hujumlar uyushtirilardi. Dinimiz, e’tiqodimiz ustidan ochiqdan ochiq kulishar, ne-ne asrlar osha zavol ko‘rmay kelgan ko‘plab muqaddas qadamjolarimiz buzib tashlanardi. Ona tilimiz butun rasmiy idoralar, hujjatlar, aksariyat ta’lim dargohlaridan siqib chiqarilgan, unda gaplashish esa madaniyatsizlik belgisi sifatida qaralardi...

Tog‘ay Murod mana shunday sharoitda o‘z qahramoni Bo‘ri polvonga qo‘shilib og‘ir-og‘ir, ayni choqda yozuvchi uchun xavfli-xavfli o‘ylarga cho‘madi. Bu o‘ylarini el oldiga, boyagi makkor hukumat oldiga olib chiqishdan cho‘chib o‘tirmaydi:

«Xalq nimasi bilan xalq? O‘zining urf-odatlari bilan xalq! Ko‘p urf-odatlarimizni birovlar... birovlar o‘ziniki qilib oldi! Biz qo‘limizni burnimizga tiqib qoldik.




Download 429.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling