Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Download 312.75 Kb.
bet1/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU


III MAVZU. KORXONANI TAShKIL QILISh VA UNING
FAOLIYaTINI TO’XTATISh

3.1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari


3.2. Ta’sis hujjatlari
3.3. Korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga olinishi
3.4. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
3.5. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish
3.6. Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va belgilangan muddatlarda o’zlarining ustav jamg’armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish


3.1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin.


Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi;

  • korxona muassislarini tanlash;

  • taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o’rganish;

  • korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;

  • korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;

  • davlat ro’yxatidan o’tish;

  • muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;

  • litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar olish.

Korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Turli tashkiliy-xuquqiy shakllardagi korxonalarni tashkil etishning xuquqiy asoslarini ko’rib chiqaylik.
“Xususiy korxonalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Xususiy korxona boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli.
«Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonunida mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni ta’sis etish tartibi belgilab beriladi. Unga ko’ra jamiyatning muassislari ta’sis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini tasdiqlaydilar. Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi.. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar (tayinlaydilar), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qo’shilgan taqdirda, ularning pul bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash to’g’risidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini tasdiqlash to’g’risidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar jamiyatning muassislari tomonidan jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Jamiyatning muassislari jamiyatni ta’sis etish bilan bog’liq va uni davlat ro’yxatidan o’tkazishga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo’ladilar. Jamiyat muassislarning uni ta’sis etish bilan bog’liq majburiyatlari yuzasidan, ularning harakatlari keyinchalik jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi tomonidan ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo’ladi.
«Xo’jalik shirkatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra xo’jalik shirkati to’liq shirkat yoki kommandit shirkat shaklida tuziladi. Xo’jalik shirkati, agar uning ta’sis shartnomasida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Xo’jalik shirkati o’zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo’ladi, o’z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo’lishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Xo’jalik shirkati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Ro’yxati qonunlarda belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan xo’jalik shirkati faqat litsenziya asosida shug’ullanishi mumkin.
Xo’jalik shirkati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi (ishtirokchisi) bo’lishi, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishi mumkin.
Xo’jalik shirkati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs sifatida tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo’jalik shirkati to’liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xo’jalik shirkatining joylashgan manzili ko’rsatilgan dumaloq muhrga ega bo’lishi kerak. Xo’jalik shirkatining muhrida uning firma nomi xo’jalik shirkatining ixtiyoriga ko’ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Xo’jalik shirkati o’zining firma nomi yozilgan shtamplarga va blankalariga, o’z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yxatga olingan tovar belgisiga va boshqa o’z belgi-alomatlariga ega bo’lishga haqlidir.
Yakka tadbirkorlar va tijoratchi tashkilotlar to’liq shirkatning ishtirokchilari hamda kommandit shirkatda to’liq sheriklar bo’lishlari mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar kommandit shirkatda hissa qo’shuvchilar bo’lishlari mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, to’liq shirkatning ishtirokchilari va kommandit shirkatning to’liq sheriklari, shuningdek kommandit shirkatda hissa qo’shuvchilar bo’lishga haqli emaslar.
Xo’jalik shirkati ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:

  • xo’jalik shirkatining ishlarini boshqarishda qatnashish;

  • xo’jalik shirkatining faoliyati to’g’risida axborot olish, ta’sis shartnomasida belgilangan tartibda buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;

  • foydani taqsimlashda ishtirok etish;

  • xo’jalik shirkati tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.

Xo’jalik shirkatining ishtirokchilari qonun hujjatlarida va shirkatning ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Xo’jalik shirkati ishtirokchilarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda, miqdorlarda, usullarda va muddatlarda hissa qo’shishlari lozim;

  • xo’jalik shirkatining faoliyati to’g’risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.

Xo’jalik shirkati ishtirokchisi ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan o’z majburiyatlarini bajarmagani oqibatida shirkatga yoki uning ishtirokchilariga zarar etkazgan taqdirda boshqa ishtirokchilar zararning o’rni qoplanishini talab qilishga haqlidirlar.
Aktsiyadorlik jamiyatni tuzish «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aktsiyadorlik jamiyatni tuzish usullari o’z ichiga jamiyat yangidan ta’sis etish yoki mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, birlashtirish, bo’lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo’li bilan tuzish usullarini oladi.
Jamiyatni ta’sis etish yo’li bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to’grisidagi qaror ta’sis yigilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg’iz o’zi qabul qiladi.
Jamiyat muassislari uni tuzish to’grisida o’zaro ta’sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko’rsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi kerak bo’lgan aktsiyalarning xillari va turlari, ular uchun to’lanadigan haq miqdori va bu haqni to’lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qo’yiladi.
Jamiyatni ta’sis etish to’grisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, jamiyat ustavini tasdiqlash, jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to’grisidagi va muassis tomonidan jamiyat aktsiyalari haqini to’lash uchun topshirilayotgan qimmatli qog’ozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash to’g’risidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni ta’sis etish to’grisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo’lgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Aktsiyadorlik jamiyatini tuzish to’grisidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aktsiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.
Jamiyat muassislari jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan bog’liq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo’ladilar. Jamiyat muassislarning uni tuzish bilan bogliq bo’lgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo’ladi.
Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi bo’ladi.
Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aktsiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yopiq aktsiyadorlik jamiyati muassislari o’rtasida aktsiyalarni taqsimlash ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatni tuzish bo’yicha ta’sis yig’ilishi (konferentsiyasi) chaqiriladi va unda quyidagilarni amalga oshiriladi:

  • aktsiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to’g’risida qaror qabul qilinadi va uning ustavini tasdiqlanadi;

  • aktsiyalarga ortiqcha obunani qabul qilinadi yoki rad etiladi. Aktsiyalarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda ustav fondi tegishli ravishda ko’paytiriladi;

  • ta’sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlanadi;

  • chiqarilayotgan aktsiyalar xillari va turlarini hamda ularning sonini belgilanadi;

  • jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini saylanadi.

Ta’sis yigilishida (konferentsiyasida) ovoz berish muassislar qo’shgan hissalarga muvofiq o’tkaziladi.
Ta’sis yigilishi (konferentsiyasi) qarorlarni oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ta’sis shartnomasini o’zgartirish to’grisidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda ta’sis yigilishi o’tkazilmaydi.
Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan ko’rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa’y-harakatlar o’zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni moliyaviy jihatdan barqaror bo’lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat’i nazar, bankrot korxonalar hisoblanadi.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:

  • iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;

  • ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;

  • ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni jalb qilish;

  • fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;

  • yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shahsiy ehtiyojlarini qondirish;

  • ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.




Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling