Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish
Download 312.75 Kb.
|
3- MAVZU
Xo’jalik shirkatining ta’sis etish hujjati bo’lib, uning ta’sis shartnomasi hisoblanadi.
Ta’sis shartnomasida quyidagi ma’lumotlar bo’ladi: ta’sis etilayotgan xo’jalik shirkatining turi, uning faoliyat sohasi, maqsadlari va muddatlari; muassislarning (ishtirokchilarning) tarkibi; ta’sis etilayotgan xo’jalik shirkatining firma nomi va pochta manzili; ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va uni hosil qilish tartibi; xo’jalik shirkati har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati; xo’jalik shirkati ishtirokchilari hissalarining tarkibi, ularni kiritish muddatlari va tartibi; xo’jalik shirkatining ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirish va kamaytirish tartibi; xo’jalik shirkatining faoliyatini boshqarish tartibi; foydani taqsimlash va zararni qoplash tartibi; xo’jalik shirkatini qayta tashkil etish va tugatish tartibi; qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa shartlar. Xo’jalik shirkatining ta’sis shartnomasida, shuningdek uning vakolatxonalari va filiallari to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak. Xo’jalik shirkatining ta’sis shartnomasidagi uning vakolatxonalari va filiallariga oid ma’lumotlar o’zgarganligi haqidagi axborotlar yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga bildirish tariqasida taqdim etiladi. Ta’sis shartnomasidagi mazkur o’zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ bunday o’zgartishlardan xabardor qilingan paytdan e’tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi. Shirkat ustav fondining miqdori shirkatni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko’ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo’lmasligi kerak. Shirkat ishtirokchisining shirkat ustav fondidagi ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko’rinishida belgilanadi. Shirkat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushining nominal qiymati bilan shirkat ustav fondining o’zaro nisbatiga muvofiq bo’lishi kerak. Shirkat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati shirkat sof aktivlari qiymatining uning shirkat ustav fondidagi ulushi miqdoriga mutanosib bo’lgan bir qismiga mos bo’ladi. Shirkat davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi o’z hissasining kamida o’ttiz foizini shirkatning ustav fondiga kiritishi shart. Hissaning qolgan qismi ta’sis shartnomasida ko’rsatilgan muddatda kiritilishi lozim bo’lib, bu muddat shirkat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak. Pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo’lgan boshqa shaxsga o’tkaziladigan o’zga huquqlar ishtirokchilarning shirkat ustav fondiga qo’shadigan hamda shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari bo’lishi mumkin. Shirkatning ustav fondiga pulsiz hissasining pul hisobidagi bahosi shirkatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan shirkat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining qarori bilan tasdiqlanadi. Shirkatga tegishli mol-mulk unga ustav fondiga hissa sifatida foydalanishga berilgan muddat o’tguniga qadar mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, shirkatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi shirkatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga o’xshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun to’lanadigan haqqa teng pul tovoni to’lashi shart. Pul tovoni shirkat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan e’tiboran bir oy ichida bir yo’la to’lanishi kerak O’z hissasini to’liq kiritgan shirkat ishtirokchisiga guvohnoma beriladi. Download 312.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling