Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik fanlari
-rasm. Lorents egri chizigi
Download 195.38 Kb.
|
Minister KURSAVOYA RABOTA.doc
3-rasm. Lorents egri chizigi.
Rasmning yogiq chizig`ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig`ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo`luvchi) O Ye chiziqda ifodalangan bo`lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko`rsatadi. Ya’ni aholining 20 foizi barcha daromadlarning 20 foizini, aholining 40 foizi daromadlarning 40 foizini, aholining 60 foizi daromadlarning 60 foizini olishini bildiradi va h.k. Demak, 0Ye chizig`i daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi. Shuningdek, nazariy jihatdan mutlaq tengsizlikni ham ajratib ko`rsatish mumkin. Bunda aholining ma’lum guruxlari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va h.k.) hech qanday daromadga ega bo`lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz daromadga ega bo`ladi. Rasmdagi 0F E siniq chizigi mutlaq tengsizlikni ifodalaydi.Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq, tengsizlik holatlari mavjud bo`lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o`rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorents egri chizigi deb nomlanuvchi OYe egri chizig`i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruxlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko`rinadiki, aholining dastlabki 20 foiziga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4 foizgacha) qismi to`g`ri keladi. Keyingi guruxdarga to`g`ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60 foiz) aholining so`nggi 20 foiziga to`g`ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10 foiz taxminan 20 foiz daromadga ega bo`lsa, keyingi 10 foizga daromadning deyarli 40 foizi to`g`ri keladi va h.k. Mutlaq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizig`i o`rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo`lsa, ya’ni Lorents egri chizigi Ye chizig`idan qanchalik uzokda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo`ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutlaq teng bo`lsa, bunda Lorents egri chizig`i va bissektrisa o`qi bir-biriga moye kelib, farqi yo`qoladi. Daromadlar tabaqalanishini aniklashning ko`proq qo`llaniladigan ko`rsatkichlaridan biri detsil koeffitsiyenti hisoblanadi. Bu ko`rsatkich 10 foiz eng yuqori ta’minlangan aholi o`rtacha daromadlari va 10 foiz eng kam ta’minlanganlar o`rtacha daromadi o`rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan. AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1gateng. “O’zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuv darajasini kamaytirishga alohida e’tibor berilayotgani, sodda qilib aytganda, o`ta boylar ham, o`ta kambag`allar ham bo`lmasin, degan tamoyilga amal qilib kelinayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. Yurtimizdagi 10 foiz ta’minlangan va 10 foiz yetarlicha ta’minlanmagan aholi daromaddari o`rtasidagi farq, ya’ni «detsil koeffitsenti» deb nom olgan ko`rsatkich barqaror pasayish tendentsiyasiga ega bo`lib, bu raqam 2010 yildagi 8,5 foiz o`rniga 2015 yilda 7,7 foizni tashkil etdi”.[3]182 Yalpi daromadning aholi guruxlari o`rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsiyent) ko`rsatkichi qo`llaniladi. Jini koeffitsiyenti rasmdagi Lorents egri chizig`i bilan mutlaq tentlik chizig`i o`rtasidagi yuzaning OFE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko`rsatkich qanchalik katta bo`lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo`ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tengl ashib borganda bu ko`rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Jini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan. Daromadlarning taqsimlanish darajasi Jini koeffitsiyenta yordamida baholanadi va u 0 Jini koeffitsiyenta 0 ga teng bo`lganda daromadlar aholi orasida teppa-teng taqsimlanadi. Jini koeffitsiyenta 1 ga teng bo`lganda barcha daromadlar ayrim shaxslar tasarrufida bo`ladi. Bu holatlar quldorlik tizimida ko`proq vujudga kelgan. Jahon tajribasida jamiyatda ijtamoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini baholashning yana bir mezoni - Jini indeksidan keng foydalaniladi. Mamlakatamizda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko`rsatkichi 0,40 dan 0,269 ga pasaydi. Bu natija BMT tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan xalqaro standartlarga ko`ra, mamlakat aholisining ijtimoiy farovonligi muttasil o`sib borayotganidan dalolat beradi. Jini indeksi - aholi daromadlarining amalda teng taqsimlanishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko`rsatkich o`sish tamoyiliga ega bo`ladi.Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o`rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo`yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi. Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo`lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o`z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Respublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga o`tish daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtirdi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko`chmas mulk, aktsiya va boshqalar)ga ega bo`lish omili o`ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni yetarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o`n baravar yuqori daromadga ega bo`lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o`tishi bilan oilalarning o`z mol- mulkini meros qilib qoldirishi natijasida daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro`y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatni ta’minlashda muhim muammolar vujudga keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo`ladi. Bularning asosiylari quyidagilar: kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; tadbirkorlik mahorati va taxdikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o`rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi. Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to`lovlari tashkil qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to`lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75 foiz)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishing eng muhim vositasi hisoblanadi. 1> Download 195.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling