Ijtimoiy fanlar
Garchi amerikalik olim R.Xartli «axborot» tushunchasini texnik aloqa
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UMK media PDF
Garchi amerikalik olim R.Xartli «axborot» tushunchasini texnik aloqa
kanallari bo‘ylab tarqatiluvchi ma’lumotlarning miqdoriy mezonini belgilash uchun 1928 yilda birinchi marta ilmiy muomalaga kiritgan bo‘lsa-da, bu atamaga jiddiy e’tibor 1948 yildangina qaratila boshlagan edi. XX asrning 60-yillaridagi ko‘p tadqiqotlar axborotni qidirish muammolari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ayni shu davrda axborotni qidirish tizimi va usullari yaratildi 4 . Kibernetikaning rivojlanishi va axborot nazariyasi fanining maydonga kelishi bu sohaning keng miqyosda taraqqiy etishiga olib keldi. «Axborot» tushunchasi uzoq tarixi va ko‘p qirrali ma’nosiga ega. Ijtimoiy hayotda axborot – insonlar, faktlar, hodisalar va boshqa jarayonlar haqidagi ma’lumotni 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Биринчи жилд. – Тошкент: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси»Давлат илмий нашриёти, 2006.– Б.119–120. 2 Винер Н. Человек управляющий. – СПб.: Питер, 2001.–С.24. 3 Қаранг: Чернов А.А. Становление глобального информационного общества: проблемы и перспективы.–М.: Дашков и К,2003.–С.13. 4 Қаранг: Хартли Р. Передача информации // Теория информации и её приложения. – М.: Гос. изд. физ.-мат. лит., 1959. 28 anglatadi. «Axborot» tushunchasiga oid tahlillardan kelib chiqib, axborot jamiyat uchun faqat muloqot predmeti emas, balki insonlar orasida muloqotda axborot almashinuviga ta’sir ko‘rsatadigan omil, deya xulosa qilish mumkin. «Axborot almashinuvi» tushunchasi, uning «muloqot» va «kommunikatsiya» kabi kategoriyalar bilan aloqadorligining tahlilga ko‘ra axborot bu – xabar, ma’lumot. Ammo jamiyatda axborot almashinuvining butun mexanizmini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazaridan tushunish uchun «axborot»ning bunday talqini yetarli emas. Shu bois, axborotning barcha umumiy xususiyatari, axborot almashinuvi jarayonining hodisa sifatidagi mohiyatini tadqiq etish maqsadida har qanday jarayon uchun tipik bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling