Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Download 312.75 Kb.
bet4/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU

Aktsiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjati sifatida ta’sis yig’ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav qabul qilinadi.
Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tasdiqlaydigan emissiya ma’lumotnomasi ham ta’sis hujjati hisoblanadi.
Aktsiyadorlik jamiyatining ustavida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:

  • firmaning to’liq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan eri (pochta manzili);

  • faoliyat sohasi, maqsadi va muddatlari;

  • ustav fondining miqdori;

  • ustav fondini ko’paytirish yoki kamaytirish tartibi;

  • chiqarilayotgan aktsiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aktsiyalarning nisbati;

  • daromad (foyda)ni, dividendlarni taqsimlash va zararni qoplash tartibi;

  • zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;

  • jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;

  • jamiyat boshqaruvining tuzilishi, ijroiya va nazorat organlari a’zolarining soni, ularni saylash tartibi, bu organlarning vakolatlari;

  • yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;

  • jamiyatni qayta tuzish va tugatish tartibi.

Jamiyat ustavida bitta aktsiyadorga tegishli bo’lgan aktsiyalar soni va ular nominal qiymatining summasi cheklab qo’yilishi mumkin.
Jamiyat ustaviga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash aktsiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aktsiyalar egalari bo’lgan aktsiyadorlarning to’rtdan uch qismdan iborat ko’pchilik ovozi bilan qabul qilingan aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyatning ustav fondi aktsiyadorlar sotib olgan jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi lozim.
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o’z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.
Jamiyat oddiy aktsiyalarni, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aktsiyalarni joylashtirishga haqlidir. Joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aktsiyalari muassislar o’rtasida joylashtirilgan bo’lishi kerak.
Ochiq aktsiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha to’rt yuz ming AQSh dollariga teng bo’lgan summadan kam bo’lmasligi, yopiq aktsiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori esa, jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam bo’lmasligi kerak.
Jamiyat ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko’p muddati jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim
Aktsiyalar xillari va turlari (toifalari) bo’yicha farqlanadi. Aktsiyalarning xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan. Aktsiyalarning turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy.
Aktsiyada ko’rsatilgan va jamiyat aktsiyadorlarining reestriga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aktsiyaning sohibi bo’lmish aktsiyador deb e’tirof etiladi.
Egasi yozilmagan aktsiyani saqlovchi shu aktsiyaning egasidir. Egasi yozilmagan aktsiyalar jamiyat aktsiyadorlarining reestriga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Oddiy aktsiyalar ovoz beruvchi bo’lib, ularning egalariga dividendlar olish, jamiyatning umumiy yigilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Aktsiya egalariga dividendlarni, shuningdek aktsiyadorlik jamiyati tugatilganda aktsiyalarga qo’yilgan mablaglarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aktsiyalar imtiyozli aktsiyalar hisoblanadi. Imtiyozli aktsiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko’rish-ko’rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Yopiq aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalari faqat egasi yoziladigan aktsiyalar bo’lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o’tkazish tartibi ustavda belgilab qo’yiladi.
Yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyadorlarga aktsiyalar o’rniga ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin.
Chiqariladigan aktsiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular bo’yicha dividendlar to’lash tartibi aktsiyadorlik jamiyatining ustavida belgilab qo’yiladi.
Aktsiyalarning nominal qiymati yuz so’mdan kam bo’lishi mumkin emas.

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling