Iii mavzu. Korxonani tashkil qilish va uning faoliyatini to’xtatish


Ob’ektni loyihalashtirish, qurish va qabul qilish


Download 312.75 Kb.
bet8/16
Sana22.12.2022
Hajmi312.75 Kb.
#1041719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
3- MAVZU

Ob’ektni loyihalashtirish, qurish va qabul qilish.
Loyihalashtirish tartib-qoidasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
- loyihani Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olish;
- loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan o’tkazish.
Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun loyihalash tashkilotini tanlab olish tadbirkorlik sub’ekti tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Quyidagilar tadbirkorlik sub’ekti bilan loyihalash tashkiloti o’rtasidagi shartnomaning majburiy shartlari hisoblanadi:
- loyiha-smeta hujjatlarini Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olish;
- kelishilgan loyiha-smeta hujjatlarini ob’ektning yong’inga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertiza organlarida ekspertizadan o’tkazish.
Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura-rejalashtirish topshirig’iga muvofiqligini Arxitektura shaharsozlik bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olish loyihalash tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Loyihani arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olish to’lov undirilmasdan bir hafta mobaynida amalga oshiriladi.
Kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari bir hafta mobaynida ob’ektning yong’inga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertiza organlarida ekspertizadan o’tadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan ortiq bo’lmagan to’lov undiriladi.
Arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan belgilangan tartibda kelishib olingan loyiha-smeta hujjatlari, shuningdek ekspertizaning ijobiy xulosasi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish uchun asos hisoblanadi.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish arxitektura va qurilish hududiy organlari tomonidan 2 kundan ortiq bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Arxitektura-qurilish nazorati hududiy organlarining inspektorlari qurilishning borishini belgilangan tartibda nazorat qiladilar.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun to’lov undirilmaydi.
Qurilishning borishi ustidan nazorat amalga oshirilganligi shartnoma asosida, biroq qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,03 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda haq to’lanadi.
Qurilish davrida Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi nazorat-ijro rejaga olish ishlarini amalga oshiradi.
Nazorat-ijro rejaga olish ishlari to’lov asosida amalga oshiriladi. Nazorat-ijro rejaga olish ishlari bajarilganligi uchun to’lov miqdori eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorda belgilanadi.
Ob’ektni qurish (rekonstruktsiya qilish) tadbirkorlik sub’ekti bilan qurilish pudrati shartnomasi tuzgan pudratchi qurilish tashkiloti tomonidan yoxud tadbirkorlik sub’ektining o’z kuchlari bilan amalga oshiriladi.
Pudratchi qurilish tashkilotining quyidagi majburiyatlari tadbirkorlik sub’ekti bilan pudratchi qurilish tashkiloti o’rtasida tuziladigan shartnomaning majburiy shartlari hisoblanadi:
- qurilish normalari va qoidalariga rioya qilish;
- qurilishi tugallangan ob’ektning tuman (shahar) hokimi tomonidan tuziladigan qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilinishini tashkil etish.
Ob’ektni qurishni (rekontruktsiya qilishni) amalga oshirayotgan shaxslar qurilish normalari va qoidalariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Qurilishi tugallangan ob’ekt tuman (shahar) hokimi tomonidan tuziladigan qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Komissiya tarkibiga arxitektura-nazorat organlari, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, yong’in nazorati, davlat sanitariya nazorati, buyurmachi va pudratchining vakillari kiradi.



Download 312.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling