Ijtimoiy fanlar


Amerikalik olim E.Toffler «Uchinchi to‘lqin» asarida: «Insoniyat ortda


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Amerikalik olim E.Toffler «Uchinchi to‘lqin» asarida: «Insoniyat ortda 
qoldirgan yo‘l uch bosqichdan iborat», degan fikrni ilgari suradi. Axborot jamiyati 
paydo bo‘lishi bilan odamlar hayotiga yangi atamalar va tushunchalar tezda kirib 
keldi. Axborot jamiyati aholining axborot ehtiyojlari to‘liq qondirilishi bilan 
tavsiflanadi.
Yu.Ocheret:«Jamiyatdagi birorta rivojlanishni axborot madaniyatisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, axborot vositalari texnik-ta’minot imkoniyatlarining 
kengayishi bilan hayotning har bir sohasida axborot madaniyatining roli va o‘rni oshdi», 
deb ta’kidlagan.
Professor A.Umarovning yozishicha, axborotning jamiyat va inson hayotidagi 
o‘rni oshgani sari axborot madaniyatini shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb 
etmoqda. Buning, uchun, eng avvalo, shaxsning axborot madaniyatini tarkib toptirish 
lozim. Shuningdek, axborotning jamiyat va inson hayotidagi o‘rni oshgani sari axborot 
madaniyatini shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buning, uchun, eng 
avvalo, shaxsning axborot madaniyatini tarkib toptirish lozim.
Mamlakatimizda qator yillardan beri axborotlashgan jamiyatning ijtimoiy-
huquqiy asoslarini yaratish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1997 
yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, 
olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga 
oshirish kafolatlari ta’minlandi. Axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot 
tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2003 yil 11 
dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul 
qilindi. Shuningdek, quyidagi farmon va qarorlar ham axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirishga qaratildi
8

8
Қаранг:Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Компьютерлаштиришни янада ривожлантириш ва ахборот-
коммуникация технологияларини жорий этиш тўғрисида”ги 2002й 30май, ПФ-3080-сон Фармони; “Ахборот-
коммуникация технологияларини янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” 2005й 8 июль, 
ПҚ-117-сон Қарори; “Замонавий ахборот-коммуникация технологияларини янада жорий этиш ва ривожлантириш 


30 
Axborot 
savodxonligi 
shaxsda 
axborot 
makonida 
foydalanilayotgan 
texnologiyalardan qat’i nazar o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda 
shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq hisoblanadi. Shaxsni axborot jamiyatida 
yashashga axborot orqali tayyorlash muammosi an’anaviy ravishda xalqaro hamjamiyat 
va eng avvalo, xalqaro tashkilotlar diqqat markazida turadi. YuNESKO media va axborot 
savodxonligining rivojlanishiga ko‘maklashadi va uni «inklyuziv, ochiq, ishtirokchi va 
plyuralistik bilimlar jamiyatini barpo etish uchun zamin», deb hisoblaydi. Mass-media va 
axborot texnologiyalarining insonlar hayotiga ta’sirining o‘sib borishi munosabati bilan 
xalqaro hamjamiyat oldida insonni axborot jamiyatida yashashga tayyorlash dolzarb 
muammo sifatida paydo bo‘ldi. Ushbu muammolar yechimi global darajada YuNESKO 
va IFLA (International Federation of Library Associations) hujjatlarida, jumladan
Mediata’lim bo‘yicha Gryunvald deklaratsiyasida (1982 y.), «Axborot savodxonligi va 
butun umr davomida ta’lim olish bo‘yicha Aleksandriya deklaratsiyasi»da (2005 y.), 
«Parij dasturi va mediata’lim bo‘yicha 12 tavsiya» (2007 y.) hujjatlarida o‘z ifodasini 
topgan. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling