Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
Gumanistik psixologiya
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
Hozirgi zamon psixologiyasida fanning qanchalik qadimiyligiga qaramay qator xal qilinishi zarur muammolar, turli oqimlar va olimlar tomonidan ilgari surilayotgan taxminiy farazlar mavjuddir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. Ta’lim - bu aqliy etilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan etilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta’lim rivojlanish qonunlariga bo‘ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur etilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish foydasizdir, Ta’limning turli bosqichlarida bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib etiladigan muayyan yoshi bilan bog‘liqligi ana shundan kelib chiqadi.9 1923-yilda Psixologlarning birinchi syezdida K.N.Karnilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini yuzaga kelishida judayam katta rol o’ynagan ilmiy kadrdar bo’lib yetishishlariga ta’sir ko’rsatdi. Masalan, B.T.Ananyev, P.Bolonskiy, S.L.Rubinshteyn, shuningdek keyinchalik O’zbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G’.G’oziyev, M.Vohidov, V.V.Tokareva. G.Gaynitdinova, V.M.Karimova, G’.B.Shoumarov, R.Sunnatova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarni o’zlarining g’oyalari, milliy mafkuralari bilan yoshlarda tafakkur sifatlari «mustaqillik», «tanqidiylik» kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo’lgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlarni ma’naviyatini boyitish uchun ularni dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi umuman olganda ongini o’stirish uchun zarur. Buning uchun olimlar esperimental ishlarni kuchaytirishimiz, ta’lim jarayonini texnologiyalar asosida qayta qurishimiz zarur. Hozirda Respublikamizdagi universitetlarida psixologiya bo’limlari, kafedra, laboratoriyalar ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. hozirgi zamon psixologlarining tamoyillari quyidagicha: Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling