Iii kurs Yapon-Ingliz guruh talabasi: Rahimov M


Download 260.26 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi260.26 Kb.
#102259
Bog'liq
shaxs


Mavzu : Shaxs rivojlanishi tarbiyasi va ijtimoiylashuvi.

III kurs Yapon-Ingliz guruh

talabasi: Rahimov M.

Shaxs haqida so’z yuritishdan oldin Al- Xorazmiyning ajoyib tenglamasini aytmoqchiman :

Al- Xorazmiydan inson haqida so’rashdi. Olim shunday deydi :

-Agar inson yaxshi xulq sohibi bo’lsa, u 1 ga teng.

-Agar inson xusn sohibi bo’lsa , birning yoniga nolni qo’shing javob: 10 bo’ladi.

  • Agar inson boy bo’lsa yana bir nolni qo’shing javob: 100 bo’ladi.
  • Agar nasl-nasabli bo’lsa yana bir nolni qo’shing javob: 1000 bo’ladi.
  • Agar 1 raqami, ya’ni xulq yo’q bo’lib ketsa insonning qiymati yo’qqa chiqib, nollarni o’zi qoladi javob: 000 bo’ladi.

Shaxs- bu jamiyatdagi o`zining rolini anglovchi uning layoqatli a`zosi sifatidagi insonnning psixologik qiyofasidir.

O‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirisha oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan, har qanday individga shaxs deyiladi.

Shaxsni turli olimlar turlicha tariflashgan biz hozir quyida ular bilan tanishamiz :



1. Yo'nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.



2. Bilimlar, ko'nikmalar, malakalar – hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.



3. Individual psihologik hususiyatlar - qobiliyat, harakter, temperament



S.L.Rubinshteyn bo'yicha shaxs tuzilishi

Quyidagi ko`rinishga ega:

K.K.Platonov

jamiyatda o'z rolini anglovchi, jamiyatning ishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi



S.L.Rubinshteyn

shaxs – bu tashqi ta'sirlar yo'nalishini o'zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir

Zigmund Freyd

shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog`liqdir

R.S. Nemov «Shaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson».

R.S. Nemov

«SHaxs – bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. SHaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». SHunday ta’rif bergan bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq».



Мамардашвили М.К. Как я понимаю философию. М., 1990. Б.173.

M.K. Mamardashvili

Shaxs tuzilishining uch tarkibiy qismi mavjud:

Shaxsning tuzilishi

1) Shaxs tuzilishiga birinchi navbatda uning individualligining tizimli tuzilishi kiradi. Shu tariqa shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi - uning individ ichkarisidagi (intraindivid) kichik tizimining alohida namoyon bo`lishidir.

2) Shaxs tuzilishining ikkinchi tarkibiy qismi - shaxsning shaxslararo bo`shliqdagi individlararo munosabatlarda, aloqalarda mavjud bo`lishidir, ya’ni individning organik tarzdagi gavdasidan tashqaridagi «bo`shliqda», «fazoda» namoyon bo`lishdir.



3) Shaxs tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismi - metaindivid (individning ustki ko`rinishi) kichik tuzilishini ham alohida ko`rsatish imkoniyatidir. Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashqariga chiqarilib qolmasdan, balki uning boshqa individlar bilan «shu yerda va endilikda» mavjud bo`lgan aloqalaridan ham tashqarida joylashtiriladi.

Ijtimoiy jarayonida shaxs hayot-faolyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un , barqaror mativlar majmuiga ega bo’lishlik shaxsning yo’nalganligi deb ataladi. Yo’nalganlikning eng muxim tarkibiy qisimlarini quyidagilar tashkil etadi.

Shaxsning yo’nalishi

Shaxsning yo’nalganligi

Ma`sulyat

Maqsadlar va ideallar

Qiziqishlar va e`tiqod

Mayl

Moyillik

Xohish

Dunyoqarash

Mas’uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko`rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda psixologiyada nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko`ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o`zining hayotida ro`y berayotgan barcha xodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o`zini tan oladi. Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro`y bergan va beradigan voqea, xodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar

Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat xissiga bog`liq yo`nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Maqsad va rejasiz inson — ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o`zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog`liqligi bilan xarakterlanadi. Ularning shakllanishi va ongda o`rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham rol o`ynaydi. Ideallar — shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu — umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi.

Qiziqishlar va e’tiqod. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo`lib, ular shaxsni atrofida ro`y berayotgan barcha xodisalar, olamlar, ularning o`zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to`plash, ularni o`rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo`ladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo`nalishiki, unga o`z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi.

Dunyoqarash — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g`oyalar majmui bulib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o`z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o`rin egallashga chorlaydi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir

Mayl u yoki bu darajada oz ifodalangan ehtiyoj oqibatidagi harakat yoki narsaga yo`nalgan, kam differensiyalashgan, aniq bo`lmagan intilishdir. Mayl uchun aniq tushunilgan anglangan maqsadning bo`lmasligi xarakterlidir.

Xohish - yo`nalishning yuksak formasidir. Bunda inson o`zining nimaga intilayotganini, ya’ni o`zining intilishi, maqsadini anglagan bo`ladi.

Moyillik - muayyan faoliyatga intilish. Qiziqish va moyillik asosida ideal shakllanadi.

Psixologiyaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo'lishi emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir

Kognitiv yo'nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Download 260.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling