Ijtimоiy fаrоvоnlik nаzаriyasi vа tаshqi sаmаrа

Download 0.58 Mb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1611368
1   2   3   4   5
Bog'liq
IJTIMОIY FАRОVОNLIK NАZАRIYASI VА TАSHQI SАMАRА

Agar tashqi chekli yutuqqa teng bo‘lgan subsidiya (S = MEB) talabalarga yoki ilmiy xodimlargi berilganda edi, u talabalarning ta’lim xizmatiga talabini va ilmiy izlanuvchilarni ilmiy izlanishga talabini MSB=MSC tenglikni ta’minlaydigan darajagacha oshirgan bo‘lar edi.

Lekin, tariblashtiruvchi soliqlar va subsidiyalar tashqi samara bilan bog‘liq muammolarni to‘liq yechishga yordam bera olmaydi, nima uchun deganda, amaliyotda chekli yutuq va chekli xarajatlarni aniq hisoblash juda qiyin bo‘lsa, ikkinchidan, ular yetkazadigan zarar miqdorini ham hisoblashda juda katta qiyinchiliklar mavjud.

Tashqi samara muammosini yechishning yangi yo‘li R.Kouzning ilmiy izlanishlari bilan bog‘liq. Kouzning fikricha, ushbu muammo tomonlar uchun umumiy muammo bo‘lib, uning yechilishi ikkala tomonning birgalikda mas’uliyatli harakat qilish bilan bog‘liq. Bu yerda e’tibor ikki tomondan qaysi biri ko‘proq, qaysi biri kamroq yo‘qotishiga berilmasdan, ikkala tomondan mumkin bo‘lgan jiddiy yo‘qotishni oldini olishga berilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

A.S.Pigu tomonidan taklif qilingan yechimda muqobil xarajatlar prinsipidan foydalanilmagan va huquqiy omilga e’tibor berilmagan. Kouzning ijtimoiy xarajatlar bilan bog‘liq ishlarini umumlashtirib uni dj.Stigler degan olim “kouz teoremasi” deb atadi.

Kouz teoremasiga ko‘ra, agar barcha tomonlarning mulkiy huquqlari yaxshi aniqlangan bo‘lsa, transaksion xarajatlar nolga teng bo‘lsa, pirovard natija (ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtiruvchi) mulkchilik huquqini taqsimlashdagi o‘zgarishlarga bog‘liq emas (agar daromad samarasi e’tiborga olinmaganda). Teoremadagi asosiy mazmun stigler fikriga ko‘ra quyidagicha “mukammallashgan raqobat bozorda xususiy va ijtimoiy xarajatlar bir-biriga teng”.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling