Ijtimoiy fanlar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

OAV iqtisodiyoti - OAV mahsulotini ishlab chiqaruvchi (tahririyat) dan 
iste’molchi(tinglovchi, teletomoshabin, o‘quvchi) ga еtkazib berish, uning axborotga 
bo‘lgan 
ehtiyojlarini 
qondirish, 
tahririyatning 
foyda 
olishi, 
kengayishi, 
modernizatsiyalanishi va h.k. maqsadidagi faoliyati.
Prankerlar - nayrangboz mualliflarning turi, ular telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga 
oshiradi yoki Internetda soxta akkauntlarni yaratadi. 
Promoushn (inglizcha promoution – siljitish, kiritish) - OAV kanalini bozorga olib 
kirish jarayoni. Uning tarkibiga OAV kanalini bozorga olib kirish rejasini ishlab chiqish, 
uning mavqei va o‘rnini belgilash maqsadida marketing tadqiqotlari olib borish, uning 
bozorga kirishining qulay vaqtini, potensial iste’molchilarga taqdim etishning shakl, 
uslub va usullarini aniqlash, turli OAVlarda uni reklama qilish, uni tarqatish va sotish 
kiradi. Bu ish bilan promouter mutaxassislar shug‘ullanadi.
Raqamli uzilish - zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi imkoniyatlar 
tengsizligi; fuqarolarning metaforik jihatdan ikki toifaga ajratilishi, ya’ni: o‘z 
maqsadlariga erishish uchun yangi texnologiyalardan foydalana oluvchilar va foydalana 
olmaydiganlar. Raqamli uzilish axborot jamiyatining uyg‘un rivojlanishi yo‘lidagi eng 
jiddiy to‘siqlardan biri hisoblanadi.
Raqobat - shaxsan o‘zi va o‘z guruhi uchun bitta maqsadga erishishdan manfaatdor 
bo‘lgan ayrim insonlar, guruhlar, tashkilotlar, korxonalarning muayyan yo‘nalishdagi 
musobaqasi. 
Jurnalistika, 
axborot 
sohasida 
turli 
OAV, 
media-guruh 
va 
mediakorporatsiyalar raqobatini misol qilib keltirish mumkin.
Rejalashtirish -maqsadlarni shakllantirish, ustuvor yo‘nalishlarni, ularga erishish vosita 
va uslublarini aniqlab olish jarayoni. Rejalashtirishning natijasi - reja, harakatlarning 
asoslangan modelini yuzaga kelishi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling