Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Ruhoniy unvonini berish marosimi


Download 289.2 Kb.
bet47/80
Sana08.01.2022
Hajmi289.2 Kb.
#238575
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
Ijtimoiy- gumanitar fanlar

Ruhoniy unvonini berish marosimi. Bu ruhoniylik martabasiga ko‘tarilish bilan bog‘liq marosimdir. U “Xirotoniya” (yun. “xir” – qo‘l va “tefimi” – qo‘yaman) deb nomlanadi. Diniy ta’limotga ko‘ra, ruhoniy bo‘ladigan shaxsning boshiga episkop qo‘l tekkizganidan keyin, u “Muqaddas Ruh” ning alohida marhamati bilan odamlar o‘rtasidagi vositachilik qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. SHundan so‘ng mazkur inson xuddi Isoga uning havoriylari xizmat qilganidek o‘z zimmasiga Xudo va odamlar orasida vositachi bo‘lib xizmat qilish majburiyatini oladi. Ma’lumki, xristianlik dinida ruhoniylik unvonlari – dyakon, presviter, episkop kabi uch turli darajaga ega.

Dyakon (yunon. xizmatchi) – xristian cherkovidagi eng quyi ruhoniylik darajasi. U marosimlarda episkop va presviterlarga yordamchilik qilish bilan shug‘ullanadi.

Presviter (lot. oqsoqol) – xristian ruhoniylar ierarxiyasida yuqori darajaga ega ruhoniy. Qadimda episkoplar ham shunday nom bilan atalgan. Jamoa tarafidan saylab qo‘yiluvchi ruhoniy bo‘lib, dastavval, u pastor bilan birgalikda diniy marosimlarga rahbarlik qilgan.

Episkop (yunon. nazoratchi) – xristianlikdagi oliy darajadagi ruhoniylik unvoni. Katolik e’tiqodiga ko‘ra episkoplar havoriy Pavelning izdoshlari xisoblanadi. SHuningdek, episkop o‘zi miro moyini tayyorlash, ruhoniylik darajasini berish, hamda diniy marosimlarni boshqarish huquqiga ega.


Download 289.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling