Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga olinishi


Download 312.75 Kb.
bet6/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU

3.3. Korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga olinishi

Har qanday shakldagi korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi.


Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olish, tegishli ravishda, yustitsiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish inspektsiyalari tomonidan bir vaqtning o’zida ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo’ygan holda amalga oshiriladi.
Korxonalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi va muddatlarini “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizom” belgilab beradi. Unga ko’ra 2003 yil 1 oktyabrdan tadbirkorlik sub’ektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich ro’yxatdan o’tkazish printsipiga o’tish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik to’siqlarni olib tashlash maqsadida tuman (shahar) hokimliklari huzurida “Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspektsiyalari” tashkil etildi. Inspektsiyalar “yagona darcha” tamoyilida ish olib boradi va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni mo’ljallayotgan ariza beruvchining hujjatlarini hamda buning uchun zarur bo’lgan asoslarni qabul qilish va ekspertizadan o’tkazish;

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi tarmoqlari) ulanish, turar-joylarni noturar-joy toifasiga o’tkazish, ob’ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilishga texnik shartlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun, shuningdek muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda kelishiladigan va ruxsat olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;

  • yuqorida ko’rsatilgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni hisobga olgan holda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, reestrni yuritish, shuningdek ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo’yish;

  • ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma berish.

«Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning xabardor qilish tartibi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2006 yil 24 maydagi Qaroriga ko’ra tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun ma’muriy sarf-xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishdagi byurokratik to’siqlar va g’ovlarni bartaraf etish yo’li bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2006 yilning 1 sentyabridan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olishning xabardor qilish tartibi o’rnatildi.
Xabardor qilish tartibi er maydonlari ajratib berish, gaz va elektr tarmoqlariga ulash to’g’risida, shuningdek litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo’yicha qaror talab etiladigan tadbirkorlik sub’eklarini ro’yxatga olishda qo’llanilmaydi.
Ariza - xabarnomani bergan paytdan boshlab tadbirkorlik sub’ektini davlat ro’yxatiga olib, unga davlat ro’yxatiga olinganlik to’g’risidagi guvohnomani berishgacha o’tadigan muddat ko’pi bilan ikki ish kunini tashkil etadi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olishning xabardor qilish tartibini belgilovchi Nizomga ko’ra yuqorida keltirilgan shartlar asosida korxonalar quyidagi idoralarda ro’yxatga olinadi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari bilan aktsiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aktsiyadorlik kompaniyalar va xoldinglar shaklida tashkil etilayotgan xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek Toshkent shahrida tashkil etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, bozorlar hamda soliq maslahatchilari tashkilotlari ro’yxatga olinadi.

  2. Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, bozorlar hamda soliq maslahatchilari tashkilotlari ro’yxatga olinadi.

  3. Tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspektsiyalari tomonidan yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni ruyxatga olinadi.

Davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash muassislarning ixtiyoriga ko’ra muassislarning o’zlari tomonidan yoki shartnoma asosida - O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, konsalting firmalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik sub’ektini xabardor qilish asosida davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik uchun davlat boji yoki ro’yxatdan o’tkazish yig’imi to’lanadi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyatlar adliya boshqarmalarida davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji to’lanadi:
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun - eng kam oylik ish haqining ikki baravari va 500 AQSh dollari;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari bilan tashkil etiladigan aktsiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aktsiyadorlik kompaniyalar va xoldinglar) shaklidagi xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek bozorlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari uchun - eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida.
Tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi uchun Inspektsiyalarda ro’yxatdan o’tkazish yig’imi undiriladi, ularning stavkalari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi tarmoqlari) ulanish, turar-joylarni noturar-joy toifasiga o’tkazish, ob’ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilishga ruxsat berish, shuningdek litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo’yicha qaror talab etiladigan tadbirkorlik sub’eklarini (korxonalarni) ro’yxatga olishda xabardor qilish tartibidan birmuncha o’zgacha tartiblar amal qiladi. Bu tartiblarni yuqorida qayd etilgan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizom” belgilab beradi. Ushbu shartlarni o’z ichiga olgan holda xujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari ariza berilgan sanadan boshlab tadbirkorlik sub’ektini ruxsat beruvchi hujjatlarni bergan holda davlat ro’yxatidan o’tkazishgacha bo’lgan muddat texnik shartlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning murakkabligini va hajmini hisobga olib 7 ish kunidan bir oygacha belgilanadi.
Agar ro’yxatga olish so’ralayotgan korxona quyidagi shartlarni bajargan bo’lsa, davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish xabardor qilish tartibida belgilangan qoidalar asosida amalga oshirilishi mumkin:

  • davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza bilan bir vaqtda tuman (shahar) hokimining er uchastkasiga bo’lgan huquqni ro’yxatdan o’tkazish va ob’ekt qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yangi qurilishga er uchastkasi ajratish to’g’risidagi qarori nusxasini taqdim etgan tadbirkorlik sub’ektlari;

  • davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza bilan bir vaqtda tuman (shahar) hokimining gaz va elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar olish uchun yangi qurilishga er uchastkasi ajratish to’g’risidagi qarori nusxasini taqdim etgan tadbirkorlik sub’ektlari;

  • davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi arizada faoliyatning asosiy turi sifatida faoliyatning litsenziyalanadigan turini ko’rsatgan tadbirkorlik sub’ektlari.

Vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida er uchastkasi berish, ob’ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish, turar joy binolarini noturar joy toifasiga o’tkazish ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish (gaz, energiya, suv ta’minoti, kanalizatsiya, isiqlik ta’minoti, telefon aloqasi) uchun texnik shartlarni rasmiylashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- loyihaoldi (arxitektura-rejalashtirish topshirig’i, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar);
- loyihalashtirish;
- qurish.
Ob’ektlar qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish. Muhandislik ta’minoti bo’yicha yuklamalar hajmi hisob-kitobi bilan birgalikda loyihalashtirishga topshiriq tuzish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish va arxitektura-rejalashtirish topshirig’ini ishlab chiqish uchun Inspektsiyaga ariza beriladi. Arizaga tuman (shahar) hokimining yangi qurilish uchun er uchastkasi ajratish to’g’risidagi qarori nusxasi ilova qilinadi.
Inspektsiya bir kun muddatda er uchastkasiga egalik huquqini ro’yxatdan o’tkazuvchi organlarga murojaat qiladi. Inspektsiya tomonidan taqdim etilgan hokimning er uchastkasi ajratish to’g’risidagi qarori asosida bir ish kuni mobaynida belgilangan tartibda er uchastkasiga egalik huquqi ro’yxatdan o’tkaziladi va tegishli guvohnoma beriladi.
Ro’yxatdan o’tkazish shaharlar va shaharchalarda - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi ("O’zgeodezkadastr" bosh boshqarmasi) ko’chmas mulk davlat kadastri tuman va shahar xizmatlari tomonidan; respublikaning qolgan hududi bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo’mitasi tuman xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Muhandislik ta’minoti bo’yicha yuklama hajmlari hisob-kitoblari bilan loyihalashtirish yuzasidan topshiriq er uchastkasiga huquqni ro’yxatdan o’tkazish bilan bir vaqtda Inspektsiyaning mas’ul xodimi tomonidan bir kun muddatda tayyorlanadi. Bunda zarur hollarda hisob-kitoblar ariza beruvchi bilan kelishiladi.
Inspektsiya bir kunlik muddatda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (bo’limiga) hokimning er uchastkasi ajratish to’g’risidagi qarori nusxasini va muhandislik ta’minoti bo’yicha yuklamalarning hisoblab chiqilgan hajmlari bilan birgalikda loyihalashtirishga topshiriqni ilova qilgan holda tegishli buyurtma beradi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo’limi) 18 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi orqali er uchastkasining geodeziya-topografiya kartasi ishlab chiqilishini va ayni bir vaqtda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlar olinishini va arxitektura-rejalashtirish topshirig’i ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo’limi) gaz, elektr, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va telefon aloqasi bo’yicha tuman (shahar) foydalanish tashkilotlarida texnik ro’yxatdan o’tkazish shaklida tegishli texnik shartlarni oladi. Texnik shartlarni berish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak. Texnik shartlar foydalanish tashkilotlari tomonidan tekin beriladi.
Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan arxitektura-rejlashtirish topshirig’ini ishlab chiqish to’lov asosida, eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq bo’lmagan summada amalga oshiriladi. Ariza beruvchiga berilgan arxitektura-rejlashtirish topshirig’i belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun ruxsat hisoblanadi.

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling