Dinning ijtimoiy – iqtisodiy ildizlari.
Din mavjud bo’lgan barcha asrlar va hamma davrlarda dinning birlamchi ildizi hamisha uning ijtimoiy – iqtisodiy ildizi bo’lib kelgan. Ho’sh, ijtimoiy – iqtisodiy ildiz deyilganda nimani tushunmog’imiz kerak?
Ijtimoiy iqtisodiy ildiz deyilganda – dinni vujudga keltirgan kundalik hayotiy shart – shariotlar yig’indisi tushuniladi.
Ho’sh ular nimalarni o’z ichiga oladi?
Bular :
ibtidoiy odamzot mehnat qurollarining zaif bo’lganligi;
ibtidoiy odamlarning butun hayoti tabiat injiqliklariga bog’liqligi;
ibtidoiy jamiyat ishlab chikarishning ayanchli ahvoli ;
ibtidoiy odamning tabiatdagi kuchlarga qarshi kurashdagi zaifligi, ojizligi va buning oqibatida o’zlarini ezib kelgan tabiatning stihiyali hodisalaridan, kuchlaridan paydo bo’lgan qo’rquv.
Ko’rinib turibdiki dinning kelib chiqishiga pirovardida jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining past darajasi sabab bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |