Ijtimoiy fanlar kafedrasi
-mavzu. IX-XII asrlarda O„rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg„onish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so„z va iboralar
- Maruza maqsadi
- Nazariy qism
- IX-XII asrlarda islom dini va so„fiylik
- Memorchilik va sanat
8-mavzu. IX-XII asrlarda O„rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg„onish davri. Fan va madaniyat yuksak ravnaqi Reja: 1.IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatining yuksalishi. 2.XIV-XV asrda Markaziy Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyat ravnaqi. Tayanch so„z va iboralar: “Qomusiy bilim”, “Axmad Farg„oniy”, “Baytul hikma”, “Xorazmiy”, “Ikkinchi muallim”, “Forobiyning Arastu asarlariga sharhi”, “Abu Ali ibn Sino”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Yusuf Xos Xojib”, “Qutadg„u bilik”, “Markaziy Osiyoda ma'naviyat rivojlanishi avjining ikkinchi to„lqini”, “Mirzo Ulug„bek”, “Kamoliddin Behzod”, “Navoiy”. Ma'ruza maqsadi: IX-XII asrlarda yurtimizda tashkil topgan markazlashgan davlatlar iqtisodiy va madaniy hayotga ijobiy ta'sir qiladi. Ilm-fanga, madaniyaga intilish kuchayadi. Ma'ruzaning maqsadi- ushbu jarayonlarni to„liq va har tomonlama yoritib berish. Ma'lumki, XIII asrda mo„g„ullar istilosi natijasida mamlakatimiz madaniy tushkunlikka uchraydi. Amir Temur va temuriylar davrida madaniy ilmiy yuksalishining ikkinchi to„lqini boshlanadi, tariximizning mazkur sahifalarini to„laligicha ochib berish maqsadga muvofiq bo„ladi deb hisoblaymiz. Nazariy qism: O„rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G„aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o„z mavqyei va tutgan o„rni jihatidan katta e'tibor va nufuzga ega bo„ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G„aznaviy, To„g„rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko„ra oladigan davlat arboblari davrida O„rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) qadimgi Xorazm diyorida tug„ilib, voyaga yetadi. G„oyatda o„tkir zehn egasi va noyob qobiliyat sohibi bo„lgan al-Xorazmiy yoshlik chog„idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o„rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o„qib, mutolaa qildi. Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qildi. Uning “Al Jabr val muqobala” (“Tenglamalar va qarshilantirish”), “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab surat al-Arz” (“yer surati haqida kitob”), “Kitab at-Tarix” (“Tarix kitobi”), “Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan bizning davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg„oniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg„oniy o„z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg„oniyning ijodiy faoliyati Bag„dodda ulug„ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Bayt-ul- Hikma” bilan bog„liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo„lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo„shib, Bag„dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg„oniyning kitoblari dunyoga ma'lum va mashhurdir. “Kitob fi Usul ilm an- Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al-Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg„oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal 45 qilish haqida”, “Oy yerning ustida va ostida bo„lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “yetti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining qo„lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy 873 yilda Forob (O„tror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud ko„rgan va 951 yilda Damashqda vafot etgan. O„rta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uyg„onish davrining eng ko„zga ko„ringan arbobi, Sharq falsafasining otasi Forobiy avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni o„rgandi. Bag„dodga kelgach fanning turli sohalari bo„yicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur bo„ldi. U yozgan “Aristotelning “Metafizika” asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a'zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al Madaniya” (“Shaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yurgizish mazmuni haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi. Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiy (899-959) Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog„ida 899 yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to„g„risida ma'lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asari bizgacha yetib kelgan. Asar qo„lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda “Tarixi Narshaxiy”, “Taxqiq ul-Viloyat” (“Viloyat haqiqatini aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro haqida xabarlar”)kabi nomlar bilan atalib kelingan. Biz o„rganayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048 y.) tasavvur qilish mumkin emas. Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo„lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o„tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o„zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o„zi tug„ilib o„sgan vatanni tashlab ketishga majbur bo„ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan ta'lim oladi. Beruniy o„zining mashhur asarlaridan biri bo„lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan. Beruniy 1030 yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo„lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bo„lgan asar bo„lib, bu haqda juda ko„p g„arb va sharq olimlari o„zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888 yilda Londonda nashr ettiradi. Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinida joylashgan Afshona qishlog„ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o„qigan, bilimdon kishi bo„lib asli Balxdan bo„lgan. Ibn Sino o„sha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush tarzi tizimi bo„yicha “Qur'oni Karim”ni yoshlik chog„idan yod ola boshlaydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind hisobi kabi sohalarni ham o„qita boshlaydi. Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bo„lib, o„z davrining deyarli barcha fanlari bilan muvaffaqiyatli ravishda shug„ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo„lsa ham, zamonlar o„tishi bilan ularning ko„pi yo„qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Abu Abdulloh Ja'far Rudakiy (960-1041 y.) taxminan 960 yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog„ida tug„ilgan. Rudakiyning tarjimai holiga bag„ishlangan barcha manbalarda uni kambag„al oiladan ekanligi, yoshligidayoq musiqa asboblarini yaxshi chalishni va ashula aytishni sevganligi qayd etiladi. Yosh shoirning o„zi she'rlar yozishi va musiqaga bo„lgan bunday muhabbati tez orada uni mashhur qilib yuboradi. 46 Rudakiy fors-tojik she'riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she'ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, she'rlar, doston va boshqalar yetib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir do„stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini og„ritmaslik kabi ulug„ insoniy fazilatlarni ulug„laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi. Mahmud Qoshg„ariy faoliyati bilan bevosita shug„ullanuvchi olimlarning fikricha bu zot 1029-1038 yillar orasida Qashg„arda tug„ilgan. U o„ziga to„q, ziyoli oiladan bo„lib, Qashg„arda yaxshi bilim oladi. Hatto u Buxoro va Nishopur shaharlarida o„z bilimlarini kengaytirib katta-katta olimlar bilan suhbatda bo„ladi. Mahmud Qoshg„ariy yashab ijod etgan yillar Qoraxoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga to„g„ri keladi. Mahmud Qoshg„ariy juda ko„p safarlarda bo„ladi va o„zining asarlari uchun boy ma'lumotlar to„playdi. Ko„p yillik izlanishlar natijasida “Devoni lug„ati turk” va “Javohiri-nahv” “Turk tili sintaksisi asoslari” asarlarini yozadi. Qoraxoniylar davrida yashagan yana bir o„z davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojibdir (XI asr). Uning tarjimai holi, tug„ilgan yili va hayoti to„g„risida yozilgan biron-bir asar saqlanib qolmagan. U Qoraxoniylar sulolasining poytaxti Balasog„unda tug„ilgan va shu yerda ijod etgan. Hozirgi kunda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilik”-”Baxt-saodatga boshlovchi bilim” deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bo„lib, boshqa asarlari ma'lum emas. “Qutadg„u bilig” asarida bilim haqidagi alohida bob bo„lib, unda bilimdan hyech bir ziyon bo„lmasligi, u kishilarga faqat foyda keltirishi mumkinligi, kishilarga bilim qadr- qimmat, hurmat va ehtirom keltirishi mumkinligi aytib o„tiladi. Shuningdek, asarda markazlashgan davlatni mustahkamlashga qaratilgan nizolarga chek qo„yish kabi o„sha davr uchun juda katta ahamiyatga molik bo„lgan masalalarga ham alohida e'tibor beriladi. IX-XII asrlarda islom dini va so„fiylik Xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va G„aznaviylar, Xorazmshohlar davrida bu mustaqil markazlashgan davlatlarni yanada mustahkamlash uchun islom diniga, uning ta'limotiga, tarixiy ahkomlariga e'tibor bir necha bor kuchaya boshlaydi. Imom Buxoriy (809-870 yy.) Buxoroda tug„ilib, shu yerda birinchi bilimlarni oladi. So„ngra bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida Makka, Madina, Bag„dod, Damashq, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga boradi. Manbalardan bizga ma'lumki, Imom Buxoriy islom dini masalalariga bag„ishlangan 20 ga yaqin asar yozgan. Shu kitoblar orasida Buxoriyning butun dunyoga mashhur qilgan asari “Al-Jome' as-Sahih” (“Ishonchli to„plam”)dir. Bu asar 160 qismdan iborat bo„lib, 3450 bobni o„z ichiga oladi. Buxoriy hadislarini to„plash va bayon etishda uni haqiqiyligiga asosiy e'tibor bergan, uni haqiqatga yaqinligini isbotlovchi dalillarni keltirgan va shu asosda hadislarni klassifikatsiya qilgan olimdir. Uning diqqat markazida fanning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma'naviy yuksalishi, fozilligi, donoligi, yaxshi va yomonni ajrata olishi turadi. Umrining oxirida u o„z Vataniga qaytib keladi va Samarqand yaqinida vafot etadi. Mustaqillik yillarida bu ulug„ bobakalonimiz ruhini shod etib, O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan uning vafot etgan joyida ulkan majmua-bino barpo qilindi. Hozirda bu joy nafaqat mamlakatimiz fuqarolarini, balki butun musulmon dunyosi ahlini ziyoratgoh joyiga aylangan. Imom at-Termiziy (824-892 yy.) Termizdan uncha uzoq bo„lmagan Bug„ qishlog„ida tug„ilgan. U ham Buxoriy singari Sharqning juda ko„p shaharlarida bo„lib, o„z bilimini oshirishga harakat qiladi. At-Termiziy hadislardan tashqari filologiya, tarixga oid asarlar ham yozdi. Uning 10 dan ortiq yozgan asarlari orasida nomini butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari “Jome at-Termiziy” yoki “Sunan at-Termiziy”dir. Bu asar islomda ulamolar tomonidan haqiqat deb tan olingan mashhur hadislar to„plamidan biridir. 47 Islom dinining mamlakatda asosiy din sifatida tan olinishi, boshqa dinlarning oyoq- osti qilinishi, bu davrda mehnatkash omma turmush tarzining og„irlashuvi ular orasida ularni yupatishga, ularning ruhini yengil qilishga yordam beruvchi g„oyani qidirishga majbur qila boshladi. Bu g„oya tasavvuf g„oyasi bo„ldi. Hozirgi O„zbekiston hududida tasavvufning rivojlanishida Yusuf Hamadoniy ta'limoti muhim rol o„ynaydi. Manbalarda qayd qilinishicha, Yusuf Hamadoniy 1043-1049 yilda Eronning Hamadon shahrida tug„iladi. Dastlabki bilimlarini Hamadon va Bag„dodda oladi. Imom G„azzoliy kabi buyuk allomalarni tarbiyalab voyaga yetkazgan shayx Abu Ali Farsadiyga shogirdlikka tushadi. Yusuf Hamadoniy umrining katta qismini O„rta Osiyoda o„tkazgan. U hunarmandchilik-kosibchilik bilan shug„ullangan. Shuning uchun ham bo„lsa kerak, uning ta'limoti asosan hunarmandlar orasida keng tarqalgan va ularning manfaatlarini ifodalagan. Yusuf Hamadoniy sufiylik ilmi bo„yicha ko„plab shogirdlar tayyorladi. U Buxoroda maxsus xonaqo qurdirib, o„sha yerda shogirdlarga dars bergan. Hamadoniy ta'limotida vatanparvarlik g„oyalari o„z ifodasini topgan. Uni pir deb bilgan shogirdlaridan 213 tasi mashhur shayxlar bo„lib yetishgan ekanlar. Hamadoniy ta'limotidan O„rta Osiyoda ikki tasavvuf maktabi-Yassaviylik va Naqshbandiylik kelib chiqadi. O„rta Osiyo hududida birinchi vujudga kelgan sufiylik oqimi Yassaviylikdir. Bu oqimga 1105 yilda Yassa (Turkiston) shahrida tug„ilgan Ahmad Yassaviy asos solgan. Ahmad Yassaviy Buxoroda Yusuf Hamadoniydan ta'lim olgach, yana ona shahri Turkistonga qaytib keladi va shogirdlar tarbiyasi masalasi bilan shug„ullanadi. Madrasa va xonaqolar qurdiradi. Yassaviy ta'limotining asoslari turkiy tilda yozilgan “Devoni Hikmat” asarida bayon etilgan. U o„troq va ko„chmanchi turkiy xalqlar orasida sufiylik ta'limotini targ„ib qilishda muhim ahamiyat kasb etgan. Ahmad Yassaviyning fikricha shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz haqiqat bo„la olmaydi. Ular doimo bir-birini to„ldiradi. Bu yo„l kamolot yo„li bo„lib, inson hayotining asl mohiyatini tashkil etadi. Yusuf Hamadoniyning yana bir shogirdi Abduxoliq G„ijduvoniy bo„lgan. Yassaviy bilan G„ijduvoniy shu darajada iqtidorli shogirdlardan bo„lishganki, keyinchalik ulardan biri “Yassaviya”, ikkinchisi “Naqshbandiya” tariqatining asoschilari bo„lib yetishadilar. Xoja Abduxoliqning tarjimayi holi, tug„ilgan va vafot etgan sanalari aniq. U 1103 yilda G„ijduvondda tug„ilib, 1179 yilda o„z vatanida vafot etadi. Xoja Abduxoliq G„ijduvoniy Sharq falsafa tarixida o„ziga xos o„rin egallaydi. Uning falsafiy dunyoqarashi tasavvufdagi Xojagon (Xojalar) xalqasida shakllandi. Agar bizgacha Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”i meros bo„lib qolgan bo„lsa, Xoja Abduxoliq G„ijduvoniydan “Risolayi Sohibiya” “Risolayi Shayxshshuyuk Xazrati Abu Yusuf Hamadoni” kabi asarlar meros bo„lib qolgan. Ammo bu asarlar hali yaxshi o„rganilmagan va keng xalq ommasi orasida targ„ib qilinmagan. Xoja Abduxoliq G„ijduvoniy ustozidan ko„p narsalarni o„rganar ekan, o„zi ham ko„p hollarda mustaqil fikr yuritib, ba'zi masalalarda o„z yo„lini shakllantirishga harakat qilgan. Najmiddin Kubro (1145-1221 yy.) - tasavvuf ta'limotining O„rta Osiyodagi yirik vakillaridan biri. Sufiylikdagi Kubraviya oqimining asoschisidir. Xivada tug„ilib, Misr, Tabriz va Hamadonda ilm olgan. Ko„hna Urganchga qaytib, o„z ta'limotini rivojlantirib, shu yerda yangi sufiylik oqimiga asos soladi. U “Favoix al-Jamol va fovotix al-Jalol” (“Jamolining muattarligi va kamolotning egalari”), “As-usul al-ashara” (“O„nta qonun va qoidalar”) nomli qator risola va asarlar yozib, o„z ta'limotini takomillashtirishga erishdi. Kubroviya tariqatining asosini 10 tadan iborat qonun-qoidalar tashkil etadi. Ularga asosan “tavba”, “zuxd” (“mol- dunyodan voz kechish”), “tavakkal” (“Olloh yo„lida”), “qanoat”, “uzlat”, “doimiy zikr”, “tavajjuz”, “sabr”, “muroqaba” (“kamolot topish”) va “rizo” (xalqqa yetishish) kabi qoidalar kiradi. Kubroviya tariqati Yassaviya tariqatidan farq qilib, tarki dunyochilik rad etiladi. Unda kamolot yo„lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan bahramand bo„lish kerakligi ilgari suriladi. Bu ta'limotda vatanga, xalqqa bo„lgan muhabbat 48 g„oyasi nihoyatda kuchli bo„lib, har qanday og„ir sharoitda ham xalq bilan birga bo„lish, vatan himoyasi uchun kurashish, uning mustaqilligini saqlash zarurligini da'vat qilinadi. O„z g„oyasiga sodiq Najmiddin Kubro vatan himoyasi yo„lida shahid bo„ldi va jasorat namunasini o„z muridlariga ko„rsata oldi. Shunday qilib, tasavvuf Movarounnahr aholisining ma'naviy hayoti bilan chambarchas bog„langan ta'limot bo„lib, o„rta asrning xalqparvar adib va mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga ziyo va ma'rifat tarqatishga intilganlar. Me'morchilik va san'at IX-XII asrlarda o„lkada markazlashgan yirik davlatlarning shakllanishi va ularning rivoji, davlatchilikning mustahkamlanishi, ma'naviy hayot, ilm-fanning rivojlanishigagina emas, balki moddiy madaniyatning ham rivojlanishiga asos bo„ldi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Uzgan va Marv kabi shaharlarda saroylar, masjid, madrasalar, minoralar, maqbaralar, tim va karvonsaroylar ko„plab qurila boshladi. IX-X asr me'morchiligi uslublarini saqlanib qolganligini ko„plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko„pgina masjidlar o„z vaqtida arablargacha bo„lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali bo„lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo„lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g„ishtlar, o„yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan. Bu davrga oid masjidlar to„g„risida so„z yuritilganda, Buxorodagi Mag„oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O„rta Osiyoda diniy me'morchilikning rivojlanish yo„llarini kuzatish imkoniyatini berdi. Saroylarning go„zalligini Termiz shahridagi saroy misolida ko„rish mumkin. Bu saroy to„liq ochib o„rganilgan. Saroy shahar mudofaa devorlaridan tashqarida, bog„lar orasida joylashgan va 10 gektarga yaqin maydonni ishg„ol etgan. Saroy mudofaa devorlari bilan o„ralgan. Saroy o„zining mahobatliligi, serhashamligi va bag„oyat go„zal, nafis bezaklari bilan odamni o„ziga jalb qiladi. Somoniylar davriga oid shahar va qishloq aholisining uylari to„g„risida hozir arxeologiya ancha ma'lumotlarga ega. Bu borada qadimiy Samarqand-Afrosiyob, Xorashkent- Kanka, Binkent, Termiz, Marv, Dehiston kabi o„nlab yodgorliklarda olib borilgan izlanishlarning natijasi diqqatga molikdir. Afrosiyobda bu davrga oid katta bir mahalla ochib o„rganilgan. Somoniylar davridayoq yirik shaharlar bo„lgan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Qoraxoniylar davrida yanada kengaydi. Bu shaharlar endi uch qismli-ark, shahriston, rabotdan iborat edi. Ularda yangidan-yangi hashamatli imoratlar paydo bo„lib, bu imoratlar o„z tuzilishi va naqshlari bilan ajralib turardi. Qoraxoniy hukmdori Shams-ul-Mulk Buxoro yaqinida saroy barpo etdi va bundan tashqari Hazara qishlog„i yaqinida Dingaron masjidini va uning yonida Barat-i-Malik nomi bilan mashhur bo„lgan karvonsaroy qurdiradi. Buxoro shahrida 1127 yilda Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat-Minorayi Kalon barpo etildi. Vobkentda XII asrning oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II tomonidan qurilgan minorani, Jarqo„rg„onda (Surxondaryo viloyati) Qoraxoniylar tomonidan 1108-1109 yillarda barpo etgan minorani, shuningdek Buxorodagi Nomozgohni va Attoriy masjidini alohida ta'kidlab o„tish mumkin. Qoraxoniylar davrida Samarqand shahrida ham ko„plab binolar barpo etildi. Afrosiyobdagi arxeologik qazilmalar shundan dalolat berib turibdi. Lekin mo„g„ullar istilosidan so„ng bu binolar vayronaga aylandi. Termiz shahri XI-XII asrlarda ancha rivojlandi, yangi mustahkam mudofaa devori qurildi, bu yerda barpo etilgan Termiz hukmdorlari saroyi ayniqsa mashhurdir. Bu saroyni qazib ochgan arxeologlar turli idishlar bilan birga afsonaviy hayvonlar tasvirini ham topishdi. 49 XI-XII asr boshlarida Xorazmda ham ko„pgina binolar qad ko„tardi, jumladan, Urganchdagi Faxriddin Roziy va Shayx Sharif maqbarasini, ko„plab karvon saroylarni, Buronqal'a, Nayifqal'a va boshqalarni aytib o„tish mumkin. Bu me'morchilikdan tashqari bir necha suv inshootlarini qurish va unda yo„nilgan tosh, pishiq g„isht, suvga chidamli qurilish qorishmalaridan-bandlar, novlar, ko„priklar, sardobalar va korizlar qurilgan. Bu inshootlar mamlakatda fan va ishlab chiqarishni g„oyatda rivojlanganligidan dalolat beradi. 1,5 mln. m.kub suvni to„plash imkoniyatiga ega bo„lgan Xonbandi nomli suv omborining qurilishi fikrimizning dalili bo„lib xizmat qiladi. Manbalardan ma'lum bo„lishicha, bunday suv inshootlarini qurish uchun suvning vertikal va gorizontal bosim kuchlarini hisoblab chiqish va tog„da qurilganligi uchun tez-tez yerning qimirlab turish kuchlarini ham matematik yo„llar bilan hisoblab chiqish lozim bo„lgan va bu ish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Bu davr me'morchiligi bilan bir qatorda unga bog„liq bo„lgan naqqoshlik va tasviriy san'at ham jadal sur'atlar bilan rivojlandi. Imoratlarni o„ymakor ustunlar va to„sinlar, devorlarni esa bo„yoqli, ganchkor naqshlar bilan bezash keng rasm bo„la boshladi. Sekin-asta naqqoshlik san'atida ham ilgarigidek, odamlar va hayvonlarni tasvirlangandan ko„ra murakkab geometrik va gulli naqshlarga o„tila boshlandi. Naqqoshlik san'ati qadimgi Termizda juda rivojlangan edi. Bu borada Hakim Termiziy maqbarasi davridan saqlanib qolgan o„yma naqshparcha ayniqsa qimmatlidir. Unda Samarqand usulini eslatuvchi sebarchashaklidagi o„ziga xos uslublar mavjuddir. Bu davrda xattotlik san'atikitoblarni ko„chirishdagina emas, balki binolarni bezashda ham keng qo„llanila boshlandi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling