«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston
Respublikasining qonuning 3-moddasida axborot bu – manbalari va taqdim etilish
shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va
jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar deya ta’rif berilgan
5
.
Bundan tashqari, axborotning mohiyati – xabar belgilarida emas, balki axborot
almashinuvi ishtirokchilarining tashkiliy tayyorgarligi darajasiga ham bog‘liq.
Axborot almashinuvi esa ishtirokchilarning tashkiliy jihatdan hilma-hiligi, tuzilmalarning
faoliyat turlari o‘rtasidagi farqlardan kelib chiqadi. Albatta, bu hol axborot almashinuvi
jarayoni ishtirokchilarini maksimal darajada uyg‘unlashgan tizimlar sifatida qarash
asosida yuzaga keladi. Matematika, kibernetika, falsafa sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar
axborot sig‘imi bilan tizimning tartibga solinganlik holati o‘rtasida muayyan bog‘liqlik
shakllanishini isbotlagan
6
.
Axborotlashgan jamiyat to‘g‘risidagi zamonaviy nazariyalarda axborot va
axborot almashinuvi jarayoni muhimligi ta’kidlanib, bu ijtimoiy o‘zaro
bog‘liqlikning bir bo‘lagi sifatida talqin qilinadi
7
. Axborot almashinuvi va uning
boshqa fundamental jarayonlar bilan aloqalari modeli tizim yasovchi elementlarni o‘zida
mujassamlashtiradi.
Shunday qilib, axborot almashinuvda ishtirok etuvchi tizimlardan har birining
tartibi o‘zgarishi o‘zaro aloqadorlik asosida, ya’ni ularning birgalikda tashkil etilishi bilan
o‘ziga xos noyob jarayon sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro ta’sir jarayonida tizimlarning har
biri boshqa tizimlarning ichki mutanosibligi va intensivligiga bevosita bog‘liq ravishda
o‘zgaradi. Natijada, bir axborot almashinuvi o‘rniga materiya harakatlanishining (birinchi
navbatda ijtimoiy) oliy shakllariga xos 4ta fundamental komponent: 1) axborot
Do'stlaringiz bilan baham: |