Ijodiy ishlanmalar tayyorlash. Molekulalarning struktur tuzilishi bo‘yicha model yaratish
Download 12.43 Kb.
|
8 (2)
Ijodiy ishlanmalar tayyorlash. Molekulalarning struktur tuzilishi bo‘yicha model yaratish. Dastur katalogi OTMda o’quv yili boshlanishidan ancha avval ishlab chiqiladi va barcha manfaatdor tomonlar o’qishi va yuklab olishi qulay bo’lishi uchun OTM veb sahifasida joylashtiriladi. Uni o’quv yili boshlanishidan avvalroq chop etishdan ko’zlangan yana bir maqsad bu bo’lg’usi talabalarga o’z tanlov huquqlarini amalga oshirishda ularga yordam berish. Dastur katalogi OTM uchun o’z dasturlarini marketing qilish vositasi hamdir. SHuning uchun undagi ma’lumotlar haqiqatga to’g’ri kelishi muhim. g) Akademik maslahatchi Aksariyat yoshlar uchun talabalik bu butunlay yangi tajriba. Univesitet xayoti, o’qish qoidalari, talabalik mas’uliyati va erkinlik darajasi maktabdagidan ko’ra tubdan farq qiladi. Kimdir universitet hayoti va qoidalariga osonlik bilan moslashsa, kimdadir bu jarayon qiyin kechadi. Kredit-modul tizimida talabalar institut qoidalardan to’la xabardor bo’lishlari, o’z imkoniyatlaridan to’g’ri foydanalishlariga yordam qilish maqsadida OTMda, imkon qadar uning fakulьteti darajasida akademik maslahatchi vazifasi tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Akademik maslahatchining vazifalari asosan quyidagilardan iborat: - O’quv dasturi bilan bog’liq bo’lgan qoidalarni talabalar orasida targ’ib qilish; - Talabalarning qobiliyati, imkoniyati, rejalaridan kelib chiqqan holda ularga o’z o’quv dasturi va jadvalini shakllantirish yuzasidan maslahatlar berish; - Talabalarning o’z shaxsiy, moliyaviy va tibbiy holatlarini boshqarish bo’yicha maslahatlar berish, OTMda mavjud resurslar haqida talabaga bildirish; Qisqacha aytganda akademik maslahatchi yoshlarni o’quvchilikdan talabalikka o’tish davrida va talabalikda kelajakni rejalashtirish bo’yicha “ko’prik” vazifasini o’taydi. U talabalarga universitet qoidalari, u yerdagi xizmatlar, o’quv dasturi, fanlar tanlovi, moliyaviy yordam dasturlari, amaliyot dasturlari haqida ma’lumotlarni jamoaviy va individual tarzda yetkazib boradi Download 12.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling