1/26
Ҳамидуллоҳ
Беруний
«Иймон» рисоласи
ahlisunna.uz/iymon-risolasi/
Рисолани .pdf
форматда юклаб олиш
Lotin alifbosida
«Iymon» risolasi
Mazkur «Iymon» deb atalgan risola 1915 yilda Xo`qand (Qo`qon) shahrida ma`rifatparvar
muallif Mirzo Xo`qandiy (r.h.) tomonidan «Ma`rifat» kutubxonasi noshirligida nashr etilgan.
Asar 24 sahifadan iborat.
«Iymon» risolasining titul varag`ida: «Bu ibtidoiy maktablarimizning avvalgi sinflari hamda
madrasa toliblari va o`zga dindosh qardoshlarimiz uchun tartib berilgan risoladir. Ushbu
risola iymon va islomning farz-u vojiblari va o`zga masalalar bayonidan iborat. Unda
shash kalimai diniy (oltita din kalimalari), namozning zikrlari
va niyatlari hamda boshqa
duo-yu masalalar ham o`rin olgan», degan qayd mavjud. Risola savol-javob tarzida
tuzilgan. Tabdil hozirgi zamon tiliga moslab o`girildi.
Hamidulloh Beruniy.
Bismillahir rohmanir rohiym.
Savol. «Tavhid kalimasi» qaysi?
Javob. «Tavhid kalimasi», ya`ni Xudoning yagonaligini aytiladigan
muqaddas gap mana
bu:
«La ilaha illalloh. Muhammadun Rasululloh!».
Savol. «Tavhid kalimasi»ning ma`nosi nima?
Javob. Uning ma`nosi quyidagicha:
«Bir Allohdan o`zga iloh yo`q. Muhammad
alayhissalom Uning payg`ambaridir!».
2/26
Savol. «Shahodat kalimasi» qaysi?
Javob. «Shahodat kalimasi», ya`ni Xudoning yagonaligi va payg`ambarning haqligiga
guvohlik beriladigan muqaddas gap mana bu:
«Ashhadu an la iloha illalloh, va
ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!».
Savol. «Shahodat kalimasi»ning ma`nosi nima?
Javob. «Shahodat kalimasi»ning ma`nosi quyidagicha:
«Guvohlik beramanki, bir
Allohdan o`zga iloh yo`qdir. Yana guvohlik beramanki, albatta Muhammad alayhissalom
Uning bandasi hamda payg`ambaridirlar!».