Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Download 312.75 Kb.
bet10/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU

3.1-jadval.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish jarayonlarini qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi1



Ruxsat berish bilan bog’liq jarayonlar turlari

To’lov miqdori

To’lov miqdorining qisqarishi, foizda

Avval amalda bo’lgan

Yangi kiritilgan

eng kam ish haqi miqdori bo’yicha

so’mda*

eng kam ish haqi miqdori bo’yicha

so’mda*

Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish

5

140200

2

56080

- 60

Bankda hisob raqamini ochish

1

28040

0,5

14020

- 50

Arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish

40

1120000

10

280400

- 75

Er uchastkasini rasmiylashtirish

-

130000

-

58000

- 56

Ekologik ekspertiza

25

701400

1

28040

- 96

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish

10

280400

3

84120

- 70

Qurilish davomida nazorat-ijro s’emkalari o’tkazish

5

140200

3

84120

- 40

Normativlar loyihalarining ekologik ekspertizasini o’tkazish

75

2103000

1

28040

- 98,7

Gigienik sertifikatlar olish

10

280 400

3

84 120

- 70

Jami to’lovlar qiymati (litsenziya va ruxsatnomalarsiz)

-

5037660

-

830960

- 83,5

* Izoh: eng kam ish haqi miqdori to’lovlarni qisqartirishga oid me’yoriy hujjatlar qabul qilingan davrga tatbiqan olingan.
Jadvaldan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish jarayonlarini qisqartirish va to’lovlarni optimallashtirish tadbirlari ahamiyatli darajada amalga oshirilgan. Masalan, normativlar loyihalarining ekologik ekspertizasini o’tkazish bo’yicha to’lov miqdori 75 marta, ekologik ekspertiza qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida har bitta tadbirkorlik sub’ekti uchun o’z faoliyatini tashkil etishda o’rtacha 4207 ming so’m miqdorgacha mablag’larni tejash imkoniyati paydo bo’ldi.


3.5. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish

Korxona faoliyatini to’xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko’rish va to’lov qobiliyatining yo’qolishini korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko’rsatish mumkin.


Korxonani qayta tashkil qilish – bu, uning birlashib ketishi, qo’shilishi, bo’linishi, ajralib chiqish va shaklini o’zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil qilish ta’sischi (ta’sischilar) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish faoliyatining to’xtatilishini anglatadi. Korxonani tugatish uning ta’sischilari tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida ixtiyoriy tugatish shaklida yoki xo’jalik sudi qarori asosida amalga oshiriladi.
Korxona tugatilganda u davlat ro’yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)ga bo’lgan talabning pasayib ketishi yoki umuman yo’qolishi;

  • ishlab chiqarishning zarar keltirishi;

  • ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug’dirishi;

  • korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi.

Korxonani ixtiyoriy tugatish 2007 yil 27 aprelda qabul qilingan «Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va unga ilova tarzida berilgan “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibi to’g’risida Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Ushbu xujjatlarda belgilangan tartibga ko’ra korxonani ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qarorda quyidagilar ko’rsatiladi:
tugatuvchi - tugatish komissiyasi (uning a’zolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (pasporti ma’lumotlari);
mo’ljallanayotgan tugatish muddati.
Korxonani ro’yxatdan o’tkazgan organ tadbirkorlik sub’ektini - yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati to’xtatiladi, shu munosabat bilan er solig’i, yagona er solig’i, mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik solig’i, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha penyalarni hisoblab yozish to’xtatiladi;
muassislar (qatnashchilar)ning ixtiyoriy tugatilayotgan korxonaning majburiyatlarini bajarishga yo’naltirilayotgan mablag’laridan soliq olinmaydi.
Ixtiyoriy tugatish, shuningdek korxona faoliyatini ixtiyoriy to’xtatish va faoliyatini tiklash tartiboti belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda yuqorida keltirilgan soliq imtiyozlari qo’llanmaydi.
Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish bo’yicha barcha vakolatlar unga o’tadi. Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida korxonaning boshqaruv organlari unga korxona faoliyati bilan bog’liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhri, shtamplari va boshqa mol-mulkini ro’yxat bo’yicha topshirishi shart.
Tugatuvchi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
a) ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va korxonaning kreditorlari, muassislari hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
b) ishonchnomasiz korxona nomidan vakillik qiladi, korxonaning moliyaviy, to’lov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
v) korxonaning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi.
Tugatish komissiyasi tayinlangan taqdirda korxonani boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yo’li bilan hal etiladi va komissiya a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Tugatish komissiyasi majlislarini o’tkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ixtiyoriy tugatish qoidalarida belgilangan funktsiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
Tugatuvchining vakolatlari quyidagi holatlarda to’xtatiladi:
a) ixtiyoriy tugatish nihoyasiga etganda ya’ni korxonani tugatish to’g’risidagi yozuvlar tegishli davlat reestriga kiritilgan kunda;
b) korxona faoliyati tiklanganda ya’ni tugatish ishlari to’xtatilganligi va korxona faoliyati tiklanganligi to’g’risida qaror qabul qilingan kunda;
v) korxona bankrot deb e’tirof etilganda ya’ni korxona bankrot deb e’tirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi to’g’risida sud qarori qabul qilingan kunda;

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling