Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]


«Barchinoy» ko’krak nishoni


Download 201.78 Kb.
bet17/26
Sana17.03.2023
Hajmi201.78 Kb.
#1279482
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
«Алпомиш» ва «Барчиной»

«Barchinoy» ko’krak nishoni

«Barchinoy» ko’krak nishoni guvohnomasining tavsifi
«Barchinoy» ko’krak nishoni guvohnomasi 100x70 millimetr o’lchamdagi to’rt burchak shaklida bo’lib, 350 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog’ozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni ko’k rangda bo’lib, uning chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to’rt burchak shaklida bo’lgan to’q ko’k rangli hoshiya bilan o’ralgan.
Guvohnomaning tashqi tomoni yuqori qismi hoshiyasidan 5 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflar bilan «O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi» deb yozilgan.
Guvohnomaning ustki qismi markazda «Barchinoy» ko’krak nishonining asliga teng o’lchamda bir rangda nishonning tasviri aks ettirilgan. Tasvirning pastki qismida katta harflar bilan «GUVOHNOMA» (katta harflarda, «Times new Roman Bolt» shrifti, 17-keglь) so’zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ikkinchi tomoni oq rangda bo’lib, 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to’rt burchak shaklida bo’lgan to’q ko’k rangli hoshiya bilan o’ralgan. Guvohnomaning yuqori qismi chekkasidan 12 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflarda «Alpomish» kompleksi talablarini bajarganligi uchun» («Times new Roman Bolt» shrifti, 12-keglь) so’zlari yozilgan.
So’zlardan 15 millimetr pastda taqdirlanadigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig’i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan va uchinchi chiziq oxiriga «miqyosidagi» so’zi («Times new Roman Bolt» shrifti, 12-keglь), chiziq ostida («Times new Roman Bolt» shrifti, kursiv, 7,5-keglь) mahalla, tashkilot, ta’lim muassasasi, tuman (shahar), viloyat, respublika so’zlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda uzunligi 5 millimetr bo’lgan bitta chiziq tortilgan, chiziqdan so’ng «darajali ko’rak nishoni bilan taqdirlanadi.» («Times new Roman Bolt» shrifti, 12-keglь) so’zlari yozilgan.
Undan 15 millimetr pastda uzunligi 80 millimetrli bitta chiziq tortilgan, chiziq osti chap tomoniga «(lavozimi)», o’rtada «(imzo)» va o’ng tomonda «(muhr o’rni)» kursivda («Times new Roman Bolt» shrifti, 10-keglь) so’zlari yozilgan.
Guvohnomaning ikkinchi tomoni past hoshiyadan 5 millimetr yuqori qismi chap tomonidan «20___ yil «____» _________________» («Times new Roman Bolt» shrifti, 10-keglь) so’zlari yozilgan. Yozuvlar va chiziqlar qora rangda aks ettirilgan.

Download 201.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling