Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Bankrotlik alomatlari bo’lgan korxonalarni tugatish tartibi


Download 312.75 Kb.
bet15/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3- MAVZU

Bankrotlik alomatlari bo’lgan korxonalarni tugatish tartibi.
O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi qonuniga ko’ra qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini qondirishga va majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va to’lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo’lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Bankrotlik to’g’risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo’lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo’lsa, xo’jalik sudi tomonidan qo’zg’atilishi mumkin
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Majburiy to’lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Qarzdor, agar uning yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo’lsa, o’zini bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to’g’risidagi ish ko’rilayotganda quyidagi taomillar qo’llaniladi:

  • kuzatuv;

  • sud sanatsiyasi;

  • kelishuv bitimi;

  • tashqi boshqaruv;

  • tugatishga doir ish yuritish.

Suddan tashqari bajariladigan taomillar sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish bo’lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

  • to’lov muddati o’tkazib yuborilgan qarzlarni to’la yoki qisman sotib olish;

  • ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;

  • chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;

  • xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • qarzdorning to’lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko’rsatilishi;

  • qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o’rtasida kreditorlarga to’lanadigan to’lovlar muddatini kechiktirish va uni bo’lib-bo’lib to’lash yoxud qarzlardan siylov berish to’g’risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;

  • majburiy to’lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;

  • qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.

Qarzdorni davlat tomonidan yordam ko’rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish o’n ikki oydan yigirma to’rt oygacha muddatga joriy etiladi.
Bankrotlik to’g’risidagi ishda quyidagilar ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi:

  • qarzdor;

  • sud boshqaruvchisi;

  • kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan e’tiboran;

  • bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi;

  • bankrotlik to’g’risidagi ish prokurorning arizasi asosida ko’rilayotgan hollarda, prokuror.

Qarzdorning o’zini bankrot deb topish to’g’risidagi arizasi xo’jalik sudiga yozma shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari yoki uning vakillari tomonidan imzolanadi.
Qarzdorning o’zini bankrot deb topish to’g’risidagi arizasida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
ariza berilayotgan xo’jalik sudining nomi;
pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarining qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmayotgan miqdordagi summasi;
qarzdorning xodimlar hayoti yoki sog’lig’iga etkazilgan zararning o’rnini qoplash, ularga mehnat haqini va to’lanishi kerak bo’lgan ishdan bo’shatish nafaqasini to’lash borasidagi qarz summasi;
mualliflik shartnomalari bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan haq summasi;
majburiy to’lovlar bo’yicha qarz summasi;
kreditorlarning talablarini to’la hajmda qondirishga qodir emaslikning asosi;
qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan pul mablag’lari, debitorlik qarzi to’g’risidagi ma’lumotlar;
qarzdorning bankdagi hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro’yxati.
Qarzdorning o’zini bankrot deb topish to’g’risidagi arizasiga qarz borligini, shuningdek kreditorlarning talabini qarzdor to’la hajmda qondirishga qodir emasligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning o’zini bankrot deb topish to’g’risidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, shuningdek yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjatlar;
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro’yxati;
so’nggi hisobot kunidagi holatga ko’ra buxgalteriya balansi;
qarzdor muassislarining yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o’zini bankrot deb topish to’g’risida ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat qilishi haqidagi qarori.
Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan imzolanadi.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi arizasida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
ariza berilayotgan xo’jalik sudining nomi;
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab bo’lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro’yxati.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi arizasiga qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek bu majburiyatlar bo’yicha qarzi borligini va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi arizasiga, agar bor bo’lsa, quyidagilar ham ilova qilinadi:
kreditorning qarzdorga bo’lgan talablarini ko’rib chiqqan sud qarori;
ijro hujjati yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining ustav fondida davlat ulushi bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo’yicha qarzi bor korxonani bankrot deb topish to’g’risidagi arizasi xo’jalik sudiga qarzdorning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi.
Davlat soliq xizmati organining qarzdorni majburiy to’lovlar bo’yicha bankrot deb topish to’g’risida xo’jalik sudiga beradigan arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlar bo’yicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar ko’rilganligi dalillari ilova qilinishi kerak.
Prokuror qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza bilan xo’jalik sudiga quyidagi hollarda murojaat etishga haqli:
bankrotlikning yashirilgan alomatlarini aniqlaganida;
kreditor manfaatlarini ko’zlab.
Bankrotlik to’g’risidagi ish xo’jalik sudining majlisida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza ish yuritishga qabul kundan e’tiboran uch oydan ortiq bo’lmagan muddatda ko’rib chiqilishi lozim. Bankrotlik to’g’risidagi ishni ko’rish alohida hollarda ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Xo’jalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish to’g’risida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab bo’ladi.
Tugatishga doir ish yuritish muddati bir yildan oshishi mumkin emas. Zarurat bo’lganda bu muddat xo’jalik sudining ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Xo’jalik sudi qarzdorni bankrot deb topish to’g’risida qaror qabul qilayotganda tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi. Ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda, bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin.
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi to’g’risidagi ish, agar qarzdor kreditorlarning pul majburiyatlari bo’yicha talablarini qondirishga va majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir bo’lmasa, agar tegishli majburiyatlar olti oy ichida bajarilmagan bo’lsa, basharti qarzdorga nisbatan bildirilayotgan talablar eng kam ish haqining kamida besh ming karrasi miqdorini tashkil etsa, xo’jalik sudi tomonidan qo’zg’atilishi mumkin.

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling