Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi
−2024 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyoti
Download 254.5 Kb.
|
s5 mmt DILSHOD SH
2.3. 2023−2024 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyoti
OTB mamlakat iqtisodiyotiga oid prognozni taqdim etdi. Unga ko‘ra, ko‘rsatkich har ikki yilda ham 5%ga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023−2024 yillarga oid prognozini taqdim etdi. Unga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti har ikki yilda ham 5%ga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Xatarlar Rossiyaga qarshi davom etayotgan sanksiyalar va ularning O‘zbekiston eksportiga bo‘lgan tashqi talabga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha qolmoqda. “O‘zbekiston iqtisodiyotni tez tiklash va rivojlantirish bo‘yicha dadil hamda ishonchli qadamlar tashladi. 2021-yilda pandemiyadan so‘ng o‘sish sekinlashgan bo‘lsa-da, u barqarorlikni ko‘rsatdi va kuchli bo‘lib qoldi”, — dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori vazifasini bajaruvchi Enriko Pinali. Xususan, sanoat 2023 va 2024-yillarda 5,5%ga o‘sishi kutilmoqda. To‘qimachilik, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoatida uglevodorodlarga bo‘lgan talabning o‘sishi va tashqi, asosan, Rossiyadan kiyim-kechak va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga kuchli talabga javoban kamtarona tiklanish kuzatilmoqda. Shu bilan birga, oziq-ovqat va uy-joy, omborxona va transport xizmatlariga talab pasayganligi sababli xizmatlarning o‘sishi har ikki yilda 5,5% gacha kamayishi, xususiy iste’mol va investitsiyalarning o‘sishi mo‘tadil bo‘lishi kutilmoqda. Kutilmalar qatorida inflyatsiya bosimining davom etishi ham bor. Bu qisman amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va ijtimoiy xarajatlarning ortishi bilan bog‘liq. Biroq, pul-kredit siyosati qattiqligicha qolayotganligi sababli o‘rtacha inflyatsiya 2023-yilda 11%ga, 2024-yilda esa 10%ga tushishi kutilmoqda. Oziq-ovqat inflyatsiyasini jilovlash uchun hukumat iste’mol qilinadigan yog‘lar, parranda go‘shti, bug‘doy, un va guruchga import bojidan ozod qilishni yil oxirigacha uzaytirdi. Ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlashga kutilayotgan yuqori xarajatlar budjet taqchilligini qo‘llab-quvvatlaydi. Oltin zaxiralarining ko‘payishi hisobiga 2023 va 2024-yillarda yalpi valyuta zaxiralari $37 mlrd.gacha oshishi kutilmoqda. Har ikki yilda keng pul mablag‘lari 25% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Hisobotda qayd etilishicha, aholi soni yiliga 2%ga o‘sayotgan O‘zbekistonda ko‘proq umumta’lim maktablari va yaxshi ta’lim zarur. O‘rta ta’lim, kasb-hunar maktablari 2022-yilda ta’limga davlat xarajatlarining qariyb 72,3%ini o‘zlashtirdi. Maktabga qabul qilishni yana 1,2 mln o‘quvchiga oshirish uchun hukumat taxminan 1961 ta maktab qurishi yoki ikki smenali darslarga ruxsat berish uchun o‘quv kunini qisqartirishi kerak. Hisobotda o‘rta ta’lim sifati tashvishga solayotgani qayd etilgan. O‘zbekiston o‘rta maktab ta’limi sifatini qiyosiy baholash uchun hali ham xalqaro talabalarni baholash dasturini o‘tkazishi kerak. Mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish uchun ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali ishchi kuchiga ehtiyoj borligi ta’kidlanmoqda. Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani 1% bandga pasaytirib, yillik 15%dan 14% darajasida belgilagandi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, asosiy stavkaning 1% bandga tushirilishi natijasida iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kredit hajmi o‘sadi. Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyot sohasiga bo’lgan talab jadal suratlarda oshib borayabdi. Bu soha haqida gapirishdan oldin, keeling endi bu soh anima ekanligini tushunib olsak. Raqamli iqtisodiyot atamasi birinchi bo’lib Yaponiyada birinchi bo’lib Yaponiyaning 1990-yillardagi turg’unlik davrida yaponiyalik professor va tadqiqotchi, iqtisodchi tomonidan tilga olingan. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo‘lib 1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Raqamli iqtisodiyot - bu intelektual faoliyat mahsuli hisoblanib, uzoq davrda shakillangan murakkab tizim sifatida bo’lib, uning tarkibi texnik, axborot, matematik taminotidan iborat bo’lib, real sektorlarni ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini raqamli texnalogiyalarni keng qo’llashga asoslangan tizimdir. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davrida bo‘lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi atiga bir necha o‘n yilni tashkil etadi. Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili hisoblangan faoliyatdir. Endi raqamli iqtisodiyot muammolari, yechimlari va istiqbollariga to’xtaladigan bo’lsak, Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi tomonidan “Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga koʼmaklashish” loyihasi doirasida seminar oʼtkazildi. Tadbirda vazirliklar, davlat idoralari, qoʼmitalar vakillari va masʼul xodimlari ishtirok etdi. “Raqamli iqtisodiyotning dunyoda rivojlanish tendentsiyalari. Oʼzbekistonda rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi seminarni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat boʼyicha xalqaro ekspert Danielь Mensi olib bordi. Daniel Mensi bugungi kunda raqamli iqtisodiyot eng koʼp rivojlangan mamlakatlar bu АQSh va Xitoy ekanini taʼkidlab, dunyo boʼyicha blokcheyn texnologiyalarga doir patentlarning 75 foizi aynan shu davlatlarga toʼgʼri kelishini aytdi. Oʼz navbatida internet mahsulotlarining 50 foizini shu davlatlar aholisi isteʼmol qiladi. Maʼruzachi, shuningdek, beshinchi avlod (5G) mobil texnologiyasi haqida maʼlumotlar berdi. Аloqa sifati va maʼlumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi, energetik samaradorligi inson salomatligiga zararsiz ekanligidan tashqari, bu texnologiya foydalanuvchilarga yangidan yangi imkoniyatlarni beradi. Masalan, internet mahsulotlari, keng polosali mediaservislardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, tabiiy ofatlar boʼlgan joylarda ham aloqa oʼrnatish imkonini beradi. Raqamli maʼlumotlar qimmatbaho iqtisodiy resurs hisoblansa-da, u raqamli tafakkurga aylanganidagina foyda keltiradi. Raqamli iqtisodiyot kirib kelishi bilan raqamli platformalar yaratish va tez surʼatlarda oʼsib borayotgan raqamli maʼlumotlarni monetizatsiya qilish muammolari vujudga kelmoqda. Bunda qiymat yarata olish yoʼllarini, mazkur jarayonlardagi toʼsiqlarni bartaraf etish vositalarini aniqlash muhimdir. Bu qiymatni yaratish va tarqatish salohiyatini, qiymatni yangilash, boshqarish hamda qiymatni qoʼlga kiritish shakllarini tushunish imkonini beradi. Raqamli iqtisodiyotni dunyoning barcha mamlakatlarida rivojlantirish zarurligi, raqamli iqtisodiyotga oʼtish jarayonini tezlashtirish lozimligi qayd etildi. Yuqorida keltirilgan malumotlardan xulosa qiladigan bo’lsak, hozirgi kunda raqamlashtirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlari raqamlashtirish orqali juda katta foydaga ega bo’ish mumkin. Albatta, eng muhim masala bo’lmish “Yashirin iqtisodiyotni” maximum darajada kamaytirishga erishish mumkin. XULOSA Mahsulot tannarxini pasaytirishda hisobotning roli kattadir. Xisob olib borish yoqilg’i va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional foydalanishga yordam beradi, harajatlarni kamaytirish va korxona jamgarmasini oshirish imkonini beradi. Jamoaning kuchini yetishtiriladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan harajatlarni to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo’llarni aniqlash ortiqcha harajatlarning sababini ochib tashlash uchun bu harajatlarni doimi tahlil qilib turish kerak. Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini tahlil qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarni takomillashtirilishi uchun muxim ahamiyatga ega. Lekin tahlil faqatgina tannarxning pasaytirish rejasini bajarilishiga qo’yilgan baho bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish harajatlarini yanada kamaytirish uchun taxliliy va texnikaviy harakatlarni xam ko’rishi kerak. Mahsulot ishlab chiqarishni tahlil qilishda ishchilarning faol ishtirok etishlari uni pasaytirishning muxim yo’lidir. Xarajatlar korxonaga bog’liq bo’lmagan omillarga qarab o’zgaradi. Masalan; resurs narxi, har xil xizmat xaqining tebranishi korxona xohishidan qat’iy nazar harajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko’lami kengaysa, resurslar sarfi qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy etilganda harajatlar keskin qisqaradi. O’rtacha harajatlar mehnat unumdorligiga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mehnatni unumining ortishi ham moddiy ham mehnat sarfini qisqartiradi, bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit va mehnat unumdorligi harajatlari pasaytirish orqali foydani ko’paytiradi. "Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va keng ko'lamli islohotlar yurtimizda yangi davrni – yangi O'zbekiston davrini boshlab berdi. Bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy muhit paydo bo'ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Xalqaro valyuta jamg'armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko'ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O'zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda. Sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini rag`batlantiruvchi omillar Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirilishi, respublika sanoatining rivojlanishiga imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan birga, sanoatning yanada barqaror rivojlanishi uchun quyidagilar zarur: - ilg`or mahalliy texnologiyalarni ishlab chiqish, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga mahsulotlarnnig raqobatbardoshligini oshirish; - Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirishda mahalliylashtirish darajasini to`xtatib turuvchi kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi ish o`rinlarini yaratishga to`sqinlik qiluvchi zarur tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar importini qisqartirish; - kichik biznes sub`ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini har taraflama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish. Umumiy iqtisodiy muvozanat ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishi; mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo‘jalik mexanizmi; muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi; bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanati kabi qator shart-sharoitlarni taqozo etadi. Iqtisodiy muvozanatlik doimo bir xil holatda turmaydi, u o‘zgaruvchan bo‘lib, goh muvozanatda, goh nomuvozanat holatida bo‘lishi mumkin. U o‘zgarib tursada doimo muvozanatlikka intiladi. Iqtisodiy muvozanatlik turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, umumiy, xususiy, uzoq muddatli, qisqa muddatli, makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy va h.k. U ko‘pdan ko‘p real iqtisodiy hayotda balans ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik, ya’ni mos keluvchi nisbatlar bo‘lib, bunda tenglik bo‘lishi shart emas. U 1:2, 3;2, 5:3, va h.k. nisbatlarda bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar; tarmoqlararo mutanosibliklar; tarmoq ichidagi mutanosibliklar; ishlab chiqarish ichidagi mutanosibliklar hududiy (territorial) mutanosibliklar; davlatlararo mutanosibliklarga guruhlash mumkin. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling