«ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Download 1.86 Mb.
bet3/36
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1785203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Milliy istiqlol goyasi fanidan maruzalar

Oila jamiyatnine negizi. Bizning davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin. Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib bo’lmasa, oilaning barcha a’zolari o’z burchlarini ado etmasa, birbiriga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko’rsatmasa, yaxshi yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada dekratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talabehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’grisida emas, balki oilasining, qarindosh-uruglari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon-esonligi to’g’risida gamxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.
Mustaqil o’zbek davlati — xalqimizning tarixiy yutushdir. O’z davlati bilan faxrlanish va fuqarolarning vatanparvarligi jahondagi ko’pgina mamlakatlarning ilgor marralarga chiqib olishida yordam bergan. Mamlakatimiz tuprogida yashab turgan va o’zini vatanparvar deb xisoblagan xar bir kishi uning yaxlitligi va birligini asrabavaylashi shart.
Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bogliq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayratshijoatiga, to’lato’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bogliq ekashshgini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir.
Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O’zbekiston chinakam mustaqillikni qo’lga kiritib, gullabyashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o’rinni egallashi — biz ko’zlayotgan oliy maqsaddir. Bunga Mustaqil O’zbekistonning Konstitusiyasi huquqiy kafolat bo’lib
xizmat qiladi.
4.Milliy istiqlol g’oyasini faqat shu fanni o’rganish asosidagina egallash mumkin deb qarash bir tomonlama va noto’g’ri tasavvurdir. Aksincha, milliy istiqlol g’oyasi bilan barcha fanlar, xususan, falsafa, ijtimoiy Qtisod, ijtimoiysiyosiy fanlar uzviy bogliq. Bu fanShng qanday royaga asoslanishi, ularni o’qitish asosida yoshlar ongi va ishonchiga, qalbiga qanday g’oyalar singdirilishi har qanday jamiyat uchun ahamiyatlidir. Ayniqsa, mustabid tuzum davrida bu fanlarni o’ta mafkuralashtirib, xalqlar, mamlakatlar va millatlar taqdiriga, uning rivojlanish yo’li, milliymadaniy merosiga, qadriyatlariga ham «sinfiy» manfaatlar «kommunistik g’oya» talablaridan kelib chiqib yondashilganligini aniq hisobga olish kerak. Natijada, O’zbekiston xalqi hayoti, tarixi «o’zga xalhlar tarixi»ni o’rganishdan iborat bo’lib qolgandi. Milliy madaniyat, qadriyatlar o’rnida soxta baynalmilallashtirilgan, mohiyatan milliylikni e’tirof etmaydigan, milliy hadriyatlardan begona shaklan milliy, mazmunan sosialistik bo’lgan prinsipga bo’ysundirilgan edi. Butun ta’lim va tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyma’rifiy ishlar, adabiyot va san’at, ijod uchun «sosialistik realizm» muhim mezonga aylangan, to’grirogi, aylantirilgan edi. Shunga javob berish va shunga amal qilinishi shart edi. Bu barcha ijtimoiygumanitar fanlarning bir xil qolipga solinishiga, yagona kommunistik g’oya va mafkuraning targ’ibotchisiga aylanishiga olib keldi. Oqibatda, ijtimoiysiyosiy fanlar rivojlanishdan to’xtadi. Fanlarning erkin rivojlanmasligi oqibatida ularnint samaradorligi keskin pasayib borganligi ma’lum.
Bugun milliy istiqlol g’oyasining boshqa fanlar bilan munosabati to’trisida fikr yuritilganda, avvalo, uni kommunistik g’oya prinsiplaridan tub farqini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, fikrlar xilmaxilligi, g’oyalar xilma xilligi prinsipiga asoslanish, xalqning milliymadaniy merosi va qadriyatlariga tayanishi hamda umumbashariy prinsiplarni e’tirof etish qoidasi fanlarning rivoji uchun keng imkoniyat beradi. Ikkinchidan, har bir fan yo’nalishlari (sohalari) orqali milliy istiqlol g’oyasi negizlarini bilib olish mumkin. Masalan, milliy istiqlol g’oyasining tarixiy negizlarini — tarix orqali, falsafiy jihatlarini — falsafa, iqtisodiy asoslarini — iqtisod, diniy asoslarini — dinshunoslik adabiyot va san’at bilan bog’liq tomonlarini o’rganish orqali milliy g’oya kishilarning ishonch va e’tiqodiga aylanib boradi. Boshqa fanlar ham o’z predmeti, maqsad va vazifalari bilan shu mushtarak maqsadga xizmat qilishi tabiiy.
Milliy istiqlol g’oyasini alohida fan sifatida o’rga esa uning o’ziga xos xususiyatlarini, ishonch va e’tiqodga aylanish bilan bogliq qonuniyatlarining mavjudligini anglatadi. Uni alohida o’rganish yuqorida qayd etilgan fanlarning bevosita vazifasiga kirmaydi. Shu ma’noda, milliy istiqlol g’oyasi bilan bogliq bo’lgan qonuniyatlarni o’rganish uning o’ziga xos jihatlarini bilish O’zbekiston xalqlari hayotida muhim ahamiyatga ega. U quyidagi yo’nalishlarda o’zining aniq ifodasini topadi:
— Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekistonning har bir fuqarosni O’zbekiston xalqlari, o’zbek xalqi hayoti, ma’naviyruhiy, madaniy merosi, milliyma’naviy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiradi, uning mazmun va mohiyatini anglashga undaydi. Bu g’oya ularda milliyma’naviy negizlariga tayangan holda rivojlanish, uni qadrlash tuyg’ularini shakllantiradi va mustahkamlaydi;
— Milliy istiqlol g’oyasi prinsiplarining har bir fuqaroning ishonch va e’tiqodiga aylanishi, kishilarning xattiharakati va faoliyati orqali mamlakat oldida turgan maqsadlarni birgalikda amalga oshirish uchun ularni mushtarak maqsadlar atrofida jipslashtiradi, ma’naviyruhiy kuchquvvat beradi;
-yot, zararli, begona g’oyalarning ta’siridan saqlaydi, mavkuraviy immunitetni oshiradi. Prezidentimiz aytganlaridek «fikrga qarshi fikr bilan, g’oyaga qarshi g’oya bilan, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan» kurashishni talab etadi. Chunki, o’zining mustaqil fikri, g’oyasi bo’lmagan odam yot va begona, yovuz g’oyalarga qarshi kurasha olmaydi;
-Milliy istiqlol g’oyasini o’rganish orqali inson turli xil royaviy ta’sirlarning maqsad va muddaolarini birbiridan farqlay oladi. Fuqarolarda, xususan, yoshlarning tarixiy xotirasi, milliy o’zligini anglashi milliyma’naviy qadriyatlarga bo’lgan soglom muhitni shakllantiradi va uni hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi;
- Milliy istiqlol g’oyasini o’rganish, milliy gurur, avlodlarga munosib vorislar bo’lish, ular bilan faxrlanish va ularga o’xshab o’z Vatanining ravnaqiga munosib hissa kushish bilan bogliqdir. Hozirgi zamon ilmfan yutuqlarini egallash, fan va texnologiyalarni o’zlashtirishga da’vat etadi.
Vatanparvarlik tuygularini oshiradi. O’z xalqiga va
millatiga bo’lgan sadoqatini mustahkamlaydi. Kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatni oshiradi. O’zbekistonning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotga ega bo’lgan mustaqil mamlakat sifatida dunyo hamjamiyatida o’ziga xos o’ringa va nufuzga ega bo’lishi uchun fidoyilik bilan mehnat qilishga xizmat qiladi.
Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurilishida uning ahamiyati doimo oshib boradi. Chunki, dunyoda turli xil g’oyalar, turli xil maqsadlar mavjud bo’lar ekan, milliy istiqlol g’oyasi tizim sifatida amal qilishi kerak. Shunda, O’zbekiston o’zining tadrijiy rivojiga ega bo’ladi. Milliy g’oya hayot o’zgarishlari bilan bouliq holda doimo yangi-yangi muammolarga duch kelishi mumkin. Har bir davr, zamon va makon o’zgarishlari, unga bo’lgan ishonch va e’tiqod zaruratini doimo saqlab qoladi. Faqat uni yangi sharoitda yangicha yondashuv, yangicha texnologiyalarni joriy etish asosidagina odamlar ongi va tafakkuri, ishonch va e’tiqodi bilan bogliq ma’naviyruhiy olamining negizi bo’lgan milliy istiqlol g’oyasi uzluksiz ravishda mustaqillikni mustahkamlashga va rivojlantirishga shartsharoit yaratadi.
Demak Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek «Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g’oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik ziyolilarimiz, ilmfan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma’naviyma’rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy tamoyillarini odamlar ongi va qalbiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko’tarishlari zarur»'.


Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling