Ijtimoiy adaptasiya


KASBIY ADAPTATSIYA VA REONTATSIYA


Download 39.26 Kb.
bet9/16
Sana09.04.2023
Hajmi39.26 Kb.
#1347340
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Ijtimoiy adapta-WPS Office

KASBIY ADAPTATSIYA VA REONTATSIYA.Reorientatisya bu nisbatan yangi zamon tushunchasi bo’lib bu hozirgi zamonda texnologik yuksalishlar va iqtisodiy inqirozlar sababli ish o’rinlari bo’shatilishi orqali vujudga kelmoqda va nuqtada reorientatsiya yani insonning kasbi, proffesiyasini o’zgartirish amalga oshiriladi va ba’zida inson o’z kasbidan qoniqmasligi yoki toliqishi sababli ham o’z kasbini ozgartirishni istaydi. Hozirgi kunda O’zbekistonda bu jarayon nisbatan yaxshi yo’lga qo’yilmagan va to’gri kelgan kasb tanlanadi. Aslida reorentatsiya uchun bazi psixologik tamoillar mavjudbular: 1. SHaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.2. Xissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi.5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi.7. Iqtidori (iste‘dodi), qobiliyati, salohiyati.8. Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mahorati.9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e‘tiqodi).10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati.12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati.13. Ekstrovertligi va introvertligi. 14. Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi. 15. Fidoiylik, altristik, vatanparvarlik fazilatlari usutvorligi va boshqalar. Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy ko’nikmalar va malakalarni muayyan darajada egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning shakllanishida, xodimning o’z kasbiga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo’lishining rivojlanishida ifodalanadi. Ijtimoiy-psixologik moslashuv mehnat tashkiloti (jamoasi)ning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’zlashtirishda, unda qaror topgan o’zaro munosabablar tizimiga kirishda, unimng a’zolari bilano’zaro ijobiy hamjihat bo’lishda o’z ifodasini topadi. Xodim ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonida tashkilaoning real hayotiga kirib boradi, unda ishtirok etadi, xodimda hamkasblari, rahbarlar, ma’muriyat bilan o’zoro ijobiy munosabatlar qaror topadi. Ijtimoiy-tashkiliy moslashuv korxona (jamoa)ning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarish jarayoniga, xizmat ko’rsatish tizimi, mehnat va dam olish rejimini o’zlashtirishni bildiradi. Madaniy-maishiy moslashuv–mehnat tashkilotidagi turmush xususiyatlari va bo’ shvaqtni o’tkazish an’analarini o’zlashtirishdir.Bu moslashuv xususiyati ishlab chiqarish madaniyati darajasi, tashkilot a’zolarining umumiy rivoljlanishi, ishdan bo’ shvaqtdan foydalanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Mehnat tashkilotidagi a’zolar, faqat ishdagi munosabatlar bilan bog’lanib qolmasdan, shu bilan birga, dam olishni, bo’ shvaqtni birgalikda o’tkazadigan, bunda shaxsning har tomonlama kamol topishiga e’tibor beriladigan jamoalarda madaniy-maishiy moslashuv tezroq sodir bo’ladi.

Download 39.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling