Iii-mavzu. Fikrlarni yaratish: “aqliy hujum” metodi


“So‘zlovchi vaqt bombasi” (Talking Timebomb)


Download 147.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi147.16 Kb.
#1587333
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-maruza. Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari

“So‘zlovchi vaqt bombasi” (Talking Timebomb) 
Bu mashqning eng yaxshi jihatlaridan biri shundaki, sizga deyarli hech qanday 
tayyorgarlik vaqti kerak emas. Bundan tashqari, bu mashq bilan deyarli har qanday 
auditoriyani 
qamrab 
olish 
mumkin. 
Birinchidan, o‘qituvchi mavzu yoki g‘oyani taklif qiladi. Keyin o‘qituvchi 
musiqani boshlaydi va o‘quvchilar ushbu mavzu uchun iloji boricha ko‘proq 
so‘zlarni 
o‘ylab 
topishlari 
kerak. 
Qaysidir ishtirokchi to‘p bilan boshlaydi. So‘zni aytgandan keyin to‘pni boshqa 
talabaga beradi. Bu jarayon davom etaveradi, ammo ular allaqachon aytilgan 
narsani 
takrorlay 
olmaydilar. 
Musiqa to‘xtaganda, kim to‘pni ushlab tursa, yutqazadi. Va jazo har qanday 
bo‘lishi mumkin. Masalan, ular o‘qituvchi bergan mavzu haqida bir daqiqa 
gapirishlari 
kerak. 
Mashq 
uchun 
namunaviy 
mavzular: 
mamlakat iqtisodiyotiga oid atamalar; 
rivojlangan davlatlar va shaharlar
pul birliklari; 
mashhur xalqaro brendlar. 
Bosqinchi sotuvchi (Pushy Salesperson) 
Talabalar hech kim sotib olishni xohlamaydigan narsalarni bosqinchi 
(majburlovchi) sotuvchiga o’xshab sotishlari kerak. Bunda talabalar o’sha 
mahsulot yoki xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari noodatiy fikrlar va usullar bilan 
yoritib 
berishlari 
maqsadga 
muvofiq. 
Mashqda 
foydalanish 
uchun 
namunaviy 
mahsulotlar: 
o‘tmas pichoq; audiokasseta; singan soyabon; eskirgan qatiq; 
eski kalendar; Pentium IV kompyuteri. So‘zlar zanjiri (Shritori) 
Shiritori - bu mashhur yapon o‘yini bo'lib, unda o‘yinchilar avvalgi so‘zning oxirgi 
harfidan boshlanadigan so‘zni o‘ylashlari kerak. Ikki kishidan iborat guruhda 
o‘yinchilar uzun so‘zlar zanjiri yaratish orqali so‘z boyligini va imlosini 
yaxshilashlari mumkin. Bunda ma’lum bir sohaga yoki tanlab olingan muammoga 
doir so‘zlar bo‘yicha chegara olinsa o’yin samarasi yanada ortadi. 
Agar siz boshqa bir-biriga bog‘laydigan so‘zlarni o‘ylab topolmasangiz, unda siz 
o‘yinni yo‘qotasiz. 

Download 147.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling