Ijro. Gov. Uz тизими орк,али эри билан тасдик,ланг 0 ‘zbekiston respublikasi maktabgacha va мактав
Download 154.92 Kb. Pdf ko'rish
|
maktab bosqichi
IJRO.GOV.UZ тизими орк,али ЭРИ билан тасдик,ланг 0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA МАКТАВ TA’LIMI VAZIRLIGI 100011, Toslikcnt, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy Tel: (+998) 71 241-01-86; (+998) 55 505-74-00 web-site: www.uzedu.uz, e-mail: uzedu@exat.uz жжат коди: XH30630758 MINISTRY OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN 2a, Navoiy Street, Tashkent, 100011 Tel: (+998) 71 241-01-86; (+998) 55 503-74-00 web-site: www.uzcdu.uz, e-mail: uzcdu@cxat.uz 8 sentabr 2023-v. 02-02/5-1516 son « » 2023 y. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorida umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiada davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida respublika miqyosida tizimli ravishda har yili tashkil etilishi hamda asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi sentabr oyida o‘tkazilishi belgilangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari 2023-2024-o‘quv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini 1-ilovadagi jadvalda belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini asosiy olimpiadaning mazkur bosqichini o‘tkazish yuzasidan xabardor qilishingizni so‘raymiz. 2023-2024-o‘quv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar 2-ilovaga muvofiq yuborilmoqda. Download 154.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling