Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish xususiyatlari


Download 312.75 Kb.
bet14/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3- MAVZU

Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish xususiyatlari.
Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish to’g’risida qaror qabul qilishda hududiy maxsus komissiya quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:

  • korxonaning tugatilishi to’g’risida matbuotda e’lon beradilar;

  • bank muassasalaridagi foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvarag’i hamda kutilmagan holatlar hisobvarag’ini yopadilar;

  • muhrlar va shtamplarni yo’qotish uchun ichki ishlar organlariga topshiradilar;

  • ro’yxatdan o’tkazuvchi organga korxonani davlat reestridan chiqarish to’g’risida ariza bilan murojaat qiladilar.

Matbuotda korxonaning tugatilishi to’g’risida e’lon chiqqandan so’ng kamida bir oydan keyin quyidagi hujjatlar taqdim etilganda korxona ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan davlat reestridan chiqarilishi mumkin:

  • korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reestridan chiqarish to’g’risidagi ariza;

  • xo’jalik sudining korxonani tugatish to’g’risidagi qarori;

  • davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma;

  • bank muassasasining foydalanish huquqini bermaydigan maxsus hisobvarag’i hamda kutilmagan holatlar hisobvarag’i yopilganligini tasdiqlovchi hujjati;

  • tegishli ichki ishlar organining korxona muhrlari va shtamplari yo’q qilish uchun topshirilganligini tasdiqlovchi hujjati;

  • soliq organining korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;

  • ommaviy axborot vositalarida korxonaning tugatilishi to’g’risida e’lon chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;

  • soliq organi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansi;

  • hujjatlar Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

Shundan keyin tugatish jarayoni yuqorida yoritilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Muassislari bedarak bo’lgan korxonalarni tugatish xususiyatlari. Muassislari bedarak bo’lgan korxonalar bo’yicha ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar matbuotda ular tomonidan korxonalarni tugatish jarayonining boshlanishi to’g’risida e’lon beradilar hamda ayni paytda:

  • ichki ishlar organlariga muassislar va mansabdor shaxslarni qidirish chora-tadbirlarini ko’rish;

  • mazkur korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasalariga -ularning bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda yopish uchun tegishli axborot yuboradilar.

Agar uch oydan so’ng muassislar kelmasa yoki topilmasa, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ bir hafta muddatda korxonani tugatish to’g’risida xo’jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.
Xo’jalik sudi tomonidan korxonani tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirigiga ko’ra hududiy maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonani tugatish jarayoni tugallangandan so’ng qolgan mol-mulk tegishli organ tomonidan egasiz mol-mulk sifatida hisobga olinadi. Tugatish jarayoni tugallangandan so’ng qolgan pul mablag’lari mavjud bo’lgan taqdirda maxsus komissiya ular hisobiga mol-mulk saqlanishini tashkil qiladi. Saqlash muddati tugatish jarayoni tugallangandan keyin uch yildan oshmasligi kerak.
Pul mablag’lari mavjud bo’lmaganda yoki uch yillik muddat mobaynida saqlash uchun sarflanib bo’lgan taqdirda, mol-mulk saqlanmaydi va sotib yuboriladi. Tushgan mablag’lar, operatsiya xarajatlaridan tashqari, bankda ushbu maqsad uchun maxsus ochiladigan hisobvaraqqa o’tkaziladi. Ko’rsatib o’tilgan mablag’lar bedarak bo’lgan muassislar mulki hisoblanadi va korxona tugatilgan vaqtdan kamida uch yildan so’ng mahalliy byudjetga o’tkazilishi kerak.

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling