Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
II. Fanning maqsadi
Fanning maqsadi talabalarga tadbirkorlik (biznes) huquqiga oid asosiy manbalar va institutlar haqida maʼlumot berish hisoblanadi. Fanning asosiy maqsadi talabalarga biznes huquqiga oid quyidagi nazariy bilimlar va amaliy koʼnikmalarni shakllantirish hisoblanadi: • Biznes huquqi boʼyicha talabalarda fundamental bilimlarni shakllantirish; • yuridik hujjatlarni (taʼsis hujjatlari, shartnomalar, bayonnomalar, daʼvolar va boshqa) tuzish koʼnikmasini shakllantirish; • muammoli vaziyatli vazifalarga qonunchilik hujjatlarni aniqlash va qoʼllash koʼnikmasini shakllantirish; • mantiqiy savollarga yuridik asoslangan javob berish koʼnikmasini shakllantirish; • Biznes huquqining huquqiy masalalari boʼyicha tadbirkorlarga maslahatlar berish koʼnikmasini shakllantirish; • talabalarga mustaqil taʼlim orqali bilim olishga koʼmaklashish O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017—2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakat strategiyasi haqidagi farmoni ushbu yildagi eng ahamiyatli farmoni bo`ldi chunki, bu farmonda yurtimizni Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo`yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Farmonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5 ta ustuvor yo`nalishi keltirilgan: Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish; Ijtimoiy sohani rivojlantirish; Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlar. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling