Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Download 312.75 Kb.
bet16/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3- MAVZU

Qisqacha xulosalar

Korxonalarni tashkil qilish va tugatish bozor munosabatlari sharoitlarida odatiy va qonuniy holdir. Korxonani tashkil qilish ishlab chiqarishni kengaytirish va biron-bir mahsulotga bo’lgan talabning ortishi natijasida yuzaga kelsa, korxonalarni tugatish esa talabning mavjud emasligi hamda bankrotlikka bog’liq bo’ladi.


Korxonalarni tashkil qilgandan so’ng ularni kelajakda samarali faoliyat yuritishini ham ta’minlash zarur. Shu sababli biron-bir korxonani tashkil qilish asoslangan bo’lishi va ilmiy tamoyillarga tayanishi lozim.
Korxonalar tashkil qilinishini tartibga soluvchi asosiy hujjatlar bu korxona Nizomi va ta’sis shartnomasi bo’lib, ba’zi hollarda korxonalar ko’rsatilgan hujjatlarning bittasi asosida ham faoliyat yuritishi mumkin.
Korxonani tashkil qilish jarayoni boshqaruv organlarida ro’yxatga olish bilan bog’liqdir. Qonunchilik tomonidan korxonalarni davlat ro’yxatidan o’tkazishning qat’iy belgilangan muddatlari mavjud.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish faoliyatining to’xtatilishini anglatadi. Bunga asosiy sabab qilib korxonaning to’lov qobiliyatini yo’qotishini ko’rsatish mumkin.
Sanatsiya davlat, bank yoki boshqa muassasa tomonidan bankrot bo’lishning oldini olish va raqobatbardoshlik darajasini oshirish maqsadida korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashni anglatadi.
Sanatsiya korxonalarning shartnoma va boshqa majburiyatlarini buzishning oldini olishga qaratilgan iqtisodiy va moliyaviy chora-tadbirlar tizimidir.

Tayanch iboralar


tashkil qilish tamoyillari, korxona mulki egasi, sho’’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, huquqiy shaxs maqomi, korxona Nizomi, ta’sis shartnomasi, korxona mulkini shakllantirish, korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga olinishi, ro’yxatga olish uchun hujjatlar, korxonani qayta tashkil qilish, korxonani tugatish, tugatish komissiyasi.


Nazorat va muhokama uchun savollar

1.Yangi korxonalarni tashkil qilish asosida nima yotadi?


2.Qaysi omillar yangi korxona tashkil qilish zaruriyatini asoslab beradi?
3.Yangi korxonalarni tashkil qilishdan maqsad nima?
4.Korxona tashkil qilishning asosiy tamoyillarini sanab o’ting.
5.Korxona qachondan boshlab tashkil qilingan deb hisoblanishi mumkin?
6.Korxona Nizomi nimani anglatadi?
7.Ta’sis shartnomasi nimani anglatadi?
8.»Tinchlik kelishuvi» nima degani?
9.Korxonani tugatishga nima sabab bo’ladi?
10.Korxonani qayta tashkil qilishdan maqsad nima va u qanday amalga oshiriladi?
11.Korxona bankrotligining asosiy sabablarini sanab o’ting.
12.Korxonani moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirish nimani anglatadi?



1 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг «Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир» ҳамда «Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир» номли маърузаларини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиёт. - 2010. – 71 бет.



Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling