Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar


Download 312.75 Kb.
bet9/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU

3.4. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Tadbirkorlik sub’ektlarini yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza beruvchi (muassis yoki muassislar tomonidan vakil qilib tayinlangan shaxs) ro’yxatdan o’tkazuvchi organga shaxsan kelib yoki pochta orqali ariza-xabarnoma taqdim etadi (3-ilova).


Davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza-xabarnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi, bunda davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan bo’lishi talab etilmaydi (yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga taqdim etiladigan ta’sis hujjatlari bo’lib ustav yoki ta’sis shartnomasi va ustav yoki faqat ta’sis shartnomasi, bunda mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun - ta’sis shartnomasi va ustav, to’liq va kommandit shirkatlar uchun esa - faqat ta’sis shartnomasi, aktsiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar, fermer xo’jaliklari hamda yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaliklari uchun - faqat ustav);

  • davlat bojining yoki ro’yxatdan o’tkazish yig’imining belgilangan miqdori to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati (dehqon xo’jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aktsiyadorlik jamiyatlaridan tashqari);

  • bir xil yoki adashtirish darajasida o’xshash bo’lgan firma nomi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi;

  • uch nusxada muhr va shtamp eskizlari.

Davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) bozorlar uchun - bozor tashkil qilishga er uchastkasi ajratib berish to’g’risidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori hamda bozorning ustav fondiga ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan miqdorning kamida 30 foizi miqdorida mablag’ kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;
b) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalar uchun:

  • xorijiy muassis to’g’risida yuridik shaxs ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi savdo reestridan olingan, O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud bo’lmagan taqdirda, muassis ro’yxatdan o’tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida mazkur mamlakatning O’zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilinib, keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan ko’chirma taqdim etiladi. Xorijiy muassis to’g’risida savdo reestridan ko’chirmada xorijiy yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan manzili, ustav fondi miqdori, tashkiliy-huquqiy shakli, ro’yxatdan o’tkazilgan sanasi, faoliyat ko’rsatish muddati hamda xorijiy yuridik shaxs nomidan imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan shaxs haqida ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak. Ushbu ko’chirma berilgan paytdan boshlab 1 yil muddat ichida haqiqiy hisoblanadi. Jismoniy shaxs - norezident o’z pasportining nusxasi taqdim etadi. Ushbu hujjatlar davlat tiliga tarjima qilingan, tarjima belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak. Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intelektual mulk bo’lsa, u holda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tomonidan tuzilgan baholash to’g’risidagi hisobotni taqdim etishi kerak;

  • har bir ta’sischi tomonidan korxona ustav fondidagi o’z ulushining 30 foizini kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (vaqtinchalik so’mlardagi va valyutadagi jamlovchi hisob raqamlariga pul mablag’lari kiritilganligi haqida bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar);

v) dehqon xo’jaliklari (yuridik shaxslar) hamda fermer xo’jaliklari uchun - tuman hokimining er uchastkasi ajratib berish to’g’risidagi qarori nusxasi;
g) yuridik shaxslarni qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish yoki o’zgartirish yo’li bilan qayta tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun;

  • qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsga ma’lum bo’lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor etilganligini va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqida axborot e’lon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;

  • qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ularning barcha kreditorlari va qarzdorlariga, shu jumladan tomonlar da’volashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari bo’yicha huquqiy vorislik to’g’risidagi qoidalar ko’rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo’shib yuborishda va o’zgartirishda) yoki bo’lish balansi (bo’lishda va ajratib chiqarishda);

  • qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsning ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnomasining asl nusxasi, muhri va shtampi.

Bir xil yoki adashtirish darajasida o’xshash bo’lgan firma nomi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma tadbirkorlik sub’ekti davlat ro’yxatidan o’tkazilgunga qadar tumanlar (shaharlar) davlat statistika organlaridan olinadi .
Bir xil yoki adashtirish darajasida o’xshash bo’lgan firma nomi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma olish uchun ariza beruvchi shaxsan o’zi kelib, pochta aloqasi, elektron pochta aloqasi yoki faksimil aloqa orqali tuman (shahar) davlat statistika organiga so’ralayotgan firma nomi, shuningdek firma nomining 5 tagacha muqobil varianti ko’rsatilgan ariza bilan murojaat qiladi.
Arizani ko’rib chiqish va tegishli ma’lumotnomani berish muddati 2 ish kunini tashkil etadi. Bir xil yoki adashtirish darajasida o’xshash bo’lgan firma nomi mavjud ekanligi (mavjud emasligi) haqida ma’lumotnoma berganlik uchun to’lov olinmaydi.
Bir xil yoki adashtirish darajasida o’xshash bo’lgan firma nomi mavjud emasligi haqida ma’lumotnomaning amal qilish muddati 2 oy.
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va ularni hisobga qo’yish xabardor qilish tartibida yuridik shaxslarni 4-ilovaga muvofiq sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
Zarur ro’yxatdan o’tkazish tartib-qoidalari tugagandan keyin ro’yxatdan o’tkazuvchi organ belgilangan muddatda yuridik shaxslarga 5-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani va ro’yxatdan o’tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan, "ro’yxatdan o’tkazildi" degan belgi qo’yilgan ta’sis hujjatlarini, shuningdek muhr va shtamp eskizi bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani beradi. Barcha zarur hujjatlar tadbirkorlik sub’ektiga bir vaqtda beriladi.
Ro’yxatga olingan korxona haqidagi ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasining mulkchilik va xo’jalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalari va tashkilotlarining Yagona davlat registri (KTYaDR)da qayd etiladi. Korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri joylardagi statistika organlari tomonidan to’ldiriladigan ro’yxatdan o’tkazish kartalari asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
Ushbu registr O’zbekiston Respublikasida korxonalar va tashkilotlarni yagona davlat hisobiga olishni ta’minlash maqsadida yuritiladi. Unda yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomada aks ettiriladigan korxonalar va tashkilotlarning umumrespublika tasniflagichi (KTUT), tarmok (XXTUT) va xududiy (MXOBT) qarashlilik tasniflagichlari, mulkchilik shakllari (MShT) va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashkiliy-xududiy shakllarini (THShT) identifikatsiyalashtiruvchi va tasniflovchi ko’rsatkichlari bo’yicha xos raqamlar beriladi.
Shu bilan birga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomada har bir korxona uchun soliq idoralaridan beriladigan soliq to’lovchilar identifikatsiya raqamlarini (STIR) ham aks ettiriladi
Soliq to’lovchilar identifikatsiya raqamlarini berish quyidagilarni ta’minlashga qaratilgan:
O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reestrini shakllantirish;
soliq to’lovchilarni hisobga olishni tartibga solish;
soliqlarning byudjetga tushishini hisobga olish va davlat soliq xizmati organlarining o’zaro hamkorligi bo’yicha ma’lumotlarni kompyuterda ishlashni joriy etish;
soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo’yicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi ko’p tomonlama tekshirilishi va nazorat qilinishini tashkil etish;
davlat soliq xizmati organlari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, tijorat banklari va moliyaviy, shuningdek ko’char va ko’chmas mulk bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar o’rtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan jismoniy shaxslar tomonidan daromadlar, to’langan soliqlar, ijtimoiy va boshqa sug’urtalar bo’yicha davlat jamg’armalariga to’lovlarni hisobga olishni birxillashtirish.
Tadbirkorlik sub’ekti davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi tegishli guvohnomani olib bank hisob raqamini ochadi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
Barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etishi ham mumkin va uning uchun quyidagilar asos bo’ladi:
tegishli bo’lmagan ro’yxatga olish organiga murojaat qilish;
talab qilingan hujjatlarning to’liq hajmda taqdim etilmaganligi;
ta’sis hujjatlari va muhr hamda shtamp eskizlarida ko’rsatilgan firma nomining bir xil yoki adashtirish darajasida o’xshash bo’lgan firma nomi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomada ko’rsatilgan firma nomiga mos kelmasligi;
ta’sis hujjatlari va muhr hamda shtamp eskizlarida ko’rsatilgan tashkiliy-huquqiy shaklning O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakl turlariga mos kelmasligi;
ta’sis hujjatlarida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ta’qiqlangan faoliyat turlarining ko’rsatilishi;
ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan ustav fondi miqdorining qonun hujjatlari bilan belgilangan ustav fondi miqdoriga mos kelmasligi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining qonun hujjatlari bilan belgilangan ulush miqdoriga mos kelmasligi;
bozorlar uchun uning ustav fondiga ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan miqdorning kamida 30 foizi kiritilmaganligi;
bozor muassislari tarkibida ustav fondidagi ulushi kamida 51 foizni tashkil qiluvchi joylardagi davlat hokimiyati organining bo’lmasligi.
Davlat ro’yxatidan o’tkazishni asoslangan holda rad etish to’g’risidagi qaror ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan qabul qilinadi va hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab 3 ish soati ichida ariza beruvchiga beriladi.
2009 yilda tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog’liq sarf-xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirildi. Masalan:
- arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;
- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar;
- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirildi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog’liq tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin (3.1-jadval).



Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling