Ijodkor she’rlaridan birida atrofini o‘ragan odamlar unga hamisha yaxshilik tilaganlarini


Download 142.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.03.2023
Hajmi142.87 Kb.
#1300533
  1   2   3   4
Bog'liq
10-sinf blok test



10-sinf blok test
1. Ijodkor she’rlaridan birida atrofini o‘ragan
odamlar unga hamisha yaxshilik tilaganlarini:
“Biri yuragimga baxsh etar kulgu, Biri
qonlarimga solar hayajon. Biri olg‘a chorlar
bo‘lib oq orzu, Biri der: hayotsan, yur orzu
tomon”, − deya ta’sirchan ifoda etadi. She’rda
ulardan quvvat olib, yelkasi tog‘ ortsa ham
ko‘tara olgulik qudrat his etayotganini aytadi.
Bu bilan she’rxon qalbiga ham umidbaxsh
tuyg‘ular solib, uni ham o‘tayotgan kunlaridan
zavqlanib yashashga, yaratishga
bunyodkorlikka da’vat etadi.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Asqad Muxtor
B) Mirtemir
C) Saida Zunnunova D) Zulfiya
2. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni
hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga
chorlaydi. Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga
oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida hokim
qism vazifasini bajargan ot qatnashgan.
B) Ushbu gapda aniq va mavhum otlar
qatnashgan.
C) Ushbu gapdagi otlar ega va to‘ldiruvchi
vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapdagi barcha otlar tuzilishiga
ko‘ra o‘zaro bir turga oid hisoblanadi.
3. Hojiyevning uzun gapidan chiqqan qisqa
xulosa shu bo‘ldi: bugungi avlod o‘z
ajdodlariga munosib voris bo‘lmoqda.
Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish
sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish
munosabati ifodalangani uchun
B) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini
izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani
uchun
C) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash
munosabati ifodalangani uchun
D) uyushiq bo‘laklardan oldin
umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun
4. Qaysi adibning bironta pyesasi hayotlik
chog‘ida risoladagidek nashr qilinmadi,
ularning aksariyati adib vafotidan yetti yil
o‘tgach, dunyo yuzini ko‘rdi?
A) Shekspir B) Sergey Yesenin
C) Pushkin D) Alfons Dode
5. Quyida keltirilgan gapdagi yasama fe’llar
sonini aniqlang. Odamlar g‘urur, chegarasiz
manmansirash tufayli ne-ne kulfatlarga duchor
bo‘lmagan deysiz, shuning uchun ham Islom
tafakkurining buyuk natijasi bo‘lgan so‘fizmda
inson o‘z "men"idan kechmay turib Ollohni
tanimaydi degan aqida bor edi.
A) 4 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 3 ta
6. Bolalik xotiralarini eslab: “Uyda non

Download 142.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling