Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
Iqtisodiy tafakkurning tarkibiy qismlari
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
Iqtisodiy tafakkurning tarkibiy qismlari.
Iqtisodiy tafakkur mamlakatdagi ishlab chiqarish jarayoni, ijtimoiy o‘zgarishlar va iqtisodiy munosabatlar, ularning xususiyatlari asosida kategoriya, qonunlar va tushunchalarda o‘z ifodasini topadi. Har bir jamiyat o‘zining iqtisodiy tafakkurni ushbu mamlakat iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda rivojlantiradi va takomillashtiradi. Kichik jamiyat boshqa yirik jamiyatlar ichida yashar ekan, u o‘z iqtisodiyotini ham ichki, ham tashqi tarafdan mustahkamlashga harakat qiladi. Jamiyat bu yo‘lda o‘z iqtisodiyotini qonunchilik bilan himoyalashga, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarini raqobatbardosh sohalarga aylantirishga, xalq farovonligini ta’minlashda ijtimoiy himoya siyosatini olib borishga, siyosiy, madaniy, ma’naviy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarni o‘tkazishga hamda xususiy mulk shaklini rivojlantirishga tomon siljib boradi. Mazkur iqtisodiy tafakkurning tarkibiy qismlari: ilmiylik tamoyiliga; izchillik va uzluksizliktamoyiliga; kreativlik va konstruktivlik tamoyiligatayanadi. Jamiyatda ma’lum davrlarda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlar paydo bo‘lishi, keng reklama ta’siri va savdoni rag‘batlantirilishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shaxsni jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi mahalla, oila, davlat ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib, o‘sib borishi ilmiylik tamoiyli asosida shakllantiriladi va takomillashtiribboriladi. Iqtisodiy hayot sinovlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyat ilmiylik tamoyilini asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni iqtisodiy qonun va kategoriyalar bilan tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltiradi. Mehnat faoliyatining amaliy natijalari, ishlab chiqarishning texnik jihatdan yangilanishi, turli sohalarda innovatsiyalar, yangi mahsulot turlarining paydo bo‘lishi bilan yangi extiyojlarning yuzaga kelishi, odamlar hayot farovonligiga qaratilgan turli texnik vositalarni yaratilishi – bu hammasi ilm rivojlanish darajasining yangi pog‘onalarini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tafakkur va uni tarkibiy tuzilishi haqidagi fikrlarni o‘rganar ekanmiz, ular ichida L.S.Blyaxman ishlari alohida o‘rin egalaydi. L.S. Blyaxman iqtisodiy tafakkur “iqtisodiy munosabatlarning inson ongida aks etishi, ular tomonidan iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish va ularning ongida iqtisodiy faoliyatda nomoyon bo‘lishi jarayoni” ekanligini e’tiborga qaratar ekan, iqtisodiy tafakkurni tarkibiy tuzilmasini quyidagi uch asosiy qismlargaajratadi: iqtisodiy faoliyat mohiyatinianglash; ijtimoiyishlabchiqarishningaksetishi, turlarivaqonuniyatlarito‘g‘risidaumumlashganma’lumotlarnio‘zlashtirish; nazariyg‘oyalarningamaliyharakatlargaaylanishi, iqtisodiytafakkurnifaoliyatigatatbiqqilish.32 Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling