Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Download 312.75 Kb.
bet2/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU

3.2. Ta’sis hujjatlari

Ta’sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.


Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan:
korxona nizomi( ustavi);
ta’sis shartnomasi.
Korxona ustavi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi.
Ta’sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning ustavini to’ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o’zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud.
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish ustav va ta’sis shartnomasining muhim qismi hisoblanadi.
Ta’sis hujjatlarini mazmuni va tayyorlash tartibi turli tashkiliy-xuquqiy shakllardagi korxonalar uchun o’ziga hos bo’lib, ular bilan quyida tanishib chiqamiz.
Xususiy korxonaning ta’sis hujjati sifatida uning ustavi qabul qilinadi.
Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:

  • korxonaning firma nomi;

  • uning joylashgan eri va pochta manzili to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • asosiy faoliyat turlarining ro’yxati;

  • mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;

  • ustav fondining miqdori.

Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa qoidalarni ham o’z ichiga olishi mumkin.
Xususiy korxonaning ustav fondi bo’linmas bo’lib, uni mulkdorning o’zi belgilaydi.
Pul, qimmatli qog’ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yohud boshqa shaxsga beriladigan o’zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo’shiladigan hissa bo’lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o’z oila a’zolarining umumiy mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo’lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling