Ijodkor shaxsni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari
Download 235.63 Kb. Pdf ko'rish
|
ijodkor-shaxsni-rivojlantirishning-pedagogik-psixologik-xususiyatlari
Ijod va ijodkorlik faoliyati. Har bir insonning hayoti davomida hal qilishi zarur
bolgan kopgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar, odatda, o’z muammolarini qanday hal qiladilar? Bazilar o’z intuitsiyasiga tayangan holda echimni topishga harakat qiladilar, boshqalari ozga insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni tahlil qilib, o’z muammolari echimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta bo’lmagan qismigina oz muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida yechadilar. Ijodkorlik metodlari o’z oldiga ilmiy kashfiyotlar qilish, yangi mashinalar, mexanizmlar, texnologiyalar, rassomchilik sanati asarlari, musiqiy, adabiy asarlar "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1167 yaratish boyicha aniq masalalarlarni oz ichiga oladi. Didaktikada o’quvchilarning individual qobiliyatlari hamda tafakkurini rivojlantirish har bir o’quvchining ijodiy faolligi bilan bog’liq. Ayniqsa ustalik bilan tuzilgan topshiriqlar ijodiy mustaqillikning namoyon bo’lishiga yuqori darajada ko’maklashadi. Bunda o’quvchilar topshiriqni tayyor namunalar bo’yicha bajarmasdan, balki bu jarayonga qandaydir yangilik qo’shib, qo’yilgan masalani yechishda zamonaviy metodikadan foydalanib, o’z mulohazalarini bildirib, o’rganilayotgan hodisadagi o’zlari uchun yangi qirralarni ochadilar. Bunday sharoitda o’quvchi bilish faoliyatining yangi metodlarini egallaydi. Ijodiy bilish o’rganilayotgan hodisaning yangi qirralarini ochishni, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishni, o’quv materialini o’rganishning yanada mukammal metodlaridan foydalanishni taqozo qiladi. Shu bilan bir qatorda ijodkorlik ko’nikmasi taqlid orqali shakllanishini ham alohida qayd qilib o’tish lozim. O’quvchilarning takrorlash, taqlid qilish kabi faoliyatlari ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishiga ko’maklashadi. O’quvchining ijodkorligi uning taqlid qilish uchun egallagan bilim va ko’nikmalariga tayanadi va uning masalalar yyechish, topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligida namoyon bo’ladi. Mustaqil individual ishlarning mustaqillik va ijodiy faollikni oshirishdagi o’rni nimalardan iborat? Talimning sinf-dars shaklini jamoaviy ko’rinishi va o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishning individual xususiyati o’rtasida qarama-qarshiliklar mavjud. Bu qarama-qarshiliklarni yechishga ko’maklashuvchi shartlardan biri o’quvchilarning individual mustaqil ishlarini tashkil qilishdir. Individual mustaqil ishlardan maqsad o’quvchilar bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirish, hamda o’zlari tanlagan muammo va masalalar yuzasidan ijodiy ishga yo’naltirishdan iborat. Texnologiya fani mashgulotlari faqat mahsulot yaratishdan iborat emas. O’quvchi buyumlar yaratish, narsalar muhitini tashkil qilish orqali o’zicha ularga malum funktsional va estetik hususiyatlar beradi, unda buyumlarga nisbatan malum bir munosabat shakllanadi va natijada kishilarga, jamiyatga va mehnatga munosabati shakllanadi. O’quvchilarning individual qobiliyatlari, layoqatlari turlicha bo’lganligi sababli ularning topshiriqni bajarishga sarflaydigan vaqt miqdori ham har xil bo’ladi. Bu ayniqsa ijodiy topshiriqlar bajarishda yaqqol namoyon bo’ladi. Shunday hollarda topshiriqning modulli bo’lishi ilgarilab ketadigan o’quvchiga shu sohadan chuqurroq bilim beradigan, kengroq hajmli topshiriq berishga, orqada qoladigan o’quvchiga esa, yengilroq topshiriq berishga imkoniyat yaratiladi. Har ikkala holda ham ish jarayonida o’quvchi o’zi uchun yangi xususiyatlar kashf etib, estetik zavq oladi. Bu masalaga o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib yondashilsa, yaxshi natijalarga erishilishi mumkin. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1168 O’qitishni individuallashtirishdan asosiy maqsad o’quvchilar bilimida yuzakilik bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, ularning har birining iloji boricha sermahsul mehnatini tashkil qilish, qobiliyatlarini kengroq namoyon bo’lishiga erishish kabilardan iborat. Talimning hamma bosqichlarida o’quvchilarga individual yondashish, ayniqsa bilimlarni nazorat va tahlil qilish jarayonida bunga ko’proq sharoit yaratiladi. Shu sababli talim jarayonining amaliy ahamiyatiga ega bo’lishi, o’qituvchilar har bir o’quvchining individual xususiyatlarini iloji boricha kengroq etiborga olishi kerak. Bu, talim jarayonida o’quvchi o’qituvchining tasir ko’rsatish obekti sifatida emas, balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisi bo’lishi zarur, demakdir. Har bir o’quvchining individual xususiyatlarini namoyon qilishga ko’maklashadigan mustaqil ishlarni to’g’ri tashkil qilish o’qituvchining mahoratiga bevosita bog’liq. Mustaqil ishlarda o’quvchilarning individual xususiyatlari yorqin namoyon bo’ladi, o’qish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni to’g’rilash imkoniyati ham katta. “Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz. Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik - bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Asosiy qism: Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1169 boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasb-hunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb- hunarlardan birini egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz. Download 235.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling