Ijtimoiy fanlar kafedrasi
-mavzu. IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi taraqqiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraxoniylar davlati
- G„aznaviylar va Saljuqiylar
- Xorazmshohlar davrida o„zbek davlatchiligi
7-mavzu. IX-XII asrlarda o„zbek davlatchiligi taraqqiyoti IX asrga kelib Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o„g„illari Ma'mun va Amin o„rtasida o„zaro kurash boshlanib ketdi. Hokimiyat uchun bo„lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813 yilda Ma'mun xalifalik markazi Bog„dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821 yilda esa Tohir ibn-Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (o„sha davrda Movarounnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o„zining qarorgohi etib tanladi va xalifalikdan mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Natijada u 822 yilda Ma'mun odamlari tomonidan o„ldirildi. Uning o„rniga o„g„li Talxa ibn Tohir (822-830 y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi qo„zg„olonlarni bostirishda foydalanar edi. Talxadan keyin taxtga o„tirgan Abdulloh ibn Tohir o„zigacha bo„lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko„histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma'muriy birliklarga bo„lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bo„lgan. Abdulloh o„z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiy islohotlar o„tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma'lumotlarga ko„ra, Tohiriylar davrida O„rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi. IX asrning 60-70 yillaridan e'tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G„oziylar boshchilik qildilar. (“G„oziylar” asosan ko„chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag„al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo„shin). G„oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amr binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seyistonda hokimiyatni qo„lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo„shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e'tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va Amr asli hunarmand-misgar-”saffor” edilar.) qo„liga o„tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlarning o„lkani to„la mustaqilligini ta'minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movarounnahrda 39 markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g„oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo„llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko„chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar edilar. Markazlashgan yagona hamda qudratli davlat kuchli harbiy qo„shin yaratish imkoniyatini berardi. Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o„rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo„natadi. Ismoil 899 va 900 yillardagi harbiy to„qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo„shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo„ldi. Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag„oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe' edilar), ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar tomonidan bo„ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo„ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar o„tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatini joriy qilish bo„ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon (harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar eroni va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi. Devonlar orasida vazir yoki “xo„ja buzurg” devoni alohida o„rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo„ysungan. U hamma ma'muriy, siyosiy va xo„jalik mahkamalarini nazorat qilgan. Davlatni idora etishda “mustaufiy devon” ham muhim ahamiyatga ega bo„lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan. “Devon Amir-al-mulk” yoki “al-rasayi” davlat ahamiyatiga molik bo„lgan rasmiy hujjatlarni tuzish bilan shug„ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan bo„ladigan munosabatlarni ham boshqargan. “Sohib ash-shurat” devoni davlatning butun harbiy ishlarini, shu jumladan amirning shaxsiy qo„shinini boshqargan. “Sohib ash-shurat”ning maxsus yordamchisi-Aris bo„lgan. U mahkama va uning boshlig„i amir qo„shini xazinasi bilan shug„ullangan. Qo„shimcha bir yilda to„rt marta maosh to„lagan. Davlatni idora etishda “sohib al-borid” devonining ahamiyati ham juda katta bo„lgan. Bu devon davlat ahamiyatiga molik bo„lgan hujjatlarni va xabarlarni yetkazish bilan shug„ullangan. Devonning hamma shahar va viloyatlarda mahalliy mahkamalari bo„lgan. “Muxtasiba” devoni bozorlarni, sotuvchilarni, qadoqboshlarning og„irligi, bozordagi mollarning narxini, sifatini nazorat qilgan. Davlat xazinasining daromadlarini va xarajatlarini “mushrif” devoni nazorat qilgan. Bundan tashqari “qozi az-ziya” va “vaqf“ devonlari bo„lgan. “Qozi az ziya” devoni davlat yerlarini, “vaqf” devoni hadya etilgan yerlarni va musulmon ruhoniylarining boshqa mol- mulklarini nazorat qilishgan. Devonlarning aytarli hammasini viloyatlarda boshqarmalari bo„lgan. Devonlarning viloyatlardagi boshqarmalari bir tomondan o„z devonlariga, ikkinchi tomondan viloyat hokimiga bo„ysunishgan. Bundan faqat “Sohib al-borid” devonining amaldorlari mustasno bo„lgan. Viloyat va tumanlar amir tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan idora qilingan. Odatda bunday lavozimga mahalliy boy zodagonlar tavsiya etilgan. Somoniylar davlatida musulmon ruhoniylarning ta'siri nihoyatda kuchli bo„lgan. Ular markaziy hokimiyat ishlarida ham faol ishtirok etganlar. Somoniylar davlatining diniy hayotida hanifiylar mazhabligiga mansub ruhoniylar hamma diniy lavozimlarni o„z qo„llariga olishgan. Ruhoniylarning 40 boshlig„i “ustod”, keyinchalik “Shayx ul-islom” deb atalgan. “Ustod” dan so„ng o„z lavozimi bo„yicha ruhoniylar orasida “xatib” turgan. U jome' masjidlarida juma namozida xutba o„qish huquqiga ega bo„lgan. Bu davrda Buxoro Sharqdagi islom olamining eng nufuzli markazlaridan biriga aylanadi. Movarounnahrdagi dastlabki madrasalarning bu yerda barpo etilishi ham bejiz emas. yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bo„lgan: Mulki sultoniy - shaxsan amirga tegishli yer-suv, tegirmon, do„konlar. Bu mulkni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana yer egaligining to'ma (umrbod berilgan yer), iqto' (merosiy) turlari bo„lgan. Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoni, dehqon-zodagonlarga, sayyidlar, sipohsolor, badavlat savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan. Shartli yer egaligi ham bo„lgan. Vaqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu mulkni muassasa mutavallisi boshqargan. Jamoa mulki: yaylov, tog„ yonbag„irlaridagi lalmi yerlar. Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dirxamni tashkil qilgan. Somoniylar davrida yerlar qaytadan taqsim qilingan. Natijada yer egalarining yangi guruhi tashkil topdi. Ularning ko„pi sipohiylardan chiqqan edi. Masalan, Alpteginning Xurosonda va Movarounnahrda 500 qishlog„i bo„lib, biror shahar yo„q ediki, unda uning qasri yo bog„i, yoxud karvonsaroyi bo„lmasa. Uning tasaruffida minglab otlar va chorva mollari bo„lgan. Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida Movarounnahr va Xurosonda ma'lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta'sir ko„rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Movarounnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o„lkalaridan hisoblangan. Tarixchilar va geograflar bu borada juda yaxshi ta'riflar yozib qoldirganlar. Ular, bu yerlar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko„plab qishloq va shaharlar borligini aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo„r ehtiros bilan bitganlar. Qoraxoniylar davlati Qoraxoniylar davlati yettisuv hududidagi Qarluq (756-940) davlati o„rnida tashkil topdi. Uning asoschisi Sotuq Bug„roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolasog„un hokimini mag„lub etib, o„rniga o„zini xoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila- Yag„mo va Chigil qabilalari birlashdilar. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo„lidagi urinishlari 1005 yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Somoniylarning G„aznadagi noibi Sabuktegin 997 yilda vafot etdi. O„rniga uning o„g„li Mahmud G„azna hokimi bo„ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta'sirida edi. 1001 yilda, Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o„rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o„rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi: birinchisi-Qoshg„ardan Amudaryogacha cho„zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismida, yettisuv, Shosh, Farg„onaning qadimgi hududlarini o„z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati; ikkinchisi – Shimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg„oqlarigacha cho„zilgan hamda hozirgi Afg„oniston va Shimoli sharqiy Eronni o„z ichiga olgan G„aznaviylar davlati edi. Qoraxoniylarda Qoshg„ar va Bolasog„un poytaxt sanalib, ulug„ xon shu shaharlardan birida qarorgohda o„tirgan. Ulug„ hoqon yoki ulug„ xon ul-hoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon sulton ul-salotin, fors tarix asarlaridagi shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg„ochxon deb ham yutirilgan. 41 Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg„ochxon tomonidan uning o„g„illari, qarindoshlari o„rtasida taqsimlangan edi. Shu bois yer-mulk masalasida ota-o„g„il, amaki, jiyanlar hamda aka-uka-yu amakivachchalar o„rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta'sir ko„rsatib turgan. yettisuvdan turib Movarounnahrni boshqarish qiyin bo„lgan. Qoraxoniylar davrida Samarqand elikxoni ancha kuchayib ketgan edi. Saroyda somoniylar davlatida bo„lganidek vazir, sohibbarid, mustavfiy, hojib, rayis-muhtasib kabi amaldorlar bo„lgan. Qoraxoniylar davlatida imom, sayyid, shayx, sadrlar mavqyei kuchli edi. Qoraxoniylar davlati boshlig„i lavozimi, xoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma'muriy idoralar ikkiga bo„lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug„ hojibi xoqon bilan fuqaro o„rtasida vositachilik qilgan. Xoqon saroyida quyidagi amaldorlar bo„lgan: og„ichi-shoyi kiyimlar xazinachisi; biruk-mehmonlarni qabul qilish bo„yicha mutasaddi; oshchi-xoqon oshxonasi boshlig„i (bog„archi); bitikchi-munshiy; kotib-mirza; qushchi-hoqon ovining tashkilotchisi. Xoqonning harbiy qo„shinlari cherik deyilgan, unga suboshi, yoki sipohsolor qo„mondonlik qilgan. Kichik zobit chovush, sipohiylar to„dasi qo„mondoni xaylboshi deyilgan. Qo„shin o„nlik, yuzlik, mingliklarga bo„lingan. Qoraxoniylar xoqoni qo„shi (harbiy lager) xonto„y deyilgan. Xoqon qo„shida doim 9 ta sariq bayroq xilpirab turgan. Hoqonlikda elchini yalavoch yoki yalafar deb atalgan. Xoqonlik hududlari el, viloyatlarga bo„lingan va oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to„lovchi fuqaro rayiyyat deb atalgan. Qabila boshliqlari bek deyilgan, savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to„quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), shuningdek ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. Shuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. Shaharsozlik inshootlari pishiq g„ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda yer egaligining iqta' shakli keng tarqalgan. Xoqon, vaqf, jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi asosiy yer-mulklar hisoblangan. Iqta' egasi o„z mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan belgilangan miqdorda qonun bilan qayd etilgan soliqdan boshqa ortiqcha mahsulot yoki haq olishga huquqi bo„lmagan. Majburiy ravishda biror-bir mahsulot tortib olinsa, bunday vaziyatda iqta'ning ma'lum miqdori qirqib olingan, yoki umuman tortib olingan. G„aznaviylar va Saljuqiylar G„azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarmiga to„g„ri keladi. G„aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo„lib, bu davlat uning o„g„li Mahmud G„aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud G„aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli shimoliy va shimoli-g„arbiy Hindistondan Chag„aniyon va Xorazmgacha cho„zilgan bo„lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi. Mahmud G„aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta'sir ko„rsatar edi. O„z davrining iqtidorli sarkardasi va qo„ttiqqo„l hukmdori bo„lgan Mahmud G„aznaviy 1030 yilda vafot etadi. Shundan so„ng taxtni uning o„g„li Ma'sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma'sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi. G„aznaviylar sultoni Ma'sud Xurosonga yurish qilgan turkiy-saljuqiylar bilan ko„p bor jang olib borishga majbur bo„ldi. Mahmud G„aznaviyning ruxsati bilan shimoliy Xurosonga joylashib olgan saljuqiylar bu davrga kelib, g„aznaviylar uchun katta xavf tug„dira boshladi. 1035 yilda saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Nishopurdan Niso shahriga yetib kelgan g„aznaviylar qo„shini saljuqiylarga zarba bergan bo„lsada, Saljuqiyning nevarasi Tog„rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar kechasi G„aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g„alaba qozonadi. 1037 yil aprel oyida turkmanlar Mari viloyatini uzil-kesil egallashga erishdilar va Bag„dodda xalifaga hokimiyat uchun yorliq berishni so„rab elchi jo„natadilar. Shu tariqa Xurosondagi yangi davlatga-Saljuqiylar davlatiga asos solindi. 42 Keyingi yillar turkmanlar Tog„rul boshchiligida bir qancha zarbalar berib, Xurosonning katta qismini bosib oldilar. Shundan so„ng Ma'sud katta qo„shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040 yilda Mari yaqinidagi Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo„lib, bunda Ma'sud qo„shini qattiq mag„lubiyatga uchradi. Jangdan zo„rg„a qochib qutulgan Ma'sud tez orada (1040 y.) vafot etdi. Uning vorislari g„aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo„la olmadilar. G„aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin saljuqiylar qo„liga o„tdi. Saljuqiylar davlatining bosh sultoni bo„lib, Tog„rulbek (1038-1063 y.) saylandi. U katta istilochilik yurishlari olib borib, Balxni, Iroqning shimoli, Ozarbayjonni, Kurdistonni va Qo„histonni ham bosib olishga erishdi. 1055 yilda u katta qo„shin bilan Bag„dodga kirib keldi va xalifadan o„z nomiga xutba o„qitishni talab etdi. Shundan so„ng xalifa diniy hokimiyatni o„z qo„lida saqlab qolib dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tog„rulbekka topshirdi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib Tog„rulbek Ray shahrini tanladi. Uning hukmronligi davrida saljo„qiylar Kavkazda Vizantiya qo„shinlariga ham katta zarba berdilar. U Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do„stona munosabatlar o„rnatdi. Lekin, uning vorisi Alp Arslon (1063-1072) Amudaryoning o„ng sohilidagi yerlarga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo„shinlarini mag„lub etdi. Undan keyin taxtga o„tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089 yilda qoraxoniylar o„rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o„lja bilan orqaga qaytdi. Lekin Qoraxoniylar Saljo„qiylarning yarim vassaliga aylandilar. Malikshohning o„limidan keyin Saljo„qiylar davlatida taxt uchun o„zaro kurashlar qizib ketadi va 1118 yilda hokimiyat buyuk saljo„qiylar sulolasining so„nggi yirik vakili Sulton sanjar (1118-1147) qo„liga o„tadi. Uning davrida Saljo„qiylar davlatining poytaxti Marv shahriga ko„chirildi. U Movarounnahrdagi qoraxoniylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta'sir o„tkaza olishga erishgan saljo„qiylardan edi. 1141 yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar va uning vassali, ittifoqdosh qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo„shinlari o„rtasida, Samarqand yaqinidagi Katvon cho„lida bo„lib o„tgan jangda qoraxitoylarning g„alaba qilishi Saljo„qiylar davlatini ancha zaiflashtirdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramasdan Saljo„qiylar davlati o„zining avvalgi qudratini yo„qota bordi. Saljo„qiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko„chmanchi G„o„z qabilalar berdilar. Ular Sulton Sanjar qo„shinlarini tor-mor etib, uni asir oldilar. G„o„zlar himoyasiz qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, o„t qo„ydilar. Sulton Sanjar 1156 yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo„lsa ham, lekin saljo„qiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi. Xorazmshohlar davrida o„zbek davlatchiligi Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishida ko„p xizmat qilgan hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) bo„ldi. Saljo„qiy Sulton Malikshoh davrida Xorazmni hukmdori bo„lgan Anushteginning nevarasi Otsiz o„zi tobe bo„lgan Saljo„qiy sultonlarining har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Ayyor diplomat va mohir sarkarda bo„lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Xorazm yerlarini ancha kengaytirib, Sirdaryoning quyi oqimi yerlarini, Mang„ishloqni bosib oladi. Shundan so„ng u bir necha bor (1138, 1141, 1142, 1147-1148 yy.) Sulton Sanjarga qarshi isyon qildi va mag„lubiyatga uchrab Saljo„qiylarga butunlay tobe bo„lib qoldi. Lekin shunga qaramasdan u Xorazmni mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata oldi. Muhammad Otsizning o„limidan so„ng o„g„li Elarslon taxtga o„tirdi. U otasiga qaraganda ancha qulay vaziyatda davlatni boshqardi. Xurosondagi voqyealardan foydalanib u Kaspiy bo„yidagi Dehiston hududlari bosib olishga erishdi. Elarslon otasi davrida Xorazmning bo„ysundirilgan ko„chmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida Movarounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha boshladi. 1158 yilda u katta qo„shin bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo„lgan qoraxoniylar 43 ko„chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borishayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borgan janglarda yordam berdi. Lekin qoraxitoylar qo„shinlari yordamga yetib kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur bo„ldi. U bir necha marta Xurosonga yurish qilgan bo„lsa-da, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1171-1172 yillarda qoraxitoylarning katta qo„shini Xorazmshohning o„lponini o„z vaqtida to„lamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qildi. Elarslonning buyrug„i bilan Sirdaryodagi katta to„g„on buzib tashlandi va katta maydon suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo„shini yurishini qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganch (Urganch) ni talon-taroj qilishdan saqlab qoldi. Lekin qoraxoniylarning bu bosqini davrida Elarslon vafot etdi. Undan keyin Xorazm taxtini uning kichik o„g„li Sultonshoh egallaydi. Arslonning katta o„g„li Alouddin Takash qoraxitoylar yordami bilan ukasi Sultonshohdan taxtni tortib olishga erishdi. Sultonshoh Xurosonga qochishga majbur bo„ldi. Shundan so„ng Alouddin Takash (1172-1201) Xorazmda mahkam o„rnashib, qoraxitoylarga va'da bergan o„lponni to„lashdan bosh tortadi. Unga javoban qoraxitoylar Xorazmga yana yurish qiladilar, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Sultonshoh ixtiyoriga bir kichik qo„shin qoldirib o„zlari orqaga qaytadilar. Sultonshoh esa qo„shin bilan Marv shahrini, Seraxs va Tusni egalladi. Lekin Takashning katta xatosi shunda ediki, u o„zining xotini Turkon xotun mansub bo„lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi. Ularni doimo qo„llab-quvvatladi. Turkon xotunning davlat ishlariga aralashuvi Xorazmdagi ichki nizolarini kuchayishiga olib keldi. Takashning o„limidan keyin Xorazm taxtiga uning o„g„li Alouddin Muhammad o„tirdi (1200- 1220). 1203 yilda Muhammad qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. Hirotni va yaqin atroflarini egalladi, 1207 yilda u o„z poytaxtiga qaytib, Movarounnahrni bosib olish uchun tayyorgarlik ko„ra boshladi. Shu yilning o„zidayoq Muhammad Movarounnahrga katta kuch bilan harbiy yurish boshladi. Buning sababi Buxoroda ko„tarilgan xalq qo„zg„oloni edi. Bu qo„zg„olon 1206 yilda Buxoro sadri (hokimi) Muhammad ibn Abdulazizga qarshi qaratilgan edi. Buxoro sadrlariga xos barcha yomon xislatlar bu odamda mujassam edi. U xalqdan katta soliqlar olib ularni shafqatsizlarcha ezar edi. U diniy rahbar bo„lishiga qaramasdan aysh-ishratga, ovga mukkasidan ketgan edi. Buxoroda uning zulmiga qarshi xalq harakatining asosiy kuchlari shahar hunarmandlari edi, qishloq aholisi-dehqonlar bu harakatni qo„llab-quvvatladi. Bu qo„zg„olonning boshlig„i qalqon yasovchi ustaning o„g„li Malik Sanjar ismli shaxs edi. Qo„zg„olonchilar sadr Muhammadni quvib chiqardilar. U qoraxitoylardan yordam so„radi. Lekin Xorazmshoh Muhammad qoraxitoylardan oldinroq harakat qilib, Buxoroni bosib oldi va shu tariqa Movarounnahrni Xorazm tarkibiga qo„shib olish boshlandi. Qo„zg„olonchilarning boshlig„i Malik Sanjar Urganchga olib ketildi. Movarounnahr xalqi Xorazmshohni qoraxitoylar zulmidan qutqaruvchi kuch sifatida qarshi oldi. Muhammad Xorazmshoh Qoraxitoylarning vassali bo„lgan Samarqand hokimi (qoraxoniylar sulolasidan) Usmon bilan do„stona munosabat o„rnatdi. Bu esa qoraxitoylarning Samarqandga yurish qilishiga olib keldi va ular shaharni bosib oldilar. Bu vaqtda mo„g„ul qabilalaridan biri bo„lgan naymanlar qoraxitoylarning yettisuvdagi yerlariga bostirib kirdilar. Shuning uchun qoraxitoylar shoshilinch ravishda orqaga qaytishga majbur bo„ldilar. Qoraxitoylarning qiyin ahvolga tushib qolganidan foydalangan Xorazmshoh Samarqandni egallab (Usmon uning vassaliga aylandi) qoraxitoylar ustiga yurish qildi va Talas vodiysida 1210 yilda qoraxitoylar qo„shini ustidan g„alaba qozondi. Bu g„alaba tufayli Muhammad Xorazmshohning ahvoli ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi Usmon Xorazmshohning to„liq vassaliga aylandi va uning kuyovi bo„ldi. Soliqlarning haddan tashqari oshib ketganligidan norozi bo„lgan Samarqand xalqi 1212 yilda qo„zg„olon ko„tardi. Katta qo„shin bilan Xorazmshohning o„zi Samarqandga kirib borib qo„zg„olonchilardan shafqatsizlarcha o„ch oldi va kuyovi Usmonni ham o„ldirdi. Shundan so„ng u Movarounnahrdagi vaziyatni o„z foydasiga hal etish uchun Farg„onani 44 Usmonning ukasi Qodirdan tortib oldi. O„zgan shahrini ham egalladi va shu tariqa qoraxoniylar sulolasi butunlay tugatildi. Qoraxitoylar sulolasini esa ko„chmanchi naymanlar Quchluq rahbarligida tugatdilar. Xorazmshoh O„rta Osiyoni butunlay egallagandan so„ng G„arbga yurish qildi va tez orada Eron va Afg„onistonni bosib oldi. Hattoki Bag‟dod halifasini urinib ko‟rdi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling