Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Download 6 Mb.
bet30/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Qobiliyatning tuzilishi. SHaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’i nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, emotsional irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablarni qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’y-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (hislat) faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyat uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar, kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o‘zinioqlamaydi.
I.P.Pavlov asarlarida «badiiy», «fikrlovchi» va «o‘rta» tiplar deb qayd qilingan mazkur tipologiya kishining oliy asab faoliyati unda ikkita signal tizimi mavjudligi bilan belgilanishiga muvofiq ta’limot bilan bog‘langandir. Birinchi signallar tizimi obrazli, emotsional va ikkinchisi ana shu obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berish bilan bog‘liq, ya’ni signallarning signali bilan bog‘liq. Garchi qobiliyatning rivoji har turli odamlarda mutlaqo bir xil bo‘lmagan tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lsa ham, yuqorida ko‘rib o‘tilgan iste’dod nishonalari va qobiliyat o‘rtasidagi nisbat, qobiliyat shunchaki tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. Inson hayoti davomida kasbidan tashqari paytlarda ham bir necha qobiliyat egasi bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi bir davrning o‘zida duradgor, mohir tikuvchi bo‘lishi; yirik fan allomasi yaxshi san’atkor, etuk sportchi bo‘lish holatlari uchrab turadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli jabhalarida o‘z o‘rnini topa oladi, hamda yuksak yutuqlarga erishadi, hatto bir necha faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonishi ham mumkin.
3-MAVZU. SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MULOGAT PSIXOLOGIYASI

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling