Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruktsiya qilishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish


Download 312.75 Kb.
bet7/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU

Ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirishga va rekonstruktsiya qilishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish. Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruktsiya qilish uchun Inspektsiyaga ariza beriladi. Arizaga mavjud ob’ektga loyiha hujjatlari ilova qilinadi. Inspektsiya shu kunning o’zida tegishli buyurtmani va mavjud ob’ektga loyiha hujjatlarini tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (bo’limiga) yuboradi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo’limi) ikki kun mobaynida ob’ektni qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruktsiya qilish imkoniyatini o’rganib chiqadi.
Ob’ektni muhandislik ta’minoti bo’yicha yuklamalar hajmlarini o’zgartirmasdan qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruktsiya qilish imkoniyati bo’lganda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo’limi) ko’rsatib o’tilgan muddatda Inspektsiyaga tegishli ruxsatnomani yuboradi. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasining (bo’limining) ruxsatnomasi asosida Inspektsiya bir kun mobaynida tuman (shahar) ko’chmas mulk kadastri xizmatida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishni amalga oshiradi.
Turar joylarni noturar joylar toifasiga o’tkazishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish. Turar joylarni (yoki ularning bir qismini) noturar joylar toifasiga o’tkazish uchun Inspektsiyaga ariza bilan murojaat qilinadi.
Arizaga mavjud binoga mulkiy huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, texnik ro’yxatdan o’tkazish kadastr byurosi tomonidan tayyorlangan bino tarxi, binoga hamegalik qiluvchilar va oilaning voyaga etgan a’zolarining turar joyni noturar joy toifasiga o’tkazishga notarial tasdiqlangan yozma ravishdagi roziligi ilova qilinadi.
Inspektsiya bir kun muddatda hujjatlarni tuman (shahar) texnik ro’yxatdan o’tkazish byurosi bilan kelishib oladi va ularni ko’rib chiqish uchun tuman (shahar) hokimligiga beradi, hokimlik ikki kun muddatda Inspektsiyaga tuman (shahar) hokimining tegishli qarorini beradi. O’tkazishning rad etilishi ustidan ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Turar joylarni noturar joylar toifasiga o’tkazganlik va turar joydan noturar joy sifatida foydalanish huquqini olganlik uchun to’lov undirilmaydi.
Hokimning turar joyni (yoki uning bir qismini) noturar joy toifasiga o’tkazish to’g’risidagi Inspektsiya tomonidan taqdim etilgan qarori asosida tuman (shahar) ko’chmas mulk kadastri xizmati tomonidan bir kun mobaynida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazish amalga oshiriladi va tegishli guvohnoma beriladi.
Zarur ro’yxatdan o’tkazish va ruxsat berish tartib-qoidalari tugagandan keyin ro’yxatdan o’tkazuvchi organ belgilangan muddatda:
- tadbirkorlik sub’ektlari bo’lgan yuridik shaxslarga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani va ro’yxatdan o’tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan, "ro’yxatdan o’tkazildi" degan belgi qo’yilgan ta’sis hujjatlarini, shuningdek eskiz bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani beradi;
- tadbirkorlik sub’ektiga (arizaga ko’ra) Inspektsiya boshlig’i tomonidan imzolanadigan ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilganligi to’g’risidagi guvohnomani beradi.
Barcha zarur hujjatlar tadbirkorlik sub’ektiga bir vaqtda beriladi.
Ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilganligi to’g’risidagi guvohnomaga quyidagi tegishli hujjatlar ilova qilinadi:
- foydalanish tashkilotlari tomonidan berilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar;
- arxitektura-rejalashtirish topshirig’i;
- qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruktsiya qilish uchun ruxsatnoma, shuningdek ko’chmas mulk kadastri xizmati tomonidan berilgan ro’yxatdan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma;
- tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o’tkazish to’g’risidagi qarori, shuningdek ko’chmas mulk kadastri xizmati tomonidan berilgan ro’yxatdan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma;
- er uchastkasiga egalik huquqi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma.
Tadbirkorlik sub’ekti davlat ro’yxatidan o’tgach tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun majburiy tartibda:
- banklarga - o’z faoliyati uchun zarur bo’lgan hisob raqamlari ochish;
- vakolatli davlat organlariga - tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalar olish uchun murojaat qiladilar.
Bankda hisob raqamlari ochish uchun tadbirkorlik sub’ekti tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- tadbirkorlik sub’ekti faoliyat joyi manzili va ochiladigan hisob raqamlari turlari ko’rsatilgan holda ariza;
- davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
- rahbar va bosh buxgalter imzolarining notarial tasdiqlangan namunalari va dumaloq muhr ottiskining ikki nusxasi.
Arizani ko’rib chiqish va bank tomonidan hisob raqami ochish muddati ko’rsatib o’tilgan hujjatlar olingan kundan boshlab ikki bank kunidan ortiq bo’lmasligi kerak.
Hisob raqami ochganlik uchun to’lov miqdori yarim eng kam oylik ish haqining yarmidan ortiq bo’lmasligi kerak.

Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling