Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar


Download 312.75 Kb.
bet3/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU

Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar ta’sis hujjatlari sifatida jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi qabul qilinadi.
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko’paysa, ular o’rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan o’zgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o’zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o’zgartishlar davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o’zgartishlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Vakolatxonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili o’zgarishi bilan bog’liq o’zgartishlar kiritilgan hollarda, bunday o’zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo’ladi.
Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ta’sis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi:

  • jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi;

  • jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori;

  • jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qo’shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;

  • hissalarni qo’shish bo’yicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi;

  • jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o’rtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi;

  • jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish tartibi.

Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ustavida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:

  • jamiyatning to’liq va qisqartirilgan firma nomi;

  • jamiyat faoliyatining predmeti;

  • jamiyatning pochta manzili to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to’g’risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to’g’risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to’g’risidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;

  • jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning boshqa shaxsga o’tishi tartibi to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa ma’lumotlar.

Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ustav fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib topadi.
Uning miqdori jamiyatni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko’ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo’lmasligi lozim.
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko’rinishida belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining nisbatiga teng bo’lishi kerak.
Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini o’zgartirish imkoniyati cheklab qo’yilishi mumkin. Jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan jamiyatning ustav fondidagi o’z hissasining kamida o’ttiz foizini kiritishi shart.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga o’z hissasini to’liq kiritishi kerak.
Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to’liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Pul, qimmatli qog’ozlar, o’zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo’lgan boshqa shaxsga o’tkaziladigan o’zga huquqlar jamiyatning ustav fondiga qo’shiladigan hissalar bo’lishi mumkin.
Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga qo’shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Ustav fondiga hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkning muddat o’tgunga qadar ushbu mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, jamiyatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi jamiyatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga o’xshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun to’lanadigan haqiga teng pul tovoni to’lashi shart. Pul tovoni bir oy ichida bir yo’la to’lanishi kerak.

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling