Iii. Veterinariya qonunchiligida temiratki kasalligiga qarshi kurashish bo’yicha yo’riqnomalar


Diagnoz, differensial diagnoz va davolash


Download 51.56 Kb.
bet8/13
Sana24.03.2023
Hajmi51.56 Kb.
#1291284
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dimlop ishi Firdavs

2.7. Diagnoz, differensial diagnoz va davolash.
Aniq belgilar bilan o’tkir kechganda diagnoz qo’yish qiyin emas, yakunlovchi diagnoz qo’yish uchunlaboratoriya usullaridan foydalaniladi. Bunda qon zardobi tipik leptospira shtammlari yordamida mikroagglyutinasiya reaksiyasi qo’yish usuli bilan aniqlaniladi. Agglyutinin va lizislar kasallikning 3 – 8 kunidan boshlanib paydo bo’ladi va uning titri 12 – 17 kunda 1 : 1000 ga qadar ko’tariladi.
Buni albatta inobatga olish zarur. Hayvonlar tuzalgach uzoq vaqt titr saqlab qoladi.
Mikroagglyutinasiya reaksiyasi yaxshi natija beradi.
Leptospira kulturasini olish uchun Lyuboshenko va Terskix muhitlariga ekiladi.
Patologik material isitma yuqori paytida olinishi zarur. Siydikni tekshirish uchun kasallikning oxirida olinishi kerak. Bakteriologik tekshirish uchun jigar va
buyrakdan bo’lakcha olinadi. Leptospira tashuvchanlikni aniqlash uchun siydik mikroskopda tekshirilib ko’riladi.
Differensial diagnoz. Kasallikni brusellyoz, kampilabakterioz, piropilazmidozlardan ajrata bilish kerak.
Davolash. Bunda polivalentli leptospirozga qarshi qo’llaniladigan maxsus qon zardobi ishlatiladi. Teri ostiga 10 – 120 ml gacha yuboriladi. yoshi va turiga qarab venaga esa yarim doza yuboriladi. Maxsus qon zardobi kasallikning boshlang’ich davrida yuborilsa yaxshi natija beradi.

Bundan tashqari 4 kun mobaynida kuniga 2 marta 1 kg og’irlikka 10 – 15000 birlikda streptomisin ishlatiladi. Bu buyrakdan leptospiralar ajralishini to’xtatadi. Qabziyat surgi dorilari tavsiya etiladi. Glabur tuzlari yilqilarga 200 –


500; qoramollarga 400 – 800; qo’y – echkilarga 40 – 50; cho’chqalarga 25 – 50; it va tulkilarga 10 – 25 gramdan 1000 ml suvga aralashtirib ichirish tavsiya etiladi.
Yurak faoliyatini yaxshilash uchun yilqi va qoramollarga 2,0 – 3,0; qo’y – echki va itlarga 0,5 – 2,0; it va tulkilarga 0,1 – 0,3 ulchamda kofein yuboriladi.
Qon tarkibini yaxshilash uchun venaga 50 – 5000 ml atrofida 40 % li glyukoza eritmasi yuboriladi.
Immunitet. Kasallikning oldini olish va davolash uchun birinchi vaksina va giperimmun qon zardobi S. Ya. Lyuboshenko tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi paytda VGNKI da tayrlangan diponerlangan polivalent vaksina ishlatiladi. Vaksina muskul orasiga ko’rsatma asosida yuboriladi.
Xo’jalikda leptospiroz qayd qilinsa, darhol u nosog’lom deb elon qilinadi va xo’jalikni sog’lomlashtirish rejasi tuziladi. Shu paytdan etiboran hamma ishlar SES xodimlari bilan hamkorlikda olib boriladi. Cheklash elon qilingach, qo’yidagilar taqiqlanadi.  Nasldor mollarni chiqarish.  Yosh hayvonlarni ishchi – xizmatchilarga sotish.  Emlangan mollarni kiritish va chiqarish.  Veterinariya vrachi ro’xsatisiz guruhlar tashkil qilish.  Majburiy so’yish va go’shtni tarqatish.  Ochiq suv manbalaridan foydalanish.  Oldin kasallangan mollar turgan joyga sog’lomlarini kiritish.  Kasal hayvonlar boqilgan yaylovlarda bir haftagacha mol kiritish.
Chorvachilik fermalari va binolarining sanitariya holatini yaxshilash lozim.
Kasal hayvon maxsus maydonchada vetirinariya – sanitariya qidalariga rioya rioya qilingan holda so’yilishi kerak.
Kasal hayvonlar ajratilib davolonadi, sog’lomlari esa emlanadi. Xo’jalik sog’lomlashtirilgach 30 kundan keyin cheklash bekor qilinadi.
Odamlar leptospirozi (Vasilyev – Veyl kasalligi). Badan ivishib tana harorati 39 – 400 S ga ko’tariladi. Xayol parishon bo’ladi, bazan alahsirash kuchayadi. Harorat takroran chiqib – tushib turadi. Qattiq bosh og’rib, azoyi –
badan qaqshaydi va og’riydi.7 – 8 kun o’tgach sarg’ayish ro’y beradi. Jigar kattalashib, kuchli og’riq tutadi, har doim nefrit kuzatiladi.

Download 51.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling