Iii-chorak 6 sinf 6 sinf mavzu Said ahmad (1920-2008)


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 429.5 Kb.
bet80/132
Sana15.11.2021
Hajmi429.5 Kb.
#174715
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Bog'liq
6- sinf Adabiyot tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Zulfiya she’rlari harorat bilan bitilgan ehtirosli, hayotbaxsh she’rlardir. Ular xoh Vatan haqida - uning go‘zal tabiati, mehnatkash odamlari, buyuk bunyodkorlik qudrati xususida bo‘lsin, xoh insonlarning turfa his-tuyg‘ulari: mehr-muhabbat, quvonch-u shodlik, baxt, sadoqatni tarannum etishga bag‘ishlangan bo‘lsin - barchasida hayotsevarlik, o‘quvchida yorug‘ kayfiyat paydo etish istagi hukmrondir. Bu fikrning isbotini shoiraning «Aziz tuyg‘ular» nomli turkumiga kirgan «Nevara», «Bog‘lar qiyg‘os gulda» kabi asarlari misolida ko‘rib chiqish mumkin. Darhaqiqat, lirik qahramonning qalbiga yaqin aziz tuyg‘ulari ko‘p. Ularning biri yosharish, yangilanish pallasi bo‘lgan bahor fasli bag‘ishlovchi nurli, yorqin hislar bo‘lsa, yana biri «shoir xayoliday latif, serhasham» majnuntol, qiyg‘os gulga kirgan bog‘lar baxshida etadigan tuyg‘ulardir. Ana shu aziz tuyg‘ularning yettitasi bir she’riy turkumga birlashadi. Ularning har biriga sifat va xususiyatlariga qarab ta’rif-u tavsiflar beriladi. Kishiga yoqimli tuyg‘ular bag‘ishlovchi, uning istiqbol to‘g‘risidagi orzularini o‘zida mujassam etuvchi bu nevaradir. Mazkur she’r muallifning nevarasi Ulug‘bekka atalgan bo‘lib, she’rning yaratilishiga turtki bergan ham shu bolajonning o‘zi. Bahor chog‘i yozuv stolida o‘tirgan lirik qahramonning xayollarini dabdurustdan to‘zitib, xonaga nevarasi kirib keladi. She’r bitilayotgan qog‘ozdan olib, varrak yasaydi va uni osmonga uchiradi. Nevarasining xatti-harakatlarini kuzatib turgan shoira uning ko‘rinishi, qiliqlarida vafot etib ketgan bobosiga o‘xshash jihatlarni ilg‘aydi va beixtiyor aziz xotiralarga beriladi. Bobosi - o‘zbek xalqining atoqli shoiri Hamid Olimjon bo‘lgandi. H. Olimjon tiyrak, zehnli, butun vujudi bilan bir ishga kirishadigan va boshqalarni ham zavqlantira oladigan ehtirosli inson bo‘lgan. Shoira nevarasining shamollardan cho‘chimay, varragini balandroq uchirishni istayotganini ko‘rib, uning bu harakatlaridan umidli, yorug‘ bir falsafiy xulosa chiqaradi.

Shoira Zulfiyaning qalbiga ehtiros va ilhom bag‘ishlagan yana bir tuyg‘u bu bahor kelib, bog‘-rog‘laming jonlanishi, daraxtlarning qiyg‘os gulga kirib, tevarak-atrofning chamanzorga aylanishidir. Muallif gulga burkangan manzarani tasvirlar ekan, uni ramziy ma’noda qo‘llaydi. «Bir kaft bog‘», ya’ni yaxlit bir manzil - Vatanda turlicha tarovat, turli bo‘y tarqatuvchi daraxtlar bor. Ularning har biri o‘zicha ko‘rk, o‘ziga xos meva-yu hosil beradi. Go‘yo har bir daraxt bu bir-biriga o‘xshamaydigan millat va elatlar. Ularning har birining o‘z tarixi, o‘z urf-u odatlari, yashash tarzi bor. Lekin ular bitta bog‘da - bir maskanda, ya’ni bir Vatanda -O‘zbekistonda jam bo‘lganlar. Ular turli millat va elatlar bo‘lsalar ham bir xalq - O‘zbekiston xalqi farzandlaridir. Bir vatanda yashayotgan yagona xalq esa, millatidan qat’i nazar, biri biriga suyanch, madadkor, himoyachi. Ular Vatanimizning qay burchida yashamasin, bir ko‘z qorachig‘i, birday aziz, qadrli:

Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,

Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.

Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,

Biri biri uchun qudrat, himoya.

Biroq yurtimizdagi millat-u elatlarning qardosh, qadrdonligi har qancha mustahkam bo‘lmasin, ular barchasi suyanadigan «orqa tog‘» bo‘lmog‘i kerak.

Bu - qadim dunyoda yangi bir olam,

Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.




Download 429.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling