Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish


Download 312.75 Kb.
bet12/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3- MAVZU

Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish.
Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilingandan so’ng keyingi ish kunidan kechikmay quyidagi xujjatlarni jo’natadi:
a) ro’yxatdan o’tkazgan organga - ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror nusxasini jo’natadi, qarorda korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi to’g’risidagi ma’lumot mavjud bo’lishi kerak;
b) korxonaning asosiy hisob raqamiga xizmat ko’rsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablag’lari jamlanadigan vakolatli bankka:

  • ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror nusxasini;

  • imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo’yilgan, notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini;

Ro’yxatdan o’tkazgan organ xabardor qilingan sanadan boshlab quyidagilar ta’qiqlanadi:

  • korxonaning ta’sis hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

  • mol-mulkni begonalashtirish bilan bog’liq bo’lgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab bo’ladigan bitishuvlarni amalga oshirish.

Korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlaridan mablag’larni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirig’iga binoan yo’l qo’yiladi. Shuningdek korxonaga xizmat ko’rsatuvchi barcha ikkilamchi depozit hisob raqamlari yopiladi.
Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga kirishadi:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to’xtatish chora-tadbirlarini ko’radi;
b) korxonaning aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o’tkazadi;
v) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to’g’risida e’lonlar berilishini tashkil qiladi, e’lonlarda quyidagilar ko’rsatiladi:

  • korxonaning to’liq va qisqartirilgan nomi;

  • korxonaning joylashgan joyi, soliq to’lovchi identifikatsiya tartib raqami;

  • ro’yxatdan o’tkazilgan sanasi va ro’yxatdan o’tkazgan organ to’g’risidagi ma’lumotlar (nomi va manzili);

  • ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror to’g’risidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);

  • davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo’jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi to’g’risidagi ma’lumotlar.

Tugatuvchi korxonani davlat reestridan chiqarish uchun ro’yxatdan o’tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi e’lon chiqqan sanadan keyin bir oydan erta bo’lmagan muddatda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to’g’risida bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan e’lonni;

  • davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnomani;

  • banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to’g’risidagi xat yoki, agar mavjud bo’lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to’g’risidagi bank ma’lumotnomasini;

  • muassislarning ular o’rtasida mol-mulk taqsimlanganligi to’g’risidagi qarorini;

  • korxonaning muhr va shtamplarini;

  • korxona hujjatlari davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani.

Ro’yxatdan o’tkazgan organ yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar olingandan so’ng keyingi ish kunidan kechiktirmay korxona davlat soliq xizmati organiga quyidagilarni tasdiqlash uchun so’rovnoma yuboradi:

  • korxona tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyati amalga oshirilmaganligini tasdiqlash uchun;

  • taqdim etilgan hujjatlarda banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to’g’risidagi xat mavjud bo’lganda - korxona tomonidan hisob raqamlari ochilmaganligini tasdiqlash uchun.

Ro’yxatdan o’tkazgan organning qarori qabul qilingan kunidan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo’natiladi.



Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling