Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va


Download 312.75 Kb.
bet13/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3- MAVZU

3.6. Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va
belgilangan muddatlarda o’zlarining ustav jamg’armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish

Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o’zlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini tugatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi Qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o’zlarining ustav jamg’armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to’g’risida Nizom” ososida amalga oshiriladi. Unga ko’ra moliya-xo’jalik faoliyatini olti oy mobaynida amalga oshirmayotgan korxonalarni (bank hisobvaraqlari bo’yicha uch oy mobaynida operatsiyalarni o’tkazmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shuningdek qonunchilikda belgilangan muddatda o’zlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish korxona muassislarining qarori asosida ixtiyoriy yoki xo’jalik sudi qarori asosida amalga oshiriladi.


"Moliya-xo’jalik faoliyati" atamasi ostida korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatish faoliyati tushuniladi.
Bunday korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini xo’jalik sudlari qarorlari bo’yicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari ularni tugatishga rozi bo’lmagan, shuningdek ko’rsatib o’tilgan shaxslarning turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni ta’minlash mumkin bo’lmagan hollarda) quyidagi idoralarda amalga oshiriladi:
Adliya organlari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonalar bo’yicha - Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan;
Shaharlar, tumanlar hokimliklari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonalar bo’yicha - ushbu hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish inspektsiyalari komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tugatiladigan korxonalarni aniqlash va hisobga olish tartibi.
Savdo va savdo-vositachi korxonalar tomonidan uch oy mobaynida, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan esa - olti oy mobaynida bank hisob raqamlari bo’yicha pul operatsiyalarini o’tkazgan holda moliya-xo’jalik faoliyati amalga oshirilmagan hollarda tijorat banklari uch kun muddatda soliq xizmati organiga axborot taqdim etadi, axborotda quyidagilar ko’rsatiladi:

  • bankda hisob raqami ochilgan va oxirgi operatsiya o’tkazilgan sana;

  • bank hisob raqamlarida pul mablag’larining mavjudligi;

  • mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning, kreditorlar ro’yxati ko’rsatilgan holdagi 2-kartotekaning mavjudligi;

  • korxonaning mansabdor shaxslari.

Bank hisob raqamlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish to’g’risida sudning tegishli qarori taqdim etilgan taqdirda banklar keyingi ish kunidan kechikmay xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisob raqamlarini yopadilar.
Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yopilayotgan hisob raqamlaridagi mablag’lar qoldiqlari foydalanish huquqisiz tijorat banklari tomonidan maxsus hisob raqamlariga o’tkaziladi va unda jamlangan mablag’lar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetdan va byudjetdan tashqari fondlardan qarzini to’lashga, qolgan summa esa - to’lovlarning kalendar navbati bo’yicha ularning kreditorlik qarzini to’lashga yo’naltiriladi.
Soliq organi bank muassasasidan yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda moliya-xo’jalik faoliyatini so’nggi olti oy mobaynida amalga oshirmagan korxonalarni (bank operatsiyalarini uch oy mobaynida amalga oshirmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni) aniqlaydi. Ular qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:

  • davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini boshlamagan korxonalar;

  • mol-mulkka ega bo’lmagan yoki mol-mulkini aniqlash mumkin bo’lmagan korxonalar;

  • muassislarining turar joyini aniqlash, tugatish jarayoniga mazkur shaxslarni jalb qilishni ta’minlash imkoni bo’lmagan (muassislari bedarak bo’lgan) korxonalarni.

Qonunchilikda belgilangan muddatda o’zlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxonalarni aniqlash ro’yxatdan o’tkazgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq organlari, qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarning aniqlanishiga ko’ra, ro’yxatdan o’tkazuvchi organga mol-mulki bo’lmagan yoki muassislari bedarak bo’lgan korxonalarni tugatish to’g’risida taqdimnoma yuboradi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ soliq organining taqdimnomasini yoki maxsus komissiyaning xulosasini olgan kundan boshlab bir hafta muddatda muassislarga asoslarini ko’rsatgan holda yozma ravishda, korxonani ixtiyoriy tugatishni taklif etadi.
Agar korxona ikki hafta muddatda (aktsiyadorlik jamiyati - bir oy muddatda) ixtiyoriy tugatishga kirishmagan yoxud korxona muassislari ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek ko’rsatib o’tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo’lmagan taqdirda, ro’yxatga oluvchi organ bir hafta muddatda xo’jalik sudiga korxonani tugatish to’g’risidagi da’vo arizasini belgilangan tartibda yuboradi.
Xo’jalik sudi tomonidan korxonani tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirigiga ko’ra maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus komissiya korxonaning pul mablag’larini bitta bankda so’mlardagi yagona va valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlaydi.
Maxsus komissiya uch kun muddatda bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to’g’risida e’lon berilishini tashkil etadi. Tugatish to’g’risidagi e’londa yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi, kreditorlarning talablari ko’rsatilgan arizalarni qabul qilish muddati ko’rsatiladi, bu muddat mazkur e’lon chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo’lmasligi kerak.
Maxsus komissiya kreditorlarni aniqlash chora-tadbirlarini ko’rishga va ularni yuridik shaxsning tugatilishi to’g’risida xabardor qilishga, debitorlik qarzlarni undirib olishga, korxonaning mavjud mol-mulkini xatlovdan o’tkazishga majbur.
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish muddati tugagandan so’ng maxsus komissiya oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi. Oraliq tugatish balansi ro’yxatdan o’tkazuvchi organ bilan kelishilgandan keyin maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Tugatilayotgan korxona kreditorlariga pul mablag’lari oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan navbatga ko’ra maxsus komissiya tomonidan to’lanadi.
Agar tugatilayotgan korxonaning mavjud pul mablag’lari kreditorlar talablarini qondirish uchun etarli bo’lmasa maxsus komissiya korxonaning mol-mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda sotadi.
Moliya xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatda o’zlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablag’lari va mol-mulki etarli bo’lmagan taqdirda, ularning byudjetga va byudjetdan tashqari jamgarmalarga majburiy to’lovlar bo’yicha to’lanmagan qarzlari O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi taqdimnomasiga ko’ra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha Hukumat komissiyasi qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin maxsus komissiya kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi bank to’lov hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi organga yuboradi. Tugatish balansi hududiy maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxsning Kreditorlar talablari qondirilgandan va tugatish balansi tasdiqlangandan so’ng qolgan mol-mulki uning ushbu mol-mulkka mulkni huquqlarga yoki shu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqqa ega bo’lgan muassislariga beriladi.
Maxsus komissiya bankdagi tugatish hisobvarag’ini yopadi, ichki ishlar organlariga yo’q qilish uchun muhr, burchakli va boshqa shtamplarni topshiradi, tegishli ma’lumotnomalar oladi.
Korxonaning tugatish hujjatlari to’liq paketi to’plangandan so’ng maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslarning davlat reestridan chiqarish to’g’risida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ro’yxatdan o’tkazuvchi organga murojaat qiladi:

  • davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma;

  • bank muassasasining tugatish hisobvarag’i yopilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;

  • ichki ishlar organining korxonaning muhrlari va shtamplari yo’q qilish uchun topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;

  • maxsus komissiyaning tugatish balansini tasdiqlash to’g’risidagi qarori, soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansini ilova qilgan holda;

  • soliq organining byudjetdan va byudjetdan tashqari jamgarmalardan qarzlarning mavjud emasligi yoki ularning hisobdan chiqarilganligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;

  • korxonaning hujjatlari Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlar asosida uch kun muddatda korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reestridan chiqarish to’g’risida qaror qabul qiladi. Yuridik shaxslar davlat reestriga tugatish haqida yozib qo’yilgandan so’ng korxonani tugatish yakunlangan, korxona esa mavjud emas deb hisoblanadi.

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling