Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Download 289.2 Kb.
bet26/80
Sana08.01.2022
Hajmi289.2 Kb.
#238575
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
Ijtimoiy- gumanitar fanlar

Moniylik. Dualistik dinlarning eng yirigi bo‘lgan moniylikka Surayk ibn Fatak (216-276) tomonidan asos solingan. Uning arabiylashtirilgan to‘liq nomi X-asr arab manbalarida Moniy - Surayk ibn Fatak shaklida zikr qilingan. Ushbu din qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik, xristianlik, buddaviylik va zardushtiylikning diniy ta’limotlari asosida vujudga kelgan. O‘z davrida Moniylik G‘arbda Rimgacha, SHarqda Xitoy va Hindistongacha bo‘lgan hududda keng yoyilgan va yuqori nufuzga ega bo‘lgan.

II-III asrlarda Fors davlati Zardushtiylik dinining kuchli bosimi ostida edi. SHunday bo‘lsada, Moniy xristian - yahudiy ta’limotlari asosida ulg‘aygan. Uning ota-onasi (Fatak va Maryam) asli Parfiya sarkardalari avlodlaridan bo‘lgan. Moniyning yoshligi gnostiklar (ilk xristianlikda xudo va dunyoning yaratilishi haqidagi ta’limotni yaratishga uringan diniy - falsafiy oqim) ibodatxonasida o‘tgan va 12 yoshga to‘lganid a o‘ziga il ohiy xabar (vahiy) kelganini ma’lum qilgan. O‘ziga xabar bergan ilohning nomini Moniy ya’ni "ikki mohiyat (Nur va zulmat, yaxshilik va yomonlik) ruhi" deb atagan. SHunga ko‘ra, uning ta’limotini ikkixudolik g‘oyasi (gnostik dualizm)ga asoslangan deb aytiladi. SHundan so‘ng unga Moniy - "Ruh" laqabi berilgan.

241 yil Moniy 24 yoshga etganda unga o‘z ilohidan yana vahiy kelgan va nihoyat o‘z ta’limotini ochiq va baralla targ‘ib qilish vaqti etganini bildirgan. SHundan so‘ng Moniy yangi dinga asos solishga qaror qilgan va o‘zining diniy targ‘ibot ishlarini boshlagan. 242 yilda Fors davlati shohi SHopur I ning taxtga o‘tirish va toj kiyish marosimi paytida Moniy birinchi marta o‘z ta’limotini ommaviy bayon etib, va’z aytgan. SHundan so‘ng Moniy SHopur I ning vafotiga qadar (273 yil) mamlakatda o‘zining diniy targ‘ibotini olib bordi. U o‘zini shu dinning asoschisi va payg‘ambari deb bilgan va butun Fors davlati, Hindiston, Old va O‘rta Osiyo bo‘ylab safarlar uyushtirgan. U o‘z safarlari davomida zardushtiylik, hinduiylik, yahudiylik, buddaviylik va xristianlik dinlari faollari bilan muloqotlar uyushtirgan hamda ularning ta’limoti, ibodatxonalarining faoliyati va targ‘ibot uslublarini o‘rganib, o‘z ta’limotining targ‘ibot - tashviqot ishlarida foydalangan. SHunday bo‘lsada Moniy, o‘z faoliyatini qatl qilingunga qadar Fors mamlakati hududidagina amalga oshirgan.

Moniy o‘zini Zardusht, Siddhartha Gautama (Budda) va Iso Masihlarning izdoshi deb biladi. SHunga asoslanib Moniylikni, sinkretik (qorishiq) xarakterga ega deyiladi.

Ammo ayrim ma’lumotlarda Moniy o‘zining ilk targ‘ibotini aynan Mesopatamiyada emas, balki Hindistonning shimoliy-sharqiy qismlarida boshlagani aytiladi. CHunki Moniy, u erda jahon dinlaridan biri bo‘lgan buddaviylik ta’limotini o‘rganish bilan bir paytda, o‘zning targ‘ibotchilik ishlarini ham boshlab yuborgan edi, deyiladi.

275 yilda mamlakatda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Maglar (zardushtiylik ruhoniylari)ning qistovi bilan Fors davlatining yangi shohi Bahrom I Moniyni zindonga tashlashga farmon bergan va 276 yilda katl ettirgan. SHundan so‘ng Moniy izdoshlarining ba’zilari qiynoqlarga mahkum etilgan, ayrimlari mamlakatdan badarg‘a qilingan. Aksariyat qismi esa g‘arbda Rim imperiyasi, sharqda esa Hitoy, Uyg‘uriston hamda ularning atrofidagi davlatlarda panoh topib, moniylik ta’limotini rivojlantirganlar.

Moniyning ta’limotida Nur va Zulmat o‘rtasidagi azaliy kurash asosiy o‘rinni egallaydi. Uning mazmun-mohiyati esa, Nurning Zulmat ustidan g‘alaba qozonishiga ishonishdir. Moniylik mahalliy dinlar — zardushtiylik, buddaviylik va xristianlik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Moniy o‘zini avvalgi dinlarning "to‘g‘rilovchi payg‘ambari" deb e’lon qilgan. U xristianlikdan messionizm va "Masih" e’tiqodini o‘zlashtirgan.

Borliqning 2 substansiya asosi — yorug‘lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik va moddiyat olamining o‘zaro kurashini e’tirof etuvchi zardushtiylik dualizmi moniylikning asosini tashkil etadi. Ularning e’tiqodicha, birinchi olamda Nur (Xudo), ikkinchisida — Zulmat (SHayton) xukmronlik qiladi. Inson ikki unsurdan - Nur farzandi bo‘lgan ruh va Zulmat farzandi hisoblanmish jismdan iborat mavjudotdir. SHuning uchun inson Zulmat kuchlariga qarshi kurashda Nur kuchlariga yordam berishi lozim deb qaraladi. Ushbu ikki olam o‘rtasidagi kurash falokat bilan tugaydi, natijada moddiyat halokatga uchrab, ruh g‘alaba qozonadi.

Moniylik ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosi deb qaralgan va patsifizm (urushmaslik) hamda mol-dunyo yig‘maslik muhim o‘rin tutgan.

Moniylik o‘z e’tiqod qiluvchilaridan mol-mulklaridan 1/10 hissa xayri-sadaqa berishni, bir kecha kunduzda to‘rt mahal ibodat qilishni, yolg‘onchilik, qotillik, o‘g‘irlik, zino, baxillik, sehrgarlik va unga ishonishni, butparastlik kabi amallardan uzoq yurish talab qilgan.

Moniylik o‘z davrida aholining quyi tabaqa vakillari orasida keng tarqalgan. Bunga sabab ular Zulmat olamini zodagonlarning zulmlari qiyofasida tasavvur qilganlar va bundan xalos bo‘lish uchun Nurga ibodat qilganlar. Bu bilan Nurning g‘alabasiga har kim o‘z hissasini qo‘shmoqda deb ishonganlar.

Moniy Iso Masihni payg‘ambar ekanini tan olsada, Musoning payg‘ambar ekanini inkor qilgan. O‘zini esa YUhanno injilida bashorat qilingan Iso Masihdan keyin keluvchi "Paraklit" (Fraklit) ismli payg‘ambar deb da’vo qilgan.

Moniylik 763-840 yillar davomida Turk-uyg‘ur davlatining rasmiy dini bo‘lgan. O‘z yurtlaridan quvilgan moniylar, Kichik Osiyoning chekka hududlariga yashirinishga majbur bo‘lishgan. Moniylik umumiylashtiruvchi din bo‘lgani sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri "payg‘ambar"ning yozma buyruqlariga asoslanadi. Uning asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan.

Moniylik ta’limoti u tomonidan tuzilgan "SHopurkan", "Tirik Hushxabarchi" (Moniy va uning ta’limoti haqida), "Pragmataya" (sirlar kitobi), "Kefalaya" (Boblar) kabi kitoblarda asoslab berilgan va ayrimlari rus tiliga tarjima qilingan.

Moniylikdan bugungi kunga qadar birgina Xitoyning Futszyan vil oyati Syuanchjou tumanida joyl ashgan moniylik ibodatxonasigina saqlanib qolgan. Bu din qanchalik engillikka va oddiylikka asoslangan bo‘lsada, tarixning murakkab sinovlariga bardosh bera olmadi. Natijada u din sifatida unutildi. Undan esa, yirik tadqiqotlar uchun ma’lumotlargina qolgan xolos.



  1. Download 289.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling