Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]


«Alpomish» ko’krak nishoni guvohnomasi


Download 201.78 Kb.
bet16/26
Sana28.02.2023
Hajmi201.78 Kb.
#1236363
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
«Алпомиш» ва «Барчиной» (1)

«Alpomish» ko’krak nishoni guvohnomasi

«Barchinoy» ko’krak nishoni guvohnomasining tavsifi
«Barchinoy» ko’krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo’lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
«Barchinoy» ko’krak nishonining old tomoni chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 1,5 millimetr qalinlikda ichki doira shaklida bo’lgan sariq rangli hoshiya bilan o’ralgan. Hoshiyaning ichida, ko’krak nishoni old yuqori qismida bosma harflar bilan «BARCNINOY» so’zi lotin alifbosida (katta harflarda, «Times new Roman Bolt» shrifti, 16-keglь) jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo’lgan rangda yozilgan.
«BARCNINOY» so’zi boshlanishi va yakunida 4 millimetr kattalikda yer yuzida tinchlik uchun xizmat qiluvchi bilim va ma’naviyatni yanada boyitishni ifodalovchi sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Ko’krak nishonining old past qismida 8 millimetr kattalikda sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan.
Pastki sakkiz qirrali yulduz ichida rim raqamida uzunligi 6 millimetr, qalinligi 2 millimetrlik «I», «II» yoki «III» raqami tasviri qora hoshiyada tushirilgan. Ko’krak nishonining old past qismida joylashgan yulduzning o’ng va chap tomoni yuqorida joylashga sakkiz qirrali yulduzgacha tinchlik ramzini ifoda etuvchi lavr bargi tasviridagi chambar jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo’lgan rangda tushirilgan.
Ko’krak nishonining markazi tinchlik, soflik ramzi bo’lgan yashil rang bilan qoplangan. Ko’krak nishonining markazida «Alpomish» dostonining qahramoni — ayollar timsolidagi mardlik, jasurlik, epchillik, chaqqonlik, shijoat va vatanparvarlik, komillik va ezgulik timsoli bo’lgan Barchinoyning otda o’tirgan holatda chap qo’lida oq ro’molcha ushlab turgan tasviri ifodalangan. Barchinoyning yuzi, ro’moli va kiyimi oq, nimchasi ko’kimtir, oyoq kiyimi, ichki kiyimi va otining egari qizg’ish rangda tasvirlangan. Barchinoy otining dumi, yoli, tumshug’ining old qismi hamda tuyoqlari oq va qora rangdan hosil bo’lgan och rangda tasvirlangan. Otning o’zi oq rangda, oyog’ining chap orqa oyog’i qoramtir rangda tasvirlangan.
Ko’krak nishonining qalinligi 2.2 millimetr.
Ko’krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o’ralgan.
Nishonning orqa tomoniga kiyimga taqib qo’yish uchun to’g’nag’ich moslama o’rnatilgan.

Download 201.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling