Ijtimoii pedagogika


Download 2.21 Mb.
bet128/144
Sana25.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1722299
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Iqtisodiy vazifasi.
Oila a’zolari uchup boylik to‘plash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy vazifalar kelin uchup sovg‘alar, kuyov uchup qalin, avlodlarga qoldiriladigan buyumlar, to‘yga, voyaga yetish yopgiga su gurta qilittg, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iqgisodiy o‘zgarishlar oilaning mol-mulk to‘plash, xususiy mul k ka ega bo‘lish, turar joyini xususiylapggirish, meros qilib qoldirish va shu kabilar masalalaridagi iqgisodiy vazifasi yanada faollashib bormoqsa.
Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi.
Oila — jamiyatning birlamchi bo‘g‘ini sifatida ko‘p asrlik an’analar, urf-odatlarga tayanib yashaydi. Oila xalqning tayanchi, ma’naviy va axloqiy meros makonidir. Oila tajribasini an’ana, urf-odatlar, marosimlar zamirida ijtimoiy hayot tushunchasi va qoidalarini avloddan-avlodga o‘tkazib keladi. Milliy istiqtol g‘oyasining kurtaklari, eng avvalo, oilada unib-o‘sadi. Bu jarayonga ota-onalar va bolalarning hamkorligi, qarindoshlarning o‘zaro yordami, kattalarga izzat-ikrom ko‘rsatish, bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi insoniy mehr-oqibat rishtalari ta’sir ko‘rsatadi.
Oiladagi sog‘lom muhit yuksak ma’naviy-axloqiy xislatlar­ni shakllantirish kafolatidir. Oila, maktab va voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasining ijtimoiy-pedagogik imkoniyat­lari, ularning qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarni tarbiyalash yuzasidan birgalikda olib borgan ishlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida xuquqbuzarlikning oldini olishni ta’minlaydi.
Oila bola shaxsining shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruxdir. Oila ijtimoiy mikro- muhitdir va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omillaridan biridir. U bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyo ga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchup upi asta-sekin jamiyatga kirib borishidan iboratdir.
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat madaniyatiga, upish ma’naviy-axloqiy qoidalariga, xalq an’analariga bolani o‘rgatish ota-onalarining majburiy vazi- fasidir.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling