Iii kurs “G” guruh talabasi Usmonova Nafisa Xudoyorovna
Amaldagi Konstitutsiyaning sobiq Ittifoq
Download 103.92 Kb.
|
Usmonova Nafisa Xudoyorovna III G.1
3. Amaldagi Konstitutsiyaning sobiq Ittifoq
davridagi Konstitutsiyalardan farqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sobiq Ittifoq davridagi Konstitutsiyalardan mazmun-mohiyati, vazifasiga ko‘ra farqi lo‘nda qilib birinchi Prezident I.A. Karimovning quyidagi so‘zlarida ko‘rsatilgan: «Avvalambor, bu Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q. Jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i — inson, degan fikrni ilgari surdik va shu asosda «fuqaro — jamiyat — davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik»2. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lgani uchun hamma mamlakatlarning Konstitutsiyalarida umumiylik, o‘xshashlik mavjud bo‘lishi tabiiy holdir. Shu bilan birgalikda, har bir mamlakat Konstitutsiyasida farqlar, o‘ziga xos xususiyatlar, albatta, bo‘ladi. Bundan tashqari, bir mamlakatning o‘zida turli davrlarda qabul qilingan Konstitutsiyalarda ham katta farqlar mavjud. Amaldagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, ahamiyatini yaxshi anglashimiz uchun, albatta, O‘zbekiston hududida avval amal qilgan Konstitutsiyalardan bu Konstitutsiyamizning farqini bilish zarur. Bu farqni, eng avvalo, O‘zbekiston avval qanday davlat edi, hozir qanday davlat ekanligidan qidirish zarur. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston 1991-yil 1-sentabrga qadar ham davlat bo‘lgan. Shu davrda ham o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lsa-da, u markaz manfaatlari aks etgan, shu davrdagi zo‘ravon tizimga mos, yuzaki demokratik munosabatlarni mustahkamlagan hujjat edi. Farqlarni aniqlashtiradigan bo‘lsak, amaldagi Konstitutsiyamiz, avvalo, inson manfaatlari ustunligini o‘rnatdi. Davlat va uning organlarining fuqarolar oldida mas’ulligini (Konstitutsiyaning 2-moddasi), inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini belgiladi (13-modda). Amaldagi Konstitutsiya yakka siyosiy partiyaning yagona mafkuraviy hukmronligiga barham berdi va ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishini, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligini o‘rnatdi (12-modda). Amaldagi Konstitutsiya davlat hokimiyatini tashkil etishni demokratik talablar asosida hal qilgan bo‘lib, unga asosan O‘zbekistonda davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsiðiga asoslangan (11-modda). Bu bilan hokimiyat bo‘linishi prinsiði amal qildi va u hokimiyatning bir kishi yoki bir organ qo‘lida to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Amaldagi Konstitutsiya inson huquqlarini belgilar ekan, avvalgi Konstitutsiyamizdan farq qilib, yashash huquqini huquq sifatida belgiladi va shaxsiy huquq va erkinliklarining ustuvorligini o‘rnatdi va huquq, erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirdi. Kafolatlar haqida Konstitutsiyada maxsus bobning mavjudligi (X bob) Konstitutsiyamizning farqini yaqqol ko‘rsatdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini shakllantirish yo‘lining belgilanganligi o‘z-o‘zidan bozor munosabatlari tamoyillarini Konstitutsiyada mustahkamlash zaruratini tug‘dirdi, bu esa ko‘plab farqlarni keltirib chiqaradi. Bular Konstitutsiyada mulkchilikning xilma-xil shakllari mavjudligi, xususiy mulk daxlsiz bo‘lib, davlat tomonidan muhofaza qilinishi, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, iste’molchi huquqi ustuvorligidir (XII bob). Bozor munosabatidan kelib chiqib, shaxsning mulkdor bo‘lish huquqining belgilanishi (36-modda), fuqarolarning qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash burchining o‘rnatilishi (51-modda) Konstitutsiyamizda avval uchramagan holatlar, farqlardir. Milliy xususiyatlardan kelib chiqib, alohida bobda oilaning Konstitutsiyaviy asosining belgilanishi ham farqlarga kiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlisning ikki palatali tizimda tashkil qilinishining belgilanishi, Davlat va ijroiya hokimiyat boshlig‘i sifatida Prezidentning belgilanishi ham avvalgi Konstitutsiyalarda uchramaydi. Sudning mustaqil hokimiyat sifatida belgilanishi, Konstitutsiyaviy sudning mavjudligi, sudlar jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlariga bo‘linishini ham farqlar qatoriga qo‘shish mumkin. Bular eng asosiy farqlardir. Barcha farqlar davlatimizning mustaqilligidan, har qanday ishlarni o‘zi mustaqil hal qilish huquqiga ega ekanligidan kelib chiqqan. Download 103.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling